Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

XX  b o b 
 
1 
 
— Menga bu ishlaring yoqmayapti, — dedi Valya, ko‘zgu qarshisida o‘ziga oro berayotib. 
— Xongirey bilib qolsa... albatta biladi, meni jazolaydi, senga esa indamaydi. 
— Qo‘rqma, senga ham indamaydi. 
— Olov bilan o‘ynashyapsan, Zelya. 
— Olovning ustida tug‘ilganman, olovsiz turolmayman, — dedi Zelixon kulib. 
— Shuning uchun o‘zing kuymay qolasan, boshqalar esa sen uchun jizg‘anak bo‘lishadi. 
— Qo‘rqma deyapman-ku. 
— Yaxshi, qo‘rqmadim. Hozir yo‘lga chiqaman. Jamshid kelmasa-chi? Ahmoq bo‘lib 
qaytib kelaveramanmi? 
— Nega ahmoq bo‘larkansan? Kelmasa, ikkalamiz g‘orni aylanamiz. Ishtaha kelib qolsa, 
balki o‘pisharmiz. Sen hech g‘orda o‘pishganmisan? 
— Yo‘q, — dedi Valya jerkib. — Maynavozchilik qilma. Eslab qol: g‘orning uchinchi 
bo‘lmasida kutasan. Ikki yigit orqadan poylaydi. 
Zelixon Valyaning chindan ham achchiqlanayotganini bilib, boshqa gapirmadi. 
Zelixon sayyohlarga qo‘shilib, g‘or ichkarisiga olib kirish uchun mo‘ljallangan vagonga 
o‘tirdi-da, har ehtimolga qarshi atrofga alangladi. O‘zini kuzatayotgan nigohni 
sezmagach, xotirjam bo‘ldi. Ichkariga kirgach, yana alangladi. Vagonlar ma’lum 
manzilga yetgach, to‘xtadi. Sayyohlar yo‘lboshlovchining g‘or tarixi haqidagi hikoyasini 
tinglab, tomoshani boshladilar. Zelixon uchinchi bo‘lmaga qadar ular bilan birga yurdi. 
So‘ng yolg‘iz o‘zi qoldi. 
Novoafon g‘orining uchinchi bo‘lmasi boshqalariga qaraganda kichikroq hamda 
qorong‘iroq edi. Sumalakka o‘xshab qotib turgan rangli ma’danlardan suv chakillab 
tomardi. Zelixon soatiga qaradi: o‘n besh daqiqadan so‘ng Valya Jamshid bilan 
uchrashishi kerak. To u yoqdan, bu yoqdan gaplashib g‘orga kirgunlaricha yana o‘n besh 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish