Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
146
— Ertaga Krasnoyarga jo‘naydigan bo‘lib turibmiz. Birga borasizmi, deb keldim, — dedi 
Chuvrindi, ichkariga kirishga unamay. 
— Krasnoyarga? Nima uchun? — Anvar ularning Krasnoyarskka nima uchun borishlarini 
bilsa ham atayin so‘radi. Chuvrindi «nahot bilmasangiz?» deganday qarab qo‘yib, so‘ng 
javob berdi: 
— Bek akamning otalarini ziyorat qilgani ketyapmiz. 
— Kim? 
— Bek akam, men, borsangiz — siz, yana Bek akamning bir jonajon og‘aynilari. Ulfati 
chor — anda maza bor, deyishadi-ku? Chor ulfat bo‘lib borib kelamiz. 
Anvar tungi topshiriqni eslab, o‘ylanib qoldi. 
— Agar boradigan bo‘lsangiz, ertalabki sakkizda to‘g‘ri aeroportga chiqaverasiz. Mayda-
chuyda olib yurmang. Yo‘q, yaxshisi soat yetti yarimda shu yerga mashina keladi. 
— Bormasam kerak, uzrimni aytib qo‘ying, — dedi Anvar xomush tarzda. 
— Ertalabgacha bir gap bo‘lar, — Chuvrindi shunday deb, mashinasi tomon yurdi. 
Anvar uning mashinasi ko‘zdan yo‘qolgunicha turgan joyida qotdi. So‘ng burilib, ichkari 
kirdi-da, yarim yo‘lda yana to‘xtadi. Derazasiga qaraganicha turib qoldi. 
...Kecha tunda xuddi shu derazadan nur oqib kirgan edi. Yo‘q, avval shirin uyqudagi 
Anvarni kimdir turtib uyg‘otganday bo‘ldi. «Xotinim uyqusirab turtdimi?» deb o‘yladi. 
Yo‘q. Xonzodasi o‘rin chetida, orqa o‘girganicha beozorgina uxlab yotibdi. Anvar, uyqusi 
to‘la  ochilmasidan, tanish ovoz eshitdi: 
— Seni biz uyg‘otdik... 
— Nimaga? — dedi Anvar ajablanib. — Bezovta qilmaymiz, degan edinglar-ku? 
— Ha, seni biz bezovta qilmaymiz. O‘zing chaqirding. Tur o‘rningdan. 
Anvar buyruqqa itoat etib, o‘rnidan turdi-da, qo‘shni  xonaga chiqdi. Xona yorishgan, 
derazadan nur oqib kirgan edi. 
— Men sizlarni chaqirmadim. 
— Tiling bilan chaqirmading. Lekin dildan istading. Bizdan najot kutding. Bir necha 
maro-      taba chaqirishga chog‘landing. Lekin jur’at etmading. Qo‘rqding. 
— Bo‘lmagan gap! Meni qo‘rqoqlikda ayblashga haqqingiz yo‘q! 
— Botirmisan? Botirni ham, qo‘rqoqni ham bir ildiz qovushtirib turadi. Botir bir ishni 
qilishga jazm eta olgani uchun botir, qo‘rqoq esa o‘sha ishni qilmay qochgani uchun 
qo‘rqoq. 
— Bu falsafangiz noo‘rin. 
— Bahslashma, muddaoga ko‘ch. 
— Men domla Inoyatulloni ko‘rishim kerak. 
— Mumkin emas, ijozat yo‘q. 
— Haqiqatni aniqlashim zarur. 
— Haqiqat shuki, Hikmat O‘rolov aybsiz aybdor. U Inoyatulloga xiyonat qilmagan. 
— Haqiqatni bilmoqchiman, menga isbot kerak. 
— Haqiqatni senga Hikmat O‘rolovning o‘zi aytadi. Unga ishon. 
— Qachon? 
— Tong otgach, seni Asadbekning odami yo‘qlab, safarga chorlaydi. Sen u yoqqa borma. 
Xizmat jo-yingda seni noxushlik kutadi. Sen o‘zingni yo‘qotma. Hech kim bilan aytishma. 
To‘g‘ri Hikmat O‘rolovning uyiga bor. Gaplarini eshit. So‘ng, biz uni olib ketamiz... 
— Yo‘q! — Anvarning ovozi xuddi jon taslim qilayotgan odamnikiday  bo‘g‘ilib chiqdi. — 
Yo‘q! — deb takrorladi u. — U yashashi kerak! 
— Uning ruhi oromga muhtoj. 
Shu gapdan keyin Anvarning quloqlari shang‘illadi. Nur yo‘qoldi. Terga botgan Anvar 
deraza oldida yana uzoq turib qoldi... 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish