Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
sezib, kulimsiradi. 
— Mening uyimga kelganlar ostonadan noumid qaytishmagan. Shu uy qurilganidan beri 
darvoza qulf nimaligini bilmaydi. Ishonmasangiz ana, qarang. — U shunday deb uy 
tomon yo‘l boshladi. Zohid darvozaga ko‘z tashladi: chindan ham tutqich boru qulf yo‘q. 
— Men qishloqda tug‘ilib o‘sganman. Qishlog‘imizda qulflanadigan bironta ham eshik 
yo‘q edi. Shaharda ham shunday qilsa bo‘larmikin, devdim. 
— Bo‘lyaptimi? — dedi Zohid ostona hatlab. 
— Bo‘lyapti shekilli? 
«Bo‘lmay-chi — deb o‘yladi Zohid. — Bu uyga qaysi botir o‘g‘ri, kimning yuragi bilan 
yaqinlashar ekan? Qulf nima ekan, aslida bu xonadonga darvoza ham shart emas...» 
Chuvrindi uni kichik mehmonxonaga boshladi. Bu xonadonda uchta mehmonxona bo‘lib, 
biri katta, ikkinchisi o‘rta, uchinchisi kichik hisoblanardi. Uchchovida ham dasturxon 
hamisha tuzog‘liq turar, odamlar soniga, hamda darajasiga qarab u yoki bu 
mehmonxonaga taklif qilinardi. Chuvrindi avvaliga Zohidni katta mehmonxonaga 
boshlab qoyil qoldirmoqchi edi. Keyin «bularning zoti qitmir bo‘ladi, bir baloni 
boshlamasin», deb «kamtarona» hisoblangan xonaga taklif etdi. 
Ostona hatlab hovliga kirgan odam bir qarashdayoq xonadonning sarishta ekanini 
ko‘radi. Mo‘’jaz favvora, shiypon, uylarning joylanishi — hammasi risoladagiday. Agar 
hovliga tovus bilan kiyik qo‘yib yuborilsami, ertaklardagi xon saroyining o‘zi bo‘lishi 
mumkin. 
Chuvrindi bir necha daqiqa Zohidni mehmonxonada yolg‘iz qoldirdi. Bu muddatda Zohid 
uy ichini ko‘zdan kechirishga ulgurdi. Hovlida yurishi kerak bo‘lgan tovus mehmonxona 
devoriga muhrlanibdi. Rassom rang tanlashga usta ekanu ammo me’yorni bilmabdi. 
Devorlaru shift tabiat va jonivorlar tasviri bilan to‘lgan, tasvirda faqat eshagu it bo‘lmasa 
kerak. Bu rassomning kaltabinligimi yo xo‘jayin istagimi — Zohidga qorong‘u. 
Chuvrindi kirib: 
— Suratlar yoqdimi? — deb kulimsiradi. 
— Rassom yaxshi ekanu... 
— Hayvonot bog‘i qilib tashlabdimi? 
— Ha. 
— Men safarda edim. Kichkinam kirib «uni chizing» desa ham chizibdi, «buni chizing» 
desa ham chizaveribdi. Men o‘zim bunaqangi bachkanalikni yoqtirmayman. 
— Me’morchilikdan xabaringiz bormi, deyman? 
— Nega so‘rayapsiz? 
— Uy tartib bilan, yaxshi qurilibdi. Me’morning qo‘li sezilib turibdi. 
— Buni to‘g‘ri topdingiz. Bir me’mor oshnam ishboshi bo‘lib qurgan bu uylarni. O‘zimda 
savod yo‘q. Maktabda ham chala-chulpa o‘qiganman. O‘qishga havas zo‘r edi-ku, sharoit 
to‘g‘ri kelmadi. 
— Nima sababdan? 
— Buning tarixini aytsam, ming bir kecha bo‘ladi. — Chuvrindi shunday deb tuzog‘liq 
dasturxon ustiga yoyilgan dokani yig‘ishtirib oldi. 
— Qani, marhamat qiling. 
— Mehmon kutyatuvdingizmi? — deb so‘radi Zohid. — Bemavrid kelibman, shekilli? 
— Kutayotgan mehmonim — siz, desam ishonasizmi? 
— Yo‘q, ishonmayman, — dedi Zohid kulimsirab. 
— To‘g‘ri, ishonmaysiz. Hamma gapga ishonaversangiz prokuror bo‘la olmas edingiz, — 
dedi Chuvrindi ham jilmayib. 
— Eksgumatsiya xulosalari... 
Zohid shunday deb gap boshlagan edi, Chuvrindi shart kesdi: 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish