Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
o‘rnidan turdi. 
— Ha, qayoqqa? — dedi Zelixon. 
— Shu bugunoq jo‘nayman. 
— Shoshilma. Akang hali-beri hukmni o‘zgartirmas. Sen avval nima gunoh qilganingni 
aniqlab ol. 
— Gunohim yo‘q. 
— Lekin ayrim odamlar orasida mish-mishlar yuribdi. Seni ko‘mib kelishgan kuni 
Asadbekning qizi o‘zini osgan. Keyin bolasi tushgan... Balki u bilan... 
— Yo‘q, — dedi Jamshid keskin. — U menga singil qatori edi. Bek akamning gumon 
qilishlariga o‘rin yo‘q edi. 
— Unda nimaga?.. 
— Bu yog‘iga ishingiz bo‘lmasin. 
— Yaxshi, ishim bo‘lmaydi. Lekin bilib qo‘y, shilta o‘yinlaringga Elchinni 
aralashtirmalaring. Elchin yolg‘iz emas. Mendan tashqari ham himoya qiladiganlari bor. 
Bular oldida, — Zelixon atrofdagilarga ishora qildi. — O‘qilon chuvalchangday bir gap. 
— Katta ketmang, aka, — dedi Jamshid eshik tomon yurib. U kelgan mashinasida 
qaytdi. Zelixon esa qahvaxona xo‘jayinining xonasiga kirib, telefon go‘shagini ko‘tarib 
buyurtma berdi. 
O‘n daqiqadan so‘ng Elchinning telefoni jiringladi. Zelixon Elchinning ovozini eshitdi-da, 
salomlashmasdan turib dona-dona qilib dedi: 
— Elchin, bir gapni aytaman, dovdirama. Gaplarimni qaytarma. Xotirjam eshitib, 
trubkani ham joyiga asta xotirjamlik bilan qo‘y. Gap bunday: Jamshid tirik. U Sochida. 
Hozir birga pivo ichdik. U o‘zining o‘lganini bilmaydi. Sen hushyor bo‘l. Qolgan gapni 
keyin aytaman. 
3 
 
Eshikni Valya ochdi. Zelixon uning ko‘zlaridagi xavotir uchqunini sezib, ichkari kirishi 
xavfli ekanini angladi. Endi orqasiga o‘girilaman deganida biqiniga o‘tkir tig‘ tiraldi. 
Zelixon uy burchagida ikki yigitning bejo turishiga ahamiyat bergan, ularni Xongireyning 
yigitlari deb o‘ylagan edi. 
U ilojsiz bir ahvolda ichkariga qadam qo‘ydi. Katta xonaga kirdi-yu, ko‘zlariga ishonmadi. 
«Nima balo, o‘liklar tirila boshlaganmi?» deb o‘yladi. Xona to‘ridagi yumshoq o‘rindiqda 
taltayib... Fedya o‘tirar edi. Jamshid masalasini aniq bilmas edi, axir buni o‘z qo‘li bilan 
o‘ldirgan edi-ku?! 
— Ha,  Zelya, ko‘zlaringga ishonmayapsanmi? — dedi Fedya o‘rnidan turib. — Men 
o‘sha, o‘zing bilgan Bo‘riman. Narigi dunyoda edim. Qarasam, maishat zo‘r. Men maishat 
qilib yuraversamu akademik do‘stginam yorug‘ dunyoda xor bo‘lib yursa, insofdanmi, 
deb u yerdagilarni avradim. Meni yorug‘ dunyo azoblariga qaytaringlar, qorong‘u dunyo 
lazzatlaridan akademik do‘stim ham bahramand bo‘lsin, devdim, ko‘nishdi, parazitlar. 
To‘g‘ri, ularga ham ozgina xarajat qilishga majbur bo‘ldim. Senday do‘st uchun men 
hech nimamni ayamayman, bilasan-ku? 
— Sen... qanday tirik qolding? — dedi Zelixon, hayratdan hanuz o‘ziga kelolmay. 
— Xudo xohlamadi o‘lishimni, — dedi Fedya tirjayib. 
— Xudo-ku, xohlardi-ya... Fedya, bir safar tirik qolganing bilan, xoinliging kechirilmaydi, 
bilasan,a? Mentlarga xizmat qilayotganing uchun tering shilinadi hali. 
— Sen o‘zingni o‘yla. Sen akademik emassan, xomkallasan. Xongirey ham ahmoq. Seni 
bunaqa joydan qidirishmaydi, ovloqlardan izlashadi, deb o‘ylaganidan keyin ahmoq-da. 
Sen po‘stak, tomirimga qoradoridan boplab urdim, deb quvondingmi? Sening kelishing 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish