Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
shu uyga olib keldi. Uy bekasidan «ko‘z-quloq bo‘lib turing» deb iltimos qildi. Chuvrindi 
uni ona sifatida qadrlamasa ham, odam sifatida rahmi kelardi. Ko‘cha-ko‘yda o‘lib-netib 
qolmasin, deb xavotirlanardi. 
U hovliga kirishi bilan ayvon poydevoriga suyanganicha boshini osiltirib uxlab o‘tirgan 
onasini ko‘rdi. U axlatxonada ag‘anab yotganmi ko‘ylagiga qarab bo‘lmaydi, sochlari 
to‘zib ketgan... So‘lagi oqib o‘tirgan onasini ko‘rib, ijirg‘andi. Shu xotin endi ellik 
yoshdan oshdi, desa birov ishonmas edi. Ayvonda uy bekasi ko‘rinib, salomlashgach, 
izoh berdi: 
— Ikki kun ko‘rinmay ketdi. Tilanchilik qilib pul topganmi, bilmayman. 
Chuvrindi yonidan pul chiqarib, unga uzatdi: 
— Qancha ichsa, shu yerda ichsin, ko‘chaga chiqarmang. 
— Sheriklari bilan ichmasa ko‘ngli joyiga tushmaydi-da. Anavi kuni uchtasini boshlab 
kelibdi. Xafa bo‘lmang-u, kiritmadim. Qo‘ni-qo‘shnilardan uyalaman-da. 
— To‘g‘ri qilibsiz, — Chuvrindi shunday deb, onasiga yana bir qarab oldi. — Telefon 
qilaman, hali olib ketishadi. 
— Qayoqqa? 
— Dispanserga. 
— Davolab bo‘larmikin buni? 
— Davolab bo‘lmasa ham o‘sha yerda yotsin. 
Chuvrindi shunday deb chiqib ketdi. 
Uch qavatli bino yerto‘lasida uni Bo‘tqa odatdagidek jilmaygan holda kutib olib, «shu 
yerdalar» deganday im qoqib qo‘ydi. 
Kesakpolvon bilan gaplashib o‘tirgan Asadbek o‘tirgan yerida qo‘l uzatib, ko‘rishdi. 
— Zaynab tuzukmi? — deb so‘radi Chuvrindi, uning qarshisidagi o‘rindiqqa o‘tirib. 
— Yangang yonida qolgan. Telefon qilsam tuzuk, deyapti. Do‘xtirga yaxshilab 
tayinladingmi? 
— O‘zimizning odam. Tuzalgunicha yonidan jilmaydi. 
— Prokuror nimaga chaqiribdi? 
— U-buni surishtirdi... Jamshid masalasida. 
— Kavlayaptimi? 
— Ha, endi bir urinib ko‘radi-da. 
— Haydar, kavkazliklaringni ro‘para qilmoqchi eding-ku? 
— Ular tayyor, prokuror ozgina kavlashtirsin, birdan ro‘para qilsak, xitlashadi. Kecha 
sho‘pirni iziga tushishdi. Sho‘pir bugun Uchariqdan kelsa, tappa bosishadi. U og‘zidan 
gullaydi. Hammasini pishitib qo‘yganman. Osh tayyor, o‘zi suzib oladi. 
— Kallangni ishlat, osh tagiga olmasin. 
Kesakpolvon «bir-ikki marta tagiga oldirganmidim?» demoqchi bo‘ldi-yu, Asadbekning 
kayfiyati yomon ekanini eslab, indamay qo‘ya qoldi. 
— Bek aka, zavoddagi yigitlar xunuk xabar yetkazishdi, — dedi Chuvrindi. 
— Yana nima bo‘libdi? 
— Sharif qurug‘idan tortayotgan1 emish. 
Bu gapni eshitib, Asadbek Kesakpolvonga qaradi. 
— Nimaga menga qarayapsan, men o‘rgatibmanmi? 
— Yigitlarning gapiga qaraganda, siz qo‘ygan jonon bilan tortarkan, — dedi Chuvrindi. 
— Bo‘lmagan gap! U chekmaydi. Ninadan olishi to‘g‘ri, lekin qurug‘idan tortmaydi. 
— Mahmud, jonon buniki bo‘lsa ham senga bir ish bor: agar o‘sha o‘rgatgan bo‘lsa, 
chotini yirib, oyog‘idan daraxtga osib qo‘y. Sharifni do‘xtirga ro‘para qil, tuzatsin. 
— Bormayman, desa-chi? 
— Borgisi kelmasa, o‘lasi qilib kaltakla. Qon chiqmaydigan joyiga ur. Kaltakdan qo‘rqadi 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish