XVII b o b
1
Anvar qiya ochiq turgan eshik ortidan Chuvrindini ko‘rib, yuragi «shig‘» etib ketdi.
«Nahotki to‘g‘ri bo‘lsa?» deb o‘yladi. Shu o‘y xayolidan o‘tishi bilan «Biz qachon seni
aldagan edik?» degan ovozni zshitganday bo‘lib, yurishdan to‘xtadi. Buni ko‘rib
Chuvrindi kulimsiradi:
— Ha, Anvarbek, biron nima esdan chiqdimi? — dedi quvnoq ohangda.
Chuvrindining jarangdor ovozidan Anvar o‘ziga keldi. Qadamini tezlatib yurib bordi-da,
ko‘rishib, so‘ng uni ichkariga taklif qildi.
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |