Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
— Xafa bo‘ldingmi, komsomol? 
— Siz shu gaplarni aytishga uyalmadingiz, a? Men esam gapingizni eshitib, sizdan 
nafratlandim, bilib qo‘ying. 
— Sen tushunmading, komsomol. Men ishdan qochadigan odam emasman. Kurortda 
yurib, allergiya degan kasal orttirganman. Kasalim ot go‘ngining hidiga qo‘ziydi. Nafasim 
bo‘g‘iladi. Ishla, desang, ishlayveraman, bo‘g‘ilib o‘lsam, tovonimga qolasan. 
Otboqar rost gapiryaptimi yo yo‘qmi, degan ma’noda qarab turdi-da, ensasi qotib, nari 
ketdi. 
Zelixon savdosi pishmaganidan afsuslanib, yana bir oz o‘tirdi-da, so‘ng noiloj otxona 
tomon yurdi. 
Uch kunlik izzat-ikromdan so‘ng, u ham qishloqning oddiy faqiriga aylandi. «Endi ahvol 
shumi? — deb o‘yladi u. — Ertalab uyqudan uyg‘onaman, nonushta qilaman, so‘ng 
otxonaga borib go‘ng tashiyman, keyin uyga qaytaman, laqillab o‘tiraman... balki bir 
bevaga uylantirib qo‘yishar. Uni bag‘rimga bosaman, sochidan molxonaning hidi kelib 
turadi...» 
Zelixon bunday hayotga ko‘nikmagan edi. Shu yoshga kirib biron yerda qo‘nim 
ishlamagan, qo‘nim uy-joyi bo‘lmagan, shaharning olag‘ovuriga, maishatlariga, dimog‘i 
juvonlardan taraluvchi yoqimli hidlarga o‘rgangan odam uzoq tog‘li qishloqning osoyishta 
hayotiga ko‘nika olarmidi? 
Vatan tuyg‘usi, Vatan mehri degan tushunchalar endigina uyg‘onayotgan odam bir 
dumalab boshqa insonga aylana olarmikin? 
Otxonadagi «mehnat faoliyati»ning beshinchi kuni otboqar unga «marhamat» ko‘rsatib, 
otlarni qashlab qo‘yishdek mas’uliyatli vazifani topshirdi. Zelixon qashqa bilan 
muomalasini endigina boshlagan paytda otxona hovlisiga oq «jiguli» shitob bilan kirib 
keldi-da, maydonchada keskin burilib, to‘xtadi. Zelixon odatiga ko‘ra sergaklanib, o‘zini 
otning panasiga oldi. «Jiguli» haydovchisi mashinadan tushib, hushtak chaldi-da, u 
tomon qarab «bu yoqqa kel», degan ma’noda qo‘l siltadi. Zelixon xuddi o‘zini panaga 
olmaganday, mashina kirib to‘xtaganini sezmaganday ishini davom ettiraverdi. 
— Zelya! — deb baqirdi haydovchi, yana cho‘zib hushtak chalib, — Zelya deyapman! 
Karmisan?! 
Zelixon o‘girilib, unga qaradi. Keyin qashlag‘ichini tashlab, mashina tomon yurdi. 
Mashinaga yaqinlashishi bilan orqa eshik ochildi. 
— O‘tir, — dedi haydovchi qo‘rslik bilan. 
Zelixon uning amriga so‘zsiz itoat etdi. Haydovchi joyiga o‘tirib, mashinani yana shitob 
bilan joyidan qo‘zg‘otdi. Otboqar nima voqea yuz berganini idrok etolmay ham qoldi. 
Zelixon orqa o‘rindiqda o‘tirgan qora ko‘zoynakli yigitni bir qarashda tanidi — Moskvada 
Xongirey yonida ko‘rgan edi uni. 
Qora ko‘zoynakli yigit unga qo‘lini uzatib ko‘rishdi-da: 
— Akademik amaliy mashg‘ulot bilan band ekanlar-da, a? — deb piqillab kuldi. 
«Kecha kelganingdami, akademikning go‘ng tashiyotganini ko‘rib, esing og‘ib qolardi». 
Zelixonning xayoliga shu gap keldi, tili esa boshqani aytdi: 
— Ha. Darvin degan shogirdim «odam mehnat qilib turmasa yana qayta maymunga 
aylanib qoladi», degan ekan. Bir otboqar misolida shu nazariyaning isbotini 
sinayatuvdim. — Zelixon shunday deb kiborona jilmaydi, keyin jiddiylashib so‘radi: — 
Xongirey tinchmi? Nega meni yo‘qlab qoldi? 
— Xongirey tinch. Ammo sen tinch emassan, — dedi yigit. — Farg‘onada ishkaling 
chiqibdi. 
— Qanaqa ishkal? 
— Kimlarni o‘ldirmoqchi bo‘lding? 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish