Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
167
bilan Asadbek uni «qadrdon do‘stim», deb tanishtirdi. Kibor esa soxta jilmayish bilan 
unga qo‘l uzatdi-da: 
— Kozlov, Aleksey Petrovich, — deb o‘zini tanitdi. 
— Shu yerlik qadrdonlardan, — deb izoh berdi Asadbek. 
— Asad, jiddiy gap bor, — dedi Jalil, uning izohiga e’tibor bermay. 
— Keyinroq gaplashsak bo‘lmaydimi? — dedi Asadbek noxush tarzda. 
— Yo‘q, eshit, — Jalil shunday deb ko‘rganlarini bayon qildi. — Tashlab ketsak bolalar 
uvol bo‘ladi. Ahvolini ko‘rsang, yig‘lab yuborasan. Yur, o‘zing borib ko‘r ularni. 
Asadbek «buyog‘i qandoq bo‘ldi?» deganday iyagini qashidi. So‘ng Chuvrindiga qaradi: 
— Mahmud, borib kela qol. Pul-mul ber. 
— Odammisan o‘zing! — dedi Jalil zarda bilan. — O‘zing borsang, moyaging uzilib 
tushadimi?! 
— Baqirma. Nima kerak bo‘lsa Mahmud eplashtiradi. Sendan bitta iltimos, bu odam 
oldida bilib muomala qil, sharmanda bo‘lib ketmaylik. Uyda har qanday zardangni, 
so‘kishingni ko‘taraman. Bu yer o‘rni emas. Izzatni bilish kerak. 
Kozlov ularni muhim bir narsa tashvishga solayotganini sezib, gapga aralashdi: 
— Asad, nima gap, ayt menga? 
Asadbek Jalildan eshitganlarini qisqa holda bayon qildi. 
— Mahmudning borishiga hojat yo‘q. O‘sha yigitlarni uchirib yuborish kerakmi? No‘ 
problem! — Kozlov shunday deb to‘rt-besh qadam narida turgan basavlat yigitlar sari 
yurdi-da, ularga nimadir deb uqdirdi. Ulardan ikkitasi shu zahoti ichkariga qarab yurdi. 
Kozlov esa Asadbek yoniga qaytdi: — Shu samolyotda uchirib yuborishadi. U yoqda 
kutib olishni tashkil qilish kerak. Patrul u yoqda ham bor. 
— Telefon qilib deputatga tayinlayman, — dedi Mahmud Asadbekka qarab. Asadbekning 
peshonasi tirishdi: 
— Kerakmas. Uning g‘alva ko‘tarishga bahona topolmay yuradi. Haydarga ayt. Bolalarni 
kutib olib, uy-uyiga yetkazsin. — Asadbek Jalilga qaradi. — Ko‘ngling o‘rniga tushdimi? 
— Men kuzatib kelay. Har holda... ishonchlimi bularing? 
— Maydalashma. Biz sening hukumatingga o‘xshab ikkita gapirmaymiz. 
Ular Kozlovning taklifi bilan mashinalarga o‘tirdilar. Jalil taksi haqidagi gapini eslab, 
«Bularni ham o‘zimga o‘xshagan odam debman-da», deb soddaligidan kulib qo‘ydi. 
Ularni shahar tashqarisidagi o‘rmon bag‘riga joylashgan xos mehmonxonaga olib 
bordilar. Daraxtlar panasidagi ikki qavatli yog‘och uy uncha ko‘zga tashlanmas edi. 
Uyning orqa tomonidagi qizlar bilan gavjum bo‘lguchi hovuz havo salqinligi tufayli bugun 
bo‘sh. Shodon qiyqiriqlar ham eshitilmaydi. Uy yog‘ochdan bo‘lgani bilan ichkarisi 
shohona bezatilgan edi. 
— Yog‘och uyga olib keldi, deb ensang qotdimi, Asad, — deb kuldi Kozlov. — Uy pishiq 
g‘ishtdan. Ekzotika uchun old tomoniga yog‘och qoplatganman. Rusning uyi ekani bilinib 
tursin. 
Mehmonxonada zo‘r ziyofat uchun hozirlik ko‘rib qo‘yilgan edi. Kozlov ko‘rsatgan 
o‘rinlarga o‘tirishgach, Jalil kolbasa solingan likopchani Asadbek tomonga surib qo‘ydi. 
Uning bu harakati Kozlovning ziyrak nigohidan chetda qolmadi. 
— Cho‘chqa yemasliklaringni bilaman. Bu yerdagi hamma narsa mol go‘shtidan, 
yeyavering, — dedi u kulimsirab. 
— Baribir cho‘chqa yog‘i solinadi, — dedi Jalil bo‘sh kelmay. 
— Qiliq qilmay, ana qaynatilgan go‘shtdan yeyavermaysanmi? — dedi Asadbek 
achchiqlanib. 
— Go‘sht ham yemayman. Shu kolbasa kesilgan pichoqda kesishgan. Baribir harom. 
— Kechagina aroqni bo‘kib ichib, do‘ppingga qusib yuruvding. Endi haromni ajratadigan 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish