Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
— Sobitxon qori nomidan kelganmish. 
— Obbo,— dedi Kesakpolvon,— Hizrni yo‘qlayotgan ekansan-da? 
— Chaqir, kirsin,— dedi Asadbek. 
Dam o‘tmay o‘rta bo‘yli, istarasi issiq, bejirim mo‘ylabli bir yigit kirib, qiroat bilan salom 
berdi. Asadbek salomga alik olib ro‘parasidan joy ko‘rsatdi-da: 
— Qalay, qori yaxshi yuribdilarmi? — deb so‘radi. 
— Xudoga shukr, duo deb yubordilar. Qorim... ahvollari picha og‘ir. 
— Nima bo‘ldi? 
— Yaralanganlar. 
— Yaralanganlar? Nimaga yaralanadi? 
— Qo‘qondagi voqealarni eshitgandirsizlar? 
— Chala-chulpa eshitdik. 
— U yerda ham qulupnaydan janjal chiqdimi? — dedi Kesakpolvon kesatiq ohangida. 
Yigit gazetaga o‘rog‘liq narsani uzatdi: 
— Xohlasangiz ko‘ring. 
Mahmud gazetani ochib, videokassetani oldi-da, savol nazari bilan Asadbekka qaradi. 
Asadbek «qo‘yaver» degan ishora qilgach, videomagnitofonni uladi. Teleekran pirpirab 
turib, so‘ng Qo‘qon manzarasi ko‘rindi: odamlar oqimi markazga shoshiladi... markazda, 
mashinalar aylana yasab o‘tadigan yo‘llarda odamlar tirband. Bolalar qiziqib, daraxtlarga 
chiqib olishgan... Osoyishta olomon birdan to‘zidi...  
— Ayamay o‘q uzishdi,— deb izoh berdi yigit.— Bolalar o‘ldi, kattalar o‘ldi... Qorim ham 
shu yerda edilar. 
— Shuncha odam nimaga to‘plandi o‘zi? — deb so‘radi Kesakpolvon. 
— Miting bo‘lishi kerak edi. 
— Qori qaerda, kasalxonadami? — deb so‘radi Asadbek yigitdan. 
— Ha, yotibdilar. Sizni esladilar. Sizni ko‘rmoqchilar. 
— Meni? — Asadbek ajablandi.— Ishi bor ekanmi? 
— Gaplari bor shekilli,— yigit shunday deb ketishga ruxsat so‘radi.— Men bu kassetani 
deputatlarga ko‘rsatishim kerak. Shuni deb dovon oshib keldim. Bugun buni topshirsam, 
ertaga saharlab, Xudo xohlasa, qaytaman. Qorimga nima deb qo‘yay? 
— O‘ylab ko‘raman. 
— Imkon topilsa boradilar,— deb izoh berdi Chuvrindi. 
Bu izohdan ko‘ngli xotirjam bo‘lgan yigit xayrlashib chiqdi. 
— Esing joyidami? — dedi Kesakpolvon, mehmon chiqib ketgach.— Nima deding? Bilib 
gapirdingmi? 
— Nima debman? 
— Hozir borib bo‘larkanmi o‘sha yoqqa? Ko‘rdingmi nima bo‘lganini? Bek, sen o‘ylab ham 
o‘tirma, bormaysan! 
— Bir narsaga hayronman, Qori nima uchun meni eslab qoldi? 
3 
 
Ayrim ishlar mulohazaning intihosi o‘laroq amalga oshiriladi, ayrimlari esa ko‘ngil hukmi 
bilan bo‘ladi. Ko‘p hollarda ko‘ngil hukmi mulohazadan ustun turadi. Asadbekning 
Qo‘qonga borishi masalasi ham ko‘ngil hukmi asosida hal etildi. Vaziyatning og‘irligi, 
bormoqlik — jonni xatarga qo‘ymoqlik ila barobar ekanini bilsa ham, Kesakpolvon 
«borma!» deb vaysab tursa ham yo‘lga otlandi. «Ertalab yo‘lga chiqib, shomgacha borib 
qaytamiz», dedi u. Asadbek bir qarorga kelgach, a’yonlar ojiz qoladilar. Bu safar ham 
shunday bo‘ldi — Asadbek erta tongda Chuvrindi hamrohligida yo‘lga chiqdi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish