Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
— Ha, — dedi Valya qo‘llarini beliga qo‘yib, — bormasam bo‘lmaydi. 
— Uzoqqami? 
— Uzoqqa... Bu yerdan besh qadam. So‘ng chapga. Oshxonaga. Vannadan eson-omon 
chiqsang yetib olarsan. 
Zelixon qah-qah otib kulib yubordi. 
— Hazilkash ekansan, menga shunaqalar yoqadi. 
— Menga esa sendaqalar yoqmaydi. Soqolingni olishni unutma. Hayvonot bog‘idan 
qochganga o‘xshaysan. 
Valya shunday deb keskin burildi-da, oshxona tomon yurdi. 
Zelixon yuvinib chiqqach, Valya aytgan «yo‘nalish» bilan borib, oshxonaga kirdi. Valya 
faqat o‘ziga zeb beribgina qolmay, uyni ham orasta tutar edi. Zelixon juvonning o‘zini 
tutishi, uydagi sarishtalikni kuzatib, «Bu yer Xongireyning qo‘nog‘i bo‘lsa kerak», degan 
to‘xtamga keldi. 
— Bu yerga Xongirey ham kelib turadimi? — deb so‘radi ovqatlanayotib. 
— Bu sening ishing emas. 
— Jahling tez ekan. 
— Ha. Ovqatingni ye. 
— Yaxshi. Birgina savolim bor: ovqatni yeb bo‘lgach, nima qilamiz? 
— Seni bilmayman. Ammo men yotib uxlayman, charchaganman. 
— Ana xolos! Shunday so‘lim shaharda, shunday so‘lim kechada, shunday go‘zal xonim 
uyiga biqinib olsa... Xudoning ham qahri keladi bunga. 
— Buguncha qahri kelmaydi. Sen ham damingni ol. O‘zingni quvnoq tutishga harakat 
qilma. Ahvolingni bilib turibman. 
Zelixon ovqatni yeb bo‘lgach, Valya tezgina idish-tovoqni yuvdi-da, «yaxshi yotib tur», 
deb xonasiga kirib ketdi. 
Zelixon orqasidan kirayinmi yo yo‘qmi, deb ikkilanib turdi. Keyin eshikni asta itarib 
ko‘rdi: ichkaridan qulflanibdi. Zelixon «shunisi ham durust», deb qo‘yib, balkonga chiqdi. 
Bu yerdan dengiz qirg‘og‘i baralla ko‘rinib turibdi. Sohildagi rango-rang chiroqlar, 
qirg‘oq  bo‘ylab asta suzayotgan katta-kichik kemalarning chiroqlari miltillab ko‘rinadi. 
Bu shahar kun nima, tun nima bilmaydi. Maishat, buzuqlik tanaffussiz davom etadi. 
Erdan bezganlar ham, xotindan kuyganlar ham shu yerda topishadilar. Buzuqlik 
daraxtining nimaiki mevasi bo‘lsa totib ko‘rib, so‘ng yaxshi dam olgan yoki davolangan 
odam qiyofasida uylariga jo‘naydilar. U yoqda laqma erlar xotinlarini yoki nodon xotinlar 
erlarini guldastalar bilan kutib oladilar. So‘ng... tunda sog‘inch hislari jo‘sh uradi... Aslida 
qiyomat sodir bo‘lsa shu yerda boshlanishi kerak... 
Balkonda turgan Zelixon bularni o‘ylamaydi. Chunki buzuqlik uning uchun gunoh 
sanalmaydi. Ishtoni yo‘q ishtoni yirtiqqa kuladi, deydilar. Zelixon bu maqolning aksi 
o‘laroq, ulardan kulmaydi, nafratlanmaydi. Qachonki bundaylarning birontasi nomus, 
poklik haqida va’z ayta boshlasa, g‘azablanadi. 
Zelixonning nigohi sohildagi chiroqlarga qadalgan, xayoli esa Farg‘onada edi. U qanday 
xatoga yo‘l qo‘ydi? Nadulya... Bo‘ri... bular kimlar, o‘ylab o‘yiga yetolmaydi. Agar 
hukumat iziga tushgan bo‘lsa, chatoq, uzoq vaqt qochib yurolmaydi. Xongirey nimani 
mo‘ljal qilgan? Yo chet elga chiqarib yuborarmikin? Chet elda nima qiladi? Bu yerda 
«akademik» to‘rtta bo‘lsa u yoqda to‘rt milliontadir? U yoqda almisoqdan qolgan po‘lat 
sandiq, qulflar yo‘qdir? Bu hunarining sariq chaqalik qadri bo‘larmikin u yoqda? Yo go‘ng 
tashib tirikchilik qiladimi? 
Zelixon shu paytda yana ovuliga qaytgisi, yana o‘sha otxonaga borgisi keldi. 
Valya ikki marta eshikni o‘g‘rincha ochib, balkondagi Zelixonga mo‘ralab qaradi. U 
qadrini oshirish uchun eshikni atayin ichkaridan qulflagan, Zelixonning bir-ikki chaqirishi 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish