Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
o‘ylardi  Xolidiy. — Xudoga shukur, men ahmoq emasman. Men — merganman. Bir o‘q 
bilan istasam o‘n quyonni uraman. Dushmanni esa boshqa bir dushmanim qo‘li bilan 
yanchaman. Hamisha shunday qilib kelganmanmi, bu usul menga pand bermadimi, 
bundan keyin ham shunday bo‘ladi... Nodon bola... Hujjat titish senga nima beradi? 
Xo‘p, haqiqatni anglading, keyin nima bo‘ladi? Sening haqiqating hech kimga kerak 
emas. Har bir davrning o‘z haqiqati bo‘ladi. Esing butun bo‘lsa sen ana shu haqiqatni 
fahmlab ol. Yo‘-o‘q... bunga fahming yetmaydi. Sening haqiqating jinnixonada. Qani, 
meni kuzataver-chi. Ertaga boradigan joyingga borgach, meni sog‘inib qolarsan...» 
Xolidiyning bu darajada dadil fikrlashi bejiz emas edi. U kecha muhim bir masalani 
yechib, ko‘ngli shodlangandi. Anvar jinnixonadan chiqib kelganidan beri uning ichini it 
tatalardi. Qariyb yarim yil badalida bu «bola»ni yo‘qotishni o‘ylab, boshi gangidi. 
Jinnixonadan Asadbek hukmi bilan chiqarilganini bilib ancha vaqtgacha hadiksirab yurdi. 
U umri mobaynida o‘ziga yoqmagan odamlarni g‘anim deb bilib, qanchasini yanchib 
tashladi. Ular oldida Anvar bir qumursqa. Oldiga ozgina shakar sepib qo‘ysa, o‘zi bilan 
o‘zi ovora bo‘ladi. Aslida olishishga ham arzimaydigan bir «mishiqi bola». Lekin shu 
mishiqining oliftagarchiligini hazm qila olmaydi. Bu oliftagarchilik boshqa yoshlarga 
yuqmasin, deydi. 
Xolidiy o‘ylay-o‘ylay, achchiqni achchiq kesadi, degan aqidaga amal qilib, Asadbekning 
kushandasi kim bo‘lishi mumkin, deb so‘rab-surishtirdi. Asadbek hammadan zo‘r bo‘lgani 
bilan albatta kimdir, qaysi bir kavakda turib bo‘lsa ham unga qarshi tish qayraydi. 
Kimdir chalishga payt poylaydi. Shunday odamning mavjudligini, uning nomi 
Hosilboyvachcha ekanini bilib, quvondi. Xolidiy Hosilboyvachchaning otasini yaxshi 
tanirdi. Ularning tanishligi Hosilboyvachchaning bolaligi o‘tgan hovlining oldi-sottisidan 
boshlangan. Hukumat tomonidan Xolidiyning xizmatlari taqdirlanib, unga ikki qavatli uy 
berilgach, u mahalladagi hovlisini Omilga — Hosilboyvachchaning otasiga sotgan edi. 
O‘shanda bir kenglik qilib, joyning pulini birato‘la yaxlit holda emas, uchga bo‘lib bir yil 
davomida to‘lanishiga ko‘ngan edi. Omil uning bu himmatini unutmay, hozirga qadar 
ham izzatini joyiga qo‘yib, har ko‘rganda qulluq qilib turardi. 
O‘g‘lida shunday obro‘li odamning yumushi borligini bilgan Omil bu gapga ishonib-
ishonqiramay ajablandi. Xolidiy buni sezib, izoh berishni lozim topdi: 
— Endi Omilbek, zamon shunaqa bo‘lib qoldi. Idora bajara olmaydigan ishni o‘g‘lingizga 
o‘xshagan shovvozlar bir nafasda, xamirdan qil sug‘urganday do‘ndirib qo‘yishyapti. 
— Birontasi qarz-parz olib, bermiyotibdimi? — dedi Omil soddalik bilan. 
— Omilbek... shunaqa desak ham bo‘ladi, — dedi Xolidiy noxush ohangda. 
— Yo‘q, siz qarzini qistaydigan odamlardanmassiz. Bir dardingiz boru aytgingiz 
kelmiyotibdi. 
— To‘g‘ri fahmladingiz. Ba’zi ishlarni buyurtmachi-yu, bajaruvchining o‘zigina bilgani 
ma’qul. Har- holda, teshik quloq, tilning esa suyagi yo‘q. Hali bizning gapimizga Hosilboy 
nima deydilaru... 
— Nima derdi, bizga bir ishingiz tushibdi. Biz himmatni unutadigan noshukur 
bandalardanmasmiz. Yuring, ketdik, uyiga boramiz. 
— Shu yerga chaqira qolmaysizmi? 
— Chaqirishga chaqiramanu kelishga vaqti bo‘ladimi, yo‘qmi... 
Xolidiy shu gapdan Hosilboyvachchaning havosi ancha baland ekanini angladi. Katta 
boshini yana bir marta kichik qilish lozimligidan dili g‘ashlandi. 
Hosilboyvachchaning uyida mehmon bor ekan. Shomil ularni shiyponga boshlab bordi. 
— Shefni chaqirib bo‘lmaydi. Xohlasangiz kuting, bo‘lmasa ertaga keling, — dedi 
o‘tirishga joy ko‘rsatib. 
Bu gapni eshitib, Omil savol nazari bilan Xolidiyga qaradi. Xolidiy Shomil ko‘rsatgan 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish