Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
u xunasa. 
— Qilichning o‘zi durust edi, buni bekorga taltaytirding. Foydasi tegadigan olim, deb 
yelkangga chiqarib olding. Ana endi o‘zi boshingga o‘tirib olib ko‘llatib yotibdi. 
— O‘chir, aqling yetmagan ishlarga aralashma. U bugun bo‘lmasa, ertaga kerak bo‘ladi 
bizga. Mahmud, do‘xtirdan so‘ra, necha kunda tuzatarkin, shunga qarab, Portugaliyaga 
borishini hal qil. 
Azaldan shu: Asadbek bir ishni amalga oshirmoqchi bo‘lganida Kesakpolvon tushunibmi, 
tushunmaymi, fikr bildirsa, «aqling yetmagan ishga aralashma», deb shart kesadi. 
Boshqa odamga bu haqoratday yoki kamsitishday tuyulishi mumkin. Kesakpolvon esa 
bunaqa jerkishu, so‘kishu, la’natlashlarga ko‘nikib ketgan. Og‘aynisining so‘kkani so‘k 
oshi, urgani un oshi, deyish noo‘rin, chunki Asadbek unga hech qachon qo‘l 
ko‘tarmagan. Chuvrindini yoshlikdagi xatolari uchun bir-ikki urgan, ammo Kesakpolvonni 
chertib ham qo‘ymagan. 
Asadbekning hozirgi jerkib baqirishi sahrodagi qumga singgan tomchiday beta’sir bo‘ldi 
— oraga noqulaylik cho‘kmadi. 
— Jamshidning o‘rniga kimni berasan? — dedi Asadbek Kesakpolvondan. 
— Chaqiraymi, shu yerda, — Kesakpolvon shunday deb o‘rnidan turdi. Eshikka 
yaqinlashib, qiya ochdi-da, Bo‘tqaga imladi. 
Xonaga qoruvli, mushaklari o‘ynab turgan, qalin qoshlari tutash bir yigit kirdi. Saqich 
chaynab turgan bu yigitning turqi Asadbekka yoqmadi. 
— Kavsh qaytarma, bu yer senga molxona emas! — dedi jerkib. 
Yigit saqich chaynashini to‘xtatib, ko‘zini lo‘q qilganicha turaverdi. 
— Tashqaridagi akang bilan solishsang eplaysanmi? — deb so‘radi Chuvrindi Bo‘tqaga 
ishora qilib. 
— Menga cho‘t emas. 
— Shunaqasidan ikkita bo‘lsa-chi? 
— Eplashtiraman. 
— Nimaga ishonib aytyapsan bu gaplarni? 
— O‘zimga ishonaman. 
— Hozir chiqib o‘shani majaqlab tashla, desam bajarasanmi? — deb so‘radi Asadbek. 
— Majaqla desangiz, majaqlayman, — dedi yigit o‘ylab ham o‘tirmay. 
Jamshid bilan dastlabki uchrashuvda ham shunday savol berishgandi. U savolga sukut 
bilan javob qilgan edi. 
— O‘ldir, desam-chi? 
— O‘ldirish kerak bo‘lsa, o‘ladi. 
— Keyin-chi? 
— Keyin... siz nima desangiz shu. 
Asadbek o‘rnidan turdi. Yigit bez bo‘lib qotib turaverdi. Asadbek xuddi tashqariga 
chiqmoqchiday eshik tomon yurdi. Ammo yigitning yonidan o‘tayotganida keskin burildi-
da, uning jag‘iga musht tushirdi. Zarbani kutmagan yigit chayqalib ketdi. Nima voqea 
yuz berganini tushunib yetmasidan qornidan tepki yeb bukchaydi, bukchaydi-yu, 
gardanidan musht yeb yiqildi. 
— Bir qop go‘sht-ku, buning, — dedi Asadbek joyiga o‘tirib. Shu damda yana Jamshidni 
esladi. Jamshid ham shunday sinalgan, ammo ziyraklik qilib mushtga chap bergan edi. 
— Men seni erkak deb yursam, hebbim ekansan-ku, — dedi Kesakpolvon yigitga. — 
Yana Bo‘tqadan ikkitasini yopishtiraman, deb kerilasan-a?! Bo‘tqa sendaqadan o‘ntasini 
sixga terib qo‘yadi. Nafas olib, chiqarishga ulgurmay qolasan. Tur o‘rningdan, tuqqan 
xotinga o‘xshab yalpaymay, tur! 
— Bek akamga qo‘l ko‘tarolmayman-ku, — dedi yigit o‘zini oqlamoqchi bo‘lib. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish