Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
178
ko‘rsatishim mumkin. Xohlaysanmi? 
— Men bunaqa narsalarga qiziqmayman, — dedi Jamshid. 
Xizmat qilib yuruvchi yigit billur idishlarda pivo keltirib qo‘ydi. 
— Dam olgani keldingizmi? — deb so‘radi Jamshid, pivodan xo‘plab. 
— Shunaqa desak ham bo‘ladi. 
— Yolg‘iz kelibsiz? 
— Kim bilan kelishim kerak edi? 
— Masalan... Hofiz bilan? 
— Uning o‘ziga yarasha tashvishlari bor. 
— Yana qanaqa tashvish? O‘chini oldi. Ko‘ngli joyiga tushdi. Yo tushmadimi? Ha... endi 
meni o‘ldirgisi kelayotgandir. Bilaman, meni yomon ko‘radi. Ammo aytib qo‘ying unga, 
men Shilimshiq emasman, menga tishi o‘tmaydi. 
— Seni o‘ldirmaydi, — Zelixon shunday deb zaharli iljaydi. — Bitta odamni ikki marta 
o‘ldirib bo‘lmaydi. 
— Bu nima deganingiz? 
— Elchin seni o‘ldirib bo‘lgan. Buning uchun qaynotasidan tepki ham yegan. 
— Tushunmadim? 
— Ovsarmisan, desam, esli-hushli bolaga o‘xshaysan. 
Bu gapdan Jamshidning g‘ashi kelib qoshlarini chimirdi. 
— Meni ko‘pchilik kelajakdagi Asadbek, der edi. Eshitmaganmisiz? 
— Eshitmaganman. Ammo qulog‘imga «Jamshid — O‘qilonning soyasi» degan gaplar 
chalingan. Xo‘sh, o‘zingni ovsarlikka solmayotgan bo‘lsang ayt-chi, meni restoranda 
ko‘ribsan, marjaning maqsadini anglabsan, nimani kutding? 
— Bir shumlikni o‘ylaganingizni sezdim. Otarchi ham shu yerdadir, deb o‘ylabman. 
— Shumlikni men emas, akalaring qilgan. Sen har holda bu yerga o‘ynagani 
kelmagandirsan? 
— Shunaqa desak ham bo‘ladi. 
— Bu yer vaqtinchalik qo‘nish joyi. Keyin qayoqqa uchasan? 
— Qayoqqa? Uyga-da. 
— Uyga ucholmaysan. 
— Nega? 
— Seni O‘qilon o‘z o‘g‘liday yaxshi ko‘rarmidi? Unga nima yomonlik qiluvding? 
Jamshid Zelixonning o‘tkir nigohiga dosh berolmay, ko‘zlarini olib qochdi. 
— Gaplaringga qaraganda sen asosiy hukmni bilmaysan, shekilli? 
Bu gapni eshitib, Jamshid Zelixonga yalt etib qaradi: 
— Asosiy hukm? 
— Akalaring senga «uch-to‘rt kun Bek akamning ko‘zlaridan nari yura tur», deyishganga 
o‘xshaydi, a? Seni bu yoqqa uchirib, ertasiga seni ko‘mishgan. Tushunmadingmi? Diqqat 
bilan eshit: O‘qilon seni qaysi bir gunohing uchun o‘limga hukm qilgan. Senga mehribon 
bir, yoki ikki, yoki uch odam seni bu yoqqa jo‘natib, o‘rningga boshqa odamni xuddi 
Shilimshiqqa o‘xshatib o‘ldirib, yoqib yuborib, keyin ko‘mishgan. Sening o‘ligingni 
Chuvrindining uyidan chiqarishgan. 
— Yolg‘on! 
— Senga yolg‘on gapirishdan menga foyda bormi? Nima uchundir O‘qilon qotillikda 
Elchinni aybladi. Men shunga hayronman. Sening o‘lganingga men ham ishongan edim. 
Kecha ko‘rib, ko‘zlarimga ishonmadim. Seni panaga tortganimning sababi ham shu. Seni 
deb Elchinning yana jabr tortishiga yo‘l qo‘ya olmayman. 
Xizmat qilayotgan yigit yoqimli hid taratayotgan kabob keltirib qo‘ydi. Kabob hidi 
ishtahalarini qitiqlasa ham taomga qaramadilar. Jamshid bir oz sukut saqlab o‘tirgach, 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish