Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
183
kelishidan bir kun avval uning vujudi zirqiray boshlardi. Hamshira kelib, emlagach, og‘riq 
taqqa to‘xtar, yuragidan g‘ubor ham ko‘tarilardi. Mardonadan qiziq-qiziq hangomalarni 
eshitib, miriqib kulardi. 
Elchin Mardonani dastlab ko‘rganidayoq yoqtirmay qolgan edi. O‘rni kelsa aytaman, deb 
yurgan kezlari uyga kiyimini almashtirgani kirdi-yu, Zaynabning shodon kulgisini eshitdi. 
Bu kulgi Elchin uchun tansiq edi. Shu bois hamshiraning kelishiga monelik qilish fikridan 
qaytdi. Bu uning yana bir navbatdagi yanglishishi edi. 
Mardona endigi kelishida emlab bo‘lganidan so‘ng, Zaynabning bahri-dili ochilgan damda 
sumkasidan videokasseta chiqardi. 
— Bir tanishimnikiga kiruvdim, zo‘r kino deb berdi. Birga ko‘rmaymizmi, qanaqa balo 
ekan? — dedi u. Zaynabga bu taklif ma’qul keldi. Chunki uyidagi kassetalarni uch-to‘rt 
martadan ko‘rib bo‘lgan edi. 
Bir necha daqiqadayoq filmning «qanaqa balo» ekani ma’lum bo‘ldi. Mardona 
to‘xtatarmikin, degan ma’noda Zaynabga o‘g‘rincha qarab qo‘ydi. Dori ta’siridan aqliga 
qulf urilgan, lazzat bulog‘ida cho‘milayotgan juvon televizorni o‘chirmadi. Mardona har 
ehtimolga qarshi: 
— Voy o‘layin, voy sharmanda! — deb qo‘ydi. 
Zaynab unga qarab bir kulimsiradi-yu, yana tomosha bilan ovora bo‘ldi. 
Nomi «chet el badiiy filmi» bo‘lgan bu tomoshada kishi aqli bilan o‘ylab topish mushkul 
bo‘lgan behayolik, sharmandalikning beadad turlari mavjud edi. Film o‘rtalaganda 
Mardona Zaynabga yaqin surildi. Avval yelkasiga o‘ng qo‘lini tashlab o‘ziga tortdi. So‘ng 
chap qo‘li bilan ko‘kragini ushladi. Zaynab bir siltandi-yu, keyin dugonasining qilig‘i 
yoqib, qarshilik bildirmadi. 
Bu holva edi. 
Bundan beshbattari filmdan so‘ng bo‘ldi. 
2 
 
— Eringiz to‘ydami? — deb so‘radi Mardona. 
— Ha,— dedi Zaynab entikib. 
— Bir joyga bormaymizmi? 
— Qayoqqa? 
— So‘ramang. Eringiz maishat qilganida siz ham bir ayshingizni sursangiz, osmon uzilib 
yerga tushmas. 
— Yo‘q, shu yerda o‘tiraveraylik. 
— Men sizga yomonlikni ravo ko‘ramanmi? Xohlamasangiz o‘tiravering, men ketdim. 
O‘zim boraman. Buni ko‘rganimdan keyin joyimda yota olmayman. 
Zaynab o‘ylanib qoldi. Ammo bu o‘y aqlga urilgan qulf zulfini buza olmadi. Itoatkorlik 
bilan o‘rnidan turib, kiyimini o‘zgartirdi. U hozir cho‘pon yetovidagi qo‘y holiga kirgan 
edi. Uning ko‘ngli nimanidir tusardi, u nimagadir yetishmoqni istardi. O‘sha «nimadir» 
uning xayolini o‘g‘irlagan, fikrlash yo‘llarini tamom to‘sib tashlagan edi. O‘sha «nimadir» 
tomirida qonni gupirtirib oqayotgan qoradori ekanini, ko‘rgan tomoshalari esa ruhini 
loyqalatib tashlaganini hozir idrok eta olmas edi. 
Ular katta ko‘chaga chiqishib, yo‘lovchi mashinani to‘xtatishdi. Mashinada Mardona uning 
belidan mahkam quchib bordi. Mardona aytgan ko‘chaga burilgach, haydovchi «qayoqqa 
yuray?» deb so‘radi. 
— Hammom oldida to‘xtating,— dedi Mardona amr ohangida. 
Mashina to‘xtab, Zaynab tushgach, Mardona haydovchiga: 
— Yarim soatcha poylab tura olasizmi? — dedi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish