www.ziyouz.com kutubxonasi
141
Onasi bu kalimani eshitib, ko‘zlarini javdiratdi. Kimdandir najot kutdi, qiynaldi.
— La ilaha illolloh, deng. Yengillashasiz, — dedi ayol.
Onasi ko‘zlarini javdiratib, to‘lg‘ondi. Necha kundan beri harakatsiz yotgan vujudning
qimirlashi ajablanarli hol edi.
Ayol gapini uchinchi marta takrorlagach, onasi ko‘zlaridan yosh chiqdi. Titroq ovozda
dedi:
— Ay-tolmayapman...
Ayol pichirlab duo o‘qib, yana dam soldi.
— Hech bo‘lmasa «Olloh!» deng.
Onasi yana to‘lg‘ondi. Ko‘zlari ola-kula bo‘ldi.
— Ay-tol-mayman...
Shunday dedi-yu, ko‘zlarini chirt yumib, bo‘shashdi-qoldi. Ayol uning jag‘ini ushladi:
— Bo‘ldi, — deb Chuvrindiga bir qarab oldi.
Uy bekasi yostiq tagidan oq ro‘mol olib ayolga uzatdi. U marhumaning jag‘ini bog‘ladi.
Keyin ro‘molcha bilan oyoqlarning bosh barmoqlarini bog‘lashdi...
3
Chuvrindi murdani qishloqqa jo‘natish xususida yigitlariga topshiriq berib, Asadbek
huzuriga yo‘l olganida dafn marosimiga borish yo bormasligini o‘zi ham aniq bilmas edi.
Ko‘ngli borishga undardi, yuragida uyg‘ongan boshqa bir ovoz esa «o‘likning orqasidan
nima deb borasan? Qo‘lingga hassa olib, tobutning oldiga tushib «Voy, onajonim!» deb
faryod solasanmi? Hammaga kulgi bo‘lasanmi, tashlandiq bola!» deb yo‘lini to‘sardi. Bu
ovozni o‘chirishga o‘zida kuch topa olmadi. Bu ovozni Asadbekning amri bo‘g‘di.
Uch qavatli bino yerto‘lasidan chiqqach, onasining joni uzilgan uyga bordi. Yigitlari «Tez
yordam» mashinasida kelib, murdani olib ketishgan ekan. Uy bekasi odamgarchilik qilib,
ularga hamroh bo‘libdi.
Qishloqqa kechki salqinda yo‘lga chiqishni mo‘ljallab, uyiga ketdi. Barvaqt kelganidan
xotini ajablandi. Chuvrindi unga bo‘lgan voqeani qisqa tarzda aytdi. Xotini qaynonasi
borligini, uning bir necha soat burun jon berganini bugun eshitdi.
— Nega avval aytmagan edingiz? — dedi xotini hayratlanib.
— Bu sen aralashadigan ish emas.
Xotini ortiqcha gap aytib yuborganini fahmlab, labini tishladi.
Chuvrindi esa xotiniga qo‘pol gapirishga gapirib qo‘yib, afsuslandi. Ko‘pincha shunday
bo‘ladi: nimadandir ko‘ngli g‘ashlanganida uyga qaytgisi, oila davrasida o‘tirgisi,
xotinidan, bolalaridan shirin gaplar eshitgisi keladi. Ba’zan ishni o‘zi buzadi: bugungiday
qo‘pollik qiladi-yu, xotini-bolalarining yuragini oladi, bechoralar gapirishga ham qo‘rqib
qolishadi. Ba’zan esa qandaydir arzimagan ish katta bir tashvish ko‘rinishida unga arz
qilinadi-yu, xufton ko‘ngli battar zulumot qa’riga cho‘kadi.
Hozir uyiga kelishidan maqsad — bir oz dam olish bahona, aslida xotiniga dardini yorib
malham bo‘lguchi so‘z eshitish edi. «Bu sen aralashadigan ish emas», deganidan so‘ng
malham bo‘lguchi so‘zdan umid qilmasa ham bo‘lar.
Xotini unga bir qarab oldi-da, aybdor odamning ovozi bilan so‘zlashga o‘zida jur’at topdi:
— Adasi, men ham borayinmi?
Chuvrindi buni o‘ylab ko‘rmagan edi. Darvoqe, borsinmi? Borganida nima qiladi? Kelinlik
vazifasini ado etib «voy, onam»lab dodlaydimi?
— Yo‘q, — dedi Chuvrindi, shularni o‘ylab. Bir oz sukut qildi-da, so‘ng qo‘shib qo‘ydi: —
Bormaysan. Sen boradigan joy emas.
So‘nggi gapni aytishi bejiz emas. Onasi-ku, o‘ldi-ketdi. Ammo bu xonadonda hali «bobo»
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |