Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
142
deb atalishi lozim bo‘lgan odam, «tog‘a» deb ataluvchi kishi, yana o‘zi ham bilmaydigan 
bir to‘da qarindosh-urug‘lari bor. Ular ko‘p, ularni ko‘rishga esa unda ko‘z yo‘q. O‘zi 
ularni ko‘rishga toqat qilolmaydimi, bas, xotinining ko‘rishiga ham hojat yo‘q. 
Chuvrindining ma’yusligini ko‘rib, akaxonlari, ayniqsa Haydar akasi, endi esa xotini 
«onasining o‘limidan qayg‘uryapti», deb o‘ylashdi. Qayg‘urgani uchun Haydar akasining 
hatto g‘ashi ham keldi. To‘g‘ri, o‘lim tufayli ham uzoriga qayg‘u ko‘lanka soldi. Ammo 
ko‘nglini kemirayotgan bu ko‘lanka emas, balki onasidan eshitgan yangilik — otasining 
taqdiri edi. Aslida uni qishloqqa borishga undayotgan ham dafn marosimi emas, balki 
otasining necha yildan beri yashirin yotgan yerini ko‘rish, ziyorat qilish edi. 
Salqin xonaga kirib yotdi. Xotiniga «uxlab qolsam bir soatdan so‘ng uyg‘ot», dedi. Shu 
ahvolda uyqu kelar ekanmi? Yarim soatcha u yoqdan-bu yoqqa ag‘darilib yotgach, 
o‘rnidan turib hovliga chiqdi. Yengil-elpi ovqatlangan bo‘lib, yo‘lga tushdi. 
Qishloqqa kirib borganida xufton namoziga azon chaqirilmoqda edi. Onasi yashagan uy 
oldida uch-to‘rt odam gaplashib turardi. Chuvrindi mashinasini ulardan o‘n-o‘n besh 
odim narida to‘xtatdi. Mashinadan tushishi bilan turganlardan biri uni tanib, 
shoshganicha ichkariga kirib ketdi. «Xabar qilgani shoshilyapti. Menga kim peshvoz 
chiqarkin. Bobommi, tog‘ammi?» shu fikr xayoliga kelib, ijirg‘andi. Chunki hozir ikkovini 
ham ko‘rishga ko‘zi yo‘q edi. 
Chuvrindi turganlar bilan so‘rashgach, eshik og‘zida bir oz to‘xtadi. Bu yerda turish 
noqulayligini bilib, yo‘lak sari ikki-uch qadam qo‘ydi. 
Hovliga chiroqlar yoqilgan. Ana, tut daraxti ko‘rinib turibdi. Sal narida temir karavotning 
bir cheti ko‘zga tashlanadi. Yo‘lakning oxirigacha borilsa karavot baralla ko‘rinadi. Tut 
daraxti... temir karavot... odamlar o‘tirishgandir... uning ostida esa... otasi... 
Hovlining chiroq nuri yetmayotgan tomonidan bir sharpa ko‘rinib, u tomon yura 
boshladi. Yorug‘ tomonga o‘tgach, bel bog‘lagan baqaloq odamni tanidi: «Tog‘am-ku?» U 
ichkari kirishni xohlamagan edi. Hozir bu uyga kelganidan, yo‘lakda turganidan 
afsuslandi. «Ertalab kelib ketsam ham bo‘lardi», deb o‘yladi. Endi vaqt kech, orqaga 
qaytishning iloji yo‘q. Tog‘asi: 
—Voy jigarim, onangdan ayrilib qoldik, — deb quchoq ochdi. 
Chuvrindi tisarildi. Uni urib yuborgisi keldi. Lekin o‘nlab ko‘zlar tikilib turganini fahmlab 
o‘zini bosdi. Quchoq ochib kelayotgan tog‘asiga qo‘lini uzatdi. Tog‘asi yig‘lamsirab bir 
nima demoqchi edi, gapini shart uzdi: 
— Temir karavot ustida odam o‘tirmasin! 
Dag‘allik bilan aytilgan so‘z tog‘ani gangitdi. So‘ng Chuvrindining nima uchun bunday 
deganini tushunib qo‘rqib ketdi-da: 
— Xo‘p, xo‘p, jiyan, — dedi. 
— Jiyan ham dema, tilingni sug‘urib olaman. 
Mahmudning kelganini eshitib ajablangan tog‘a, endi bu gaplardan so‘ng tamom 
dovdirab qoldi. 
— Ertalab kelaman, — Chuvrindi shunday deb shart burildi-da, mashinasiga qarab yurdi. 
Bu uydan uzoqlashgach, qayoqqa borishini o‘yladi. Bolaligi o‘tgan uyda hozir bobosining 
jiyanlari turishadi. Kirib borsa, harholda, boshlari osmonga       yetmasa ham, izzatini 
joyiga qo‘yadilar. Lekin yarim tungacha o‘ziga yoqmagan suhbat bilan band bo‘lishi, 
keraksiz yuzlab savollarga javob berishi lozimligini o‘ylab borgisi kelmadi. Bolalikda 
orttirgan do‘stlarinikiga borishga ham nechukdir oyog‘i tortmadi. Xayoliga Hovuz polvon 
kelib, mashinani o‘sha yoqqa burdi. 
Hovuz polvonnikida tunashni o‘ylamagan bo‘lsa-da, birrov yo‘qlashni shahardayoq 
ko‘ngliga tukkan edi. Hozir unikiga borayotganidan o‘zicha quvondi. Avvalo o‘g‘lining 
taqdirini biladi, keyin polvonning suhbatini oladi, uzoq yillik gunohdan forig‘ bo‘lish 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish