Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
— O‘ldirmoqchi bo‘lding? — Zelixon ajablandi. — Kimlarni o‘ldirding, demoqchimisan? 
— Sen qo‘lingdan kelmaydigan o‘yinga aralashibsan. Endi sen pachag‘i chiqqan 
odamsan, akademik. Yaxshi hamki baxtingga Xongirey bor. 
— Qani, gapni cho‘zmay, maqsadni ayt-chi, — Zelixon shunday deb yigitning qora 
ko‘zoynagini olib, unga tikildi. 
— Sen qopqonga tushibsan. Endi chiqishing qiyin. Sen ishongan marja mentlarga xizmat 
qilgan. Sen Bo‘rining tomiriga qora dori yubordim, deb o‘ylab laqqa tushibsan. U qora 
dori emas, darmondori bo‘lgan. Hozir mentlar izingga tushishgan. Seni ushlab sud 
qilishmaydi. Sen yo‘q bo‘lishing kerak, vassalom. 
— Nega? 
— Negaligini o‘zing bilasan. Sen nimanidir bilasan. Bir maxfiy ishdan hid olib 
qo‘ygansan. Kimki sen bilgan narsani bilsa o‘lishi kerak. 
— Tushunarli. 
— Yo‘q, hali tushunmading. Hozir uyingga borasan. Bir cholni ko‘rdik, unga ishonsang 
bo‘ladimi? 
— Nimani? 
— Unga aytasan: sheriklarim bilan oldi-sottida ishkal bor ekan, Maxachqal’aga 
ketyapman, yelkamga yuz ming ilib turishibdi. Shu ishni hal qilib qaytaman, deysan. 
Narsalaringni olma. 
— Keyin-chi? 
— Keyin sen Sochiga borasan. Kommunistlar ko‘chasidagi o‘ttiz yettinchi uyda seni bir 
jonon kutyapti. Ismi Valya. O‘sha yerda tuxum bosib o‘tirasan. Bizdan xabar 
yetmaguncha qimirlamaysan. 
— Keyin-chi? 
— Nima keyin? 
— Ovulda qanaqa gap tarqatasan? 
— Men gap tarqatmayman. Ertaga qo‘l-oyog‘i, boshi kesilgan murdani qopga solib, 
tashlab ketishadi. Seni kiyimingdan tanishadi. 
— Shu shartmi? Ovulga qirq yilda endi kelishim. Meni bu yerdan qidirishmaydi. 
— Agar Xongireyni ahmoq deb o‘ylasang, bilganingni qil. 
Zelixon unga e’tiroz bildirmay, aytganlarini bajardi. O‘sha kuni shom qorong‘isi cho‘ka 
boshlaganda o‘zini Adlerda ko‘rdi. Adlerda avtobusga o‘tirib, Sochiga, so‘ng tayin 
qilingan Kommunistlar ko‘chasiga qarab ketdi. 
Valya deganlari chindan ham kuydirmajon edi. U eshikni ochib, Zelixonni ko‘rdi-yu, 
«sizga kim kerak, o‘zingiz kimsiz?» deb so‘ramadi. Xuddi safardan qaytgan erini kutib 
olayotganday bir shirin jilmayish hadya etib, «kiraver, yaxshi yetib keldingmi», dedi. 
Bunday holatga duch kelgan odam dovdirashi, «adashmadimmi, ishqilib?» deb ostona 
hatlashga shoshilmasligi turgan gap. To‘g‘ri-da, begona shaharga, begona uyga 
kelsangu bir begona huriliqo chiqib xushnudlik bilan kutib olsa?... Tanimay turib 
jilmayganicha qarshilayapti, hali uyga kirgach nima bo‘ladi, Xudo biladi. 
Maosh olishni kutib yashovchi, ba’zan xizmat safariga chiqib qoluvchi, mehmonxona 
ostonalarida tilanchiday mo‘ltillab tong ottiruvchi odam uchun bu shunday g‘alat 
tuyuladi. Zelixon mansub olam uchun esa odatiy bir hol. Xongirey bu joyni aniq tayin 
qilmay, shunchaki «Sochiga borib kutsin», deb amr qilganida ham Zelixon uchun 
boshpana muammosi bo‘lmas edi. Harholda, akademik xor bo‘ladigan odam emas... 
Zelixon dahlizga o‘tishi bilan Valya eshikni yopib, qulfladi-da: 
— O‘ngdagi eshik vannaxona. To‘g‘ridagisi yotoqxona. Kiyimlaring, hujjatlaring o‘sha 
yerda, — dedi. 
— Sen-chi? — dedi Zelixon, — Biror yoqqa ketmoqchimisan? 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish