Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
— Ko‘p o‘ylama,— dedi Kesakpolvon.— Zavodga xaridor chiqib turibdi. Og‘zingdagi 
luqmani oldirib qo‘ymagin tag‘in. 
— Kim ekan o‘sha xaridor? — dedi Asadbek jerkib. 
Begona emas, ukang Hosil-da. Bir joyda «vinzavod bizga ham nasib etib qolar» 
deganday gap qilibdi. 
— Tushini suvga aytsin,— dedi Asadbek.— Vinzavodga yaqinlashadigan odam hali 
otasining belida yuribdi. 
Bu gapdan keyin Kesakpolvon bilan Chuvrindi ma’nodor ravishda ko‘z urishtirib olishdi. 
Ular tashvish buluti Asadbek boshi uzra hamon ko‘lanka tashlab turgani uchun uning 
jig‘iga tegadigan gaplardan o‘zlarini tiyayotgan edilar. Vinzavod taqdiri ertaga 
qoldirilmay shu bugunoq hal etiladigan masalalar toifasidan bo‘lgani uchun Kesakpolvon 
ehtiyotlik bilan shama’ qilib qo‘ygan edi. 
Garchi Asadbek katta ketgan bo‘lsa ham, ayo’nlarining tashvishi bekor emasligini fahm 
etdi. 
2 
 
Manzura hali ham kasalxonada bo‘lgani uchun oshxona boloxonadagi yigitlar ixtiyoriga 
berilgan edi. Ular ovqatlanib bo‘lishgach, xizmatdagi yigit dasturxonni yig‘ib oldi. 
— Haligi gapni domlangdan so‘radingmi? — dedi Asadbek Chuvrindiga qarab. 
— So‘radim,— dedi Chuvrindi, choyni qaytara turib.— Ko‘ngillari nima istasa shuni 
qilsinlar, kichikroq xudoyi bo‘lsa xudoyi, kattaroq osh bergilari kelayotgan bo‘lsa, unga 
ham yo‘l bor, beraversinlar, dedi. 
— Ha, xudoyi qilmoqchimisan? — deb so‘radi Kesakpolvon Asadbekdan. 
— Shunga boshim qotib turibdi. Bir nima qilish kerak-ku? Anavi kuni, Jalildan so‘rovdim. 
Osh-posh bersammi, desam bobilladi. «Nevarang o‘lik tug‘ilganiga quvonib osh 
berasanmi?» deydi. Shunga hayron bo‘lib Mahmudga «domlangdan so‘rab ko‘r» devdim. 
Domla bunaqa deb turibdi. 
— Domlaning aytganini qilasiz-da, Jalil aka domla emas-ku? 
— Domla emas, to‘g‘ri, lekin odamlar ichida ko‘p yuradi, past-balandni biladi. Sobitxon 
qorining etagidan ushlab yuradi, u-bu gaplarni eshitib o‘rgangan. 
— Bunaqa gaplarni men ham uncha yaxshi bilmayman. Lekin menga qolsa hech nima 
qilmaganing durust. 
— Nega? 
— Masjid qurdiryapsan, shuning o‘zi yetadi. Xudoyi bo‘lsa, shunchalik bo‘ladi-da. 
Domlalarning gaplariga uchaverma. Ob-havoga o‘xshab gaplari ham o‘zgarib turadi. 
Xudoyiga borib, osh-ovqatni yeb, ketishida yana cho‘ntakka ko‘z tikib turadigan 
domlangni men sariq chaqaga ham olmayman. 
Unaqa demang, Haydar aka, ular bersangiz olishadi, bermasangiz ham duo qilib, 
indamay ketishadi. 
— Yonini olma ularni. Bek xudoyi qilsa, o‘ntasi kelib qo‘l qovushtirib turadi. Jalil qilsin-
chi, o‘ntasi o‘nta bahona qiladi. Otarchi nimayu ular nima? 
— Unchalik emas, Haydar aka, yaxshi bilmasangiz gapirmang. 
— Xo‘p, men yaxshi bilmayman. Lekin shunda ham sen bilan garov o‘ynayman. Sen 
kattaroq narsangni tik. Bek, sen xudoyi qil, o‘sha kuni, o‘sha soatga bitta kambag‘al 
nomidan domlani ayttiraman. Keyin sen ayttirasan. Qani, kimnikiga kelarkin? 
Agar boloxonadagi yigit tushib, bir odam yo‘qlayotganini aytmaganida ularning bahsi 
yana picha cho‘zilishi mumkin edi. 
— Kim ekan? — dedi Kesakpolvon, ensasi qotib. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish