Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
Kesakpolvon o‘rindiqqa yastanib o‘tirib. 
— Bir nimaning hidini olganga o‘xshaydi, — dedi Chuvrindi uning qarshisidan joy olib. — 
Ochiq aytmadi-yu, ammo sezdirib qo‘ydi. O‘lik cho‘loqmidi? 
— Nima? 
— Bir oyog‘i kaltamidi? 
— Men qayoqdan bilaman, yurg‘izib ko‘rib olibmanmi? Bitta o‘lik topish kerak deding, 
topib keldim. Endi mening boshimni og‘ritma. 
— O‘xshamaganidan topilibdi-da. Bek akam-ku, ishondilar. Prokuror darrov 
ishonadiganmas. 
— Hey, akosi, egasiz o‘liklar taxlanib turgan joy bormi? Yo Haydar akang jingalak soch 
o‘lik tug‘ib berishi kerakmidi?! Aytaver, sen aytsang, o‘lik tug‘ib bermagan — nomard! 
— Jahlingiz chiqmasin, shoshilinchda bo‘lgan ish... Chorasini o‘ylashimiz kerak. 
Sen bola, bir xil paytlarda ja o‘zingdan ketyapsan. 
— Haydar aka, siz shu gapni ko‘p aytasiz, men ham bir xil javob beraman: mening 
maqsadim bir — hammamiz bexavotir yashaylik. Biz qilko‘prikda yuradigan odamlarmiz. 
Bularning qachon oyog‘i toyib ketarkin, qachon yiqilarkin, deb umid bilan tikilib turgan 
ko‘zlar mingta. O‘zimiz ehtiyot bo‘lmasak, birov bizni ehtiyot qiladimi, bizga birovning 
joni achiydimi? 
Bu ishing yaxshi, gap yo‘q! Lekin oshirvorma, bola. Qil ko‘prikda yursak ham qo‘limiz 
uzun, pastda yiqilishimizni kutayotganlar ko‘p bo‘lsa, tepada qo‘limizdan ushlab 
qoladiganlar ham bor. Shuni unutma, bo‘lar-bo‘lmas gaplarni Bekka aytaverma. 
— Bek akamga nima debman? 
— Bugungi gaping shart emas edi. Sharif masalasini o‘zimiz imi-jimida to‘g‘rilasak ham 
bo‘lardi. Oraga jononni qo‘shib, meni aybdor qilib qo‘yding. 
— Imi-jimida ish qilishga haqqimiz yo‘q. Bek akam hamma narsadan xabardor bo‘lishlari 
kerak. O‘ng qo‘lning ishini chap qo‘l bilmasa chatog‘i chiqadi. 
— Senga aql o‘rgatgan men ahmoq, — dedi Kesakpolvon jilmayishga harakat qilib. — 
Ehtiyot bo‘l, bola, jag‘ingni ezib qo‘ymayin. Ildizimga bolta uraman, deb urinib yurma. 
Kesakpolvon bu gapni hazil ohangida aytayotgan bo‘lsa ham Chuvrindi hazil tagi zil 
ekanini fahmladi. Ammo sir boy bermaslik uchun jilmayib qo‘yib javob berdi: 
— Hammamizning ildizimiz bir. Yashamoq ham birga, o‘lmoq ham birga. 
3 
 
Asadbek qizi yotgan xonaga kirmadi. To‘g‘ri, odatda ichkariga erkak zoti qo‘yilmasdi, 
lekin Asadbek o‘tmoqni ixtiyor etsa, istisno tariqasida bu qoida buziluvi mumkin edi. U 
qoidani buzgisi kelmadi, demoqlik lofga yaqin gap bo‘lar. Asadbek qizi oldida o‘zini 
aybdor his qilar, ana shu his Zaynabga ro‘para bo‘lishiga yo‘l qo‘ymas edi. U qizining 
mungli ko‘zlariga botinib qaray olmasdi. Farzandga ilashgan bir misqol baxtsizlik otaga 
yuz botmon miqdorida og‘ir baxtsizlik yuki bo‘lib ezajagini qizi yo‘qolib, topilganidan 
so‘ng his etdi. 
Tabibboshining xonasida o‘tirganida davolovchi tabib tib ilmiga xos tilda xastalik 
sabablarini bayon qildi. Uning gaplari Asadbekning qulog‘iga kirmadi. U qovoqlarini 
uyub, bir nuqtaga tikilganicha o‘tirdi. Tabib gapini tugatib, jim bo‘lgach, unga qaradi-da: 
— Yangangni chaqir, — dedi. 
Ellik uchinchi yilda ukasi Samandarning hech kutilmaganda shamollab, o‘lib qolishi 
yuragiga bitmas jarohat solgan edi. Bu jarohat yillar o‘tib ham tuzalmadi. Bil’aks, 
yaralangan jangchi badanida qolib ketgan temir parchasiday dam-badam qo‘zg‘olib azob 
berib turdi. Badandagi temir parchasini jarroh olib tashlashi mumkin, ammo yaralangan 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish