Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
ham ilinib qolar? — Zohid shunday deb fotiha qilgan bo‘ldi-da, o‘rnidan turdi. 
«Agar niyatlari bizni laqillatish bo‘lsa, men ularni chalg‘itdim», deb o‘yladi Zohid. 
 
XIV  b o b 
 
1 
 
— Ko‘rinishingdan chechenga o‘xshaysanu ona tilingda gapirmaganingga hayronman, — 
dedi mashina haydovchisi. 
Zelixon unga darrov javob bera olmadi. Ozgina sukut saqlagach, bir xo‘rsinib dedi: 
— Men chechenman. Ota yurtimda tug‘ildimu boshqa yurtda ulg‘aydim. Ona tilimni 
bilaman. Gapirsangiz yaxshi tushunamanu o‘zim silliq gapira olmayman. Til qotib 
qolgan. 
Tilim qotdi, deysanmi? Unda sen ado bo‘lgan odam ekansan, og‘ayni, — dedi 
haydovchi, orqa o‘rindiqda o‘tirgan Zelixonga ko‘zgu orqali qarab. 
— Gapingga tushunmadim? — dedi Zelixon. 
— Ona tilini bilmagan inson o‘zini odam sanamasa ham bo‘ladi. 
— Tiling juda uzun ekan, — dedi Zelixon achchiqlanib, — ammo aqling kaltaga 
o‘xshaydi. Urush davrida chechenlar boshiga tushgan kulfatni eshitmaganmisan? 
Zelixonning aql xususidagi gapi haydovchiga malol keldi, qoni bir qaynadi-yu, ammo 
«harholda bu o‘z qondoshim», deb darrov o‘zini bosdi. Zelixonning gapiga xotirjam 
javob berdi: 
Eshitganman, lekin odamning o‘zini o‘zi unutishi uchun bu hech qanday imtiyoz 
bermaydi. Inson o‘z ona tilini o‘lgunicha unutmasligi kerak, — haydovchi shunday deb 
bir oz sukut qildi-da, so‘ng qo‘shib qo‘ydi: — Balki o‘lgandan keyin ham unutmasligi 
kerakdir. U dunyoda qaysi tilda hisob beradi? Senga o‘xshab ruschadamas deyman, a? 
Zelixon uning bir aytgan fikridan qaytmasligini bilib, kulimsiradi: 
— O‘jarligingdan chechenga o‘xshaysan. 
Bu gap haydovchiga ma’qul kelib, xaxolab kuldi. 
— Nima desang, de: men chechenman! Ha, meni qiymalab tashlasang ham har bir 
bo‘lak go‘shtim «men chechenman!» deb hayqirib turadi. Ana, tog‘larni ko‘ryapsanmi? 
Mening bobolarimning bobolari, ularning-da bobolari ana shu tog‘lar kabi mag‘rur 
bo‘lishgan. Otam ham mag‘rur edi, men ham mag‘rurman. Chechen bo‘lganim uchun 
mag‘rurman. Mening bolalarim ham mag‘rur. Ularning bolalari ham mag‘rur bo‘ladi. 
Tog‘ni shamol yoki yomg‘ir yemirib tamom qilganda bizning g‘ururimiz ham yemiriladi, 
uqdingmi, dono odam? 
Haydovchi shunday deb qo‘shiq ayta boshladi. Zelixon bu qo‘shiqni avval eshitmagan 
edi. Ayrim tanish so‘zlardan, qo‘shiqning avjidan vatan haqida ekanini angladi. 
«Baxtli odam ekan, bu o‘jar, — deb o‘yladi Zelixon. — Vatani bor, g‘ururi bor. Bolalari 
ham bor. Ular ham mag‘rur. Xuddi tog‘ cho‘qqilariday mag‘rur... Menda nima bor?» 
Shu gaplarni xayolidan o‘tkaza turib Ismoilbeyning g‘amgin chehrasi ko‘z oldiga kelib
qulog‘i ostida uning ovozi jarangladi: «Vatani yo‘qning iymoni yo‘qtur...» 
Zelixon xayolga berilib, qo‘shiq tugaganini sezmay qoldi. Haydovchi unga avval ko‘zgu 
orqali qaradi, so‘ng bir o‘girilib oldi: 
— Nimalarni o‘ylayapsan? Qo‘shiqqa tushundingmi? 
— Tushundim. Vatan haqida kuylading. 
— Hech baloga tushunmabsan. Men dedimki, agar Vatan meni suymasa men uni 
suyarman. Agar meni nimtalasalar-da bir bo‘lagimni Qora dengizga, birini Oq dengizga, 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish