Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
Hozir Chuvrindini kuzatgach, tunda eshitganlari haqiqatga aylana boshlaganidan qo‘rqdi. 
Ha, qo‘rqdi. Lekin uni bu holatda qo‘rqoqlikda ayblab bo‘lmas. U ayni damda ojiz edi. 
Bo‘lajak voqealarga to‘g‘anoq bo‘la olmasdi. Bo‘lajak noxushliklarni iziga qaytarolmasdi. 
Mana shu ojizlik uning yuragiga qo‘rquv solardi. 
Ana shu qo‘rquv bilan ishga otlandi. Shu qo‘rquv bilan xonasiga kirdi. 
2 
 
Hamxonalari birin-ketin keldilar. Xomush o‘tirgan Anvar ular bilan bosh irg‘ab so‘rashdi. 
Yaxshi kayfiyatda kirib kelgan Gulnora unga bir  qarab olib «nima balo yana ayniyapti 
shekilli?» deb o‘yladi-da, sumkasidan gazit chiqarib, o‘qiy boshladi. Uning bu harakati 
Anvarning ziyrak nazaridan chetda qolmadi. «Gazit o‘qiydigan bo‘lib qolibdimi?» deb 
ajablandi. Dam o‘tmay xonaga «eng kichik ilmiy xodim» kirib, Anvar bilan qo‘shqo‘llab 
so‘rashdi-da, gazit o‘qiyotgan Gulnoraga g‘alati qarab qo‘ydi. 
Xonada o‘lik sukunat hukmron edi. Ayollarning o‘zaro pichirlashib olishlari yoki narx-
navo yangiliklari ham nechukdir kun tartibidan o‘chirilgan. «G‘alati kun, — deb o‘yladi 
Anvar. — Bu sukut nimaning alomati? Vulqon portlashi arafasidagi osoyishtalikmi bu? 
Bular bir nimani bilishadi, men esam bilmayman... «Eng kichik ilmiy xodim» ham 
nimadandir xabardorga o‘xshab o‘tiribdi. Men nima uchun bexabarman? Nima uchun 
merovsirab o‘tiribman?» Anvar bunaqa kutishga, bunday sukutga toqat qiladigan 
toifadan emas. U «eng kichik ilmiy xodimga» savol nazari bilan tikildi. U avvaliga bu 
qarashga dosh berolmay, nigohini olib qochdi. Keyin o‘rnidan turdi-da, Anvarga 
yaqinlashib, gazitni uzatdi. Anvar gazitni qo‘lga olganida Gulnora «Voy, tavba-e», dedi-
da, o‘rnidan turib, xonadan chiqdi. «Eng kichik ilmiy xodim» esa joyiga qaytib, Anvarga 
aybdor odamning nigohi bilan qarab qo‘ydi. 
Anvar «meni kutayotgan noxushlik shu yerda shekilli?» degan o‘y bilan gazit sahifalariga 
ko‘z yugurtirdi. Uning nigohi sarsari kezmadi. Bir qarashdayoq Xolidiyning nomini topdi. 
Katta harflar bilan terilgan «Janozasiz ketganlar» degan sarlavha ustida «professor 
Xolidiy» deb qo‘yilibdi. Anvar maqolani o‘qimayoq, gap nimada ekanini angladi. 
— Hammasi ravshan! — deb gazitni g‘ijimladi-da, «eng kichik ilmiy xodimga» qaradi: — 
Domla Inoyatullo va Hikmat O‘rolov haqida, shundaymi? 
— Shunday... Lekin... oxirigacha o‘qing. 
Anvar gazitni qayta tekislab, maqolani nafas yutib o‘qiy boshladi. Xolidiy Stalin 
zamonasidagi qatli om natijasida ilm, xususan, tarix ilmi nechog‘li ta’qibga uchraganini 
yoza turib, ko‘plar qatori o‘zining  ham aziyat chekkanini qistirib o‘tib, so‘ng gapni domla 
Inoyatullo taqdiriga burgan edi. Domla o‘ziga yaqin olib yurgan, hatto «shogirdim» deb 
faxrlangan bir guruh olimlarning unga xiyonat qilgani ham aytilgan, o‘sha «bir guruh» 
orasidan faqat Hikmat O‘rolovning nomigina zikr etilgan edi. Anvar «Xotin kishining 
makri qirq tuyaga yuk bo‘ladi, deydilar. Xolidiyning makri qirq emas, qirq ming 
eshelonga yuk bo‘lar-ov», deb yurardi. Bu maqolani o‘qiy turib fikrini o‘zgartirdi: «Uning 
makri qirq million eshelonga yuk bo‘la oladi!» Xolidiyning kim ekani, yuragi oqmi, qora 
ekanini bilmaydiganlar bu maqolani o‘qigach, uni aziyat chekkan, kuyunchak olim 
sifatida qabul qilishlari shubhasiz. Gazitni minglab odamlar o‘qiydi. Endi kimga borib 
«aslida Xolidiyning o‘zi ablah, Hikmat O‘rolov halol odam», deb ishontirish mumkin? 
Anvarni kutayotgan noxushlik maqolaning so‘ngida edi: 
«...Men hujjatxonada o‘tirib bu dalillarga duch kelgach, ko‘zlarimga ishonmadim. Yaqin 
do‘stimning shunday siri borligiga ajablandim. Ana shunda boshqa bir hujjatlarni 
o‘rganib o‘tirgan iqtidorli olim Anvar Sattorovichga o‘qib bergan edim, u jo‘shib ketdi. 
Ha, halol odam deb yurgani bunday munofiq bo‘lib chiqsa chidash qiyin. Anvar 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish