Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
— Ovulga sig‘sam, shu yerda qolaman. 
— Ovulga sendaylardan millioni bo‘lsa, millioni sig‘adi. Qani, tur o‘rningdan, orqamdan 
yur. 
Ular bir yuk mashinasi sig‘adigan tuproq yo‘ldan yuqoriga qarab yurishdi. Qariya 
Zelixondan chaqqonroq edi. Uch-to‘rt qadamdayoq ilgarilab ketdi. Aylanma yo‘llardan bir 
oz yurishgach, pastqamroq bir uy qarshisida to‘xtashdi. 
Hovlida jo‘xori chopiq qilayotgan odam ularni ko‘rib, ishini to‘xtatdi-da, peshvoz chiqdi: 
— Keling, Alibek og‘a, — dedi u qariyaga, so‘ng Zelixonga sinovchan tikildi: — 
Zelixonmisan? 
— Ha, Zelixon, yanglishmading. Men senga aytardim-a, bir kunmas-bir kun keladi, 
deb... — Qariya Zelixonga qaradi. — Mana shu sening uying. Arslon urushdan qaytganda 
uyi kuyib ketgan edi. Maslahatlashib, shu yerga ko‘chirdik. Sen xohlagan kuning uyni 
bo‘shatib beradi. 
Arslon o‘z o‘g‘lini kutib olayotgan ota mehri bilan Zelixonni mahkam quchoqladi. 
— Otang mening qadrdonim edi. Sen tug‘ilganda chunon yayraganmizki, sen so‘rama, 
men aytmayin. 
Uy uch xonadan iborat, ikkitasini Arslon band qilgan, bittasiga uy egalaridan nimaki 
qolgan bo‘lsa, asrab qo‘yilgan edi. Egallangan ikki xona supurib-sidirilganda, bu xona 
ham albatta tozalanardi. Arslon Zelixonni shu uyga boshladi. Xona egasizga o‘xshamas, 
uy bekasi hozirgina yig‘ishtirganday sarishta edi. 
— Bu xona ketganlaringdan beri seni kutyapti, — dedi Arslon. — Bobong bilan onangni 
Xudo rahmat qilsin, ularning qaytish qilganlaridan xabarimiz bor. Alibek og‘am to‘g‘ri 
aytdilar, seni kutdik. Xudoga shukr, kelding. Ota-onang, bobongning buyumlari shu 
yerda. Hatto... — Arslon kulimsiradi, — sening ishtonchalaring ham javonda turibdi... 
U shunday deb Zelixonni yolg‘iz qoldirdi. 
Zelixon oyog‘idan mador ketayotganini his qilib, asta tiz cho‘kdi. 
Shu uyda kindik qoni to‘kilgan, shu uyda emaklab yurgan, shu uyda «ona» deb tili 
chiqqan. Bu uyda otasi, onasi, bobosining izlari bor. Bu devorlarga ularning ovozlari 
singib qolgan... Balki ruhlari ham shu uyda uni necha yillardan beri chirqirab 
kutayotgandir? Nega shu paytgacha kelmadi? Agar Ismoilbey o‘lmaganida, o‘lim oldidagi 
gaplarini aytmaganida umuman kelmasmidi bu yerlarga... Shu tomonlarga necha 
marotaba yo‘li tushdi. Bir yili «ovulimni borib ko‘ray», deb qasd ham qildi. Ammo yarim 
yo‘ldan qaytdi, oyog‘i tortmadi. Oyog‘i tortmaganining sababi bor — hali unda iymon 
ko‘z ochmagan edi. Ruhi jaholat botqog‘ida biqsib yotardi. 
U o‘rnidan turib javonga yaqinlashdi. Eshigiga yuzini qo‘yib turdi. Shu eshikni onasi 
necha marotabalab ochgan. Qo‘llari taftlari hanuz saqlanib qolgandir?.. 
Oradan ko‘p o‘tmay hovlida jonlanish sezildi. Zelixon tanimagan ovuldoshlari uni ziyorat 
qilgani yig‘ila boshlagan edilar. 
Uning hovlisi uch kechayu uch kunduz to‘yxonaga aylandi. Qo‘ylarni olib kelganlar 
kimlar, so‘yganlar kimlar, dasturxon tuzaganlar kimlar — bilmaydi. Uch kun davomida 
qishloqning erka farzandi sifatida izzatda bo‘ldi. Necha xonadonda mehmonda bo‘lganini 
sanayman, deb sanoqdan ham adashdi. 
To‘rtinchi kuni Alibek oqsoqol kirdi. 
— Endi nima qilmoqchisan, shu yerda qolasanmi? — deb so‘radi u dabdurustdan. 
— Shunday niyatim bor, — deb javob berdi Zelixon. 
— Arslon uyni bo‘shatsinmi? 
— Men so‘qqabosh bo‘lsam, bitta xona ham yetadi. Ularga malolligim kelmasa bas. 
— Qo‘lingda hunaring bormi? 
Zelixon panjalariga qarab, kulimsiradi. Gulday hunari bor-a, ammo cholga po‘lat 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish