Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


  Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik      www.ziyouz.com



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

3 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
 
Chuvrindi uyga hazin bir ahvolda qaytayotgan edi. Bugun unga onasining xastalanib 
qolganini ma’lum qildilar. U «yana o‘sha eski darddir» deb o‘ylab, borishga shoshilmadi. 
Mo‘ljaldagi ishlarni baja-rib bo‘lib, borib qarasaki, ahvol u o‘ylagandan yomonroq. Onasi 
ayvonda shiftga tikilib, bemajol yotibdi. 
— Kayfi yo‘qmi? — deb so‘radi Chuvrindi peshvoz chiqqan uy bekasiga. 
— Yo‘q, kechadan beri so‘ramaydi ham. 
— Dispanserdan nima uchun olib keldingiz? — deb so‘radi Chuvrindi uy bekasidan. 
— Xabar olgani borgan edim. Do‘xtirlar olib ketganingiz ma’qul deyishdi... — uy bekasi 
shunday deb labini tishladi. U asosiy gapni ayta olmadi. 
Chuvrindi shu paytgacha onasiga salom bermagan edi. Ajabki, o‘zi istamagan holda, 
past ovozda bo‘lsa ham salom berdi. Onasi uning ovozini eshitib, shiftdan ko‘zini olib, u 
tomon qaradi. Lablari titradi. Bir  ozdan so‘ng yonog‘iga bir tomchi yosh dumaladi. Bu 
ayolni tanimagan odam uni hali oltmishga kirmaganiga zinhor ishonmas, kamida sakson 
yil umr ko‘rgan kampir, deb baho berar edi. 
Uy bekasi asosiy gapni aytolmagan bo‘lsa ham, Chuvrindi uning  nima demoqchi ekanini 
anglagan edi. Hozir onasiga qarab «Nahotki?» degan fikr yuragiga bir lahzalik yengil 
titroq berib o‘tdi. Ona deyishga ham arzimaydigan bu shilta xotin o‘lsa bir tukim ham  
qilt etmasa kerak, deb o‘ylardi. Hozirgi ahvoliga o‘zi ham ajablandi. «Achinayapmanmi? 
Nega? Bu dunyoda bor bo‘ldi nimayu yo‘q bo‘ldi nima? O‘ziga yarashasini  oldi. Itday xor 
bo‘ldi. Endi xorliklardan qutuladi. U-ku xorlikdan qutuladi. Men-chi? Isnoddan qachon 
qutulaman?» 
Chuvrindi onasiga qarab shularni o‘ylardi. Shu o‘ylari bilan yuragida g‘imirlayotgan 
achinish hissini bo‘g‘moqchi bo‘lardi. 
Onasi esa... unga qaraganicha unsiz yig‘lardi. 
Nima uchun yig‘layotganini o‘zi ham bilmasdi. 
Bu dunyodan qanday armon bilan o‘tayotganini idrok qila olmasdi... 
O‘g‘liga bir nima degisi kelardi, ammo tili gapga aylanmas edi... 
Nima desin? «Bolam» desinmi? Haqqi bormi shunday deyishga. Tuqqanidan beri biror 
marta «bolam» deb suymagan, endi o‘lari oldida  shunday deyishga til ham 
bo‘ysunmaydi. Yuragida «Bolajonim!» degan faryod uyg‘onadi, ammo qotib qolgan til, 
bu faryodni egasiga yetkazib bera olmaydi. Yurakning tarjimoni bo‘lmish til ojiz... 
«Rozi bo‘lgin», desinmi? Qaysi qilgan yaxshiligi uchun rozilik tilaydi? 
«Roziman» desinmi? O‘g‘li zormi ekan uning rizoligiga? 
Bu ayolning hozirgi ahvolini bilgan odam umr bo‘yi Yaratganga munojot etib, «Yo 
Rabbim, meni bu bandang holiga sola ko‘rma» deb  zorlanib o‘tardi. 
Chuvrindining onasi «bolam» deya olmayotganidan, rozi-rizolik tilay olmayotganidan 
o‘kinmas edi. Chunki bunday tushunchalar uni allaqachonlar tark etib ketgandi. 
To‘mtoqlashgan aqli ja’miki nurli tuyg‘ularni bo‘g‘ib o‘ldirib bo‘lgan edi. U yana bir necha 
soatlik yoki bir necha  kunlik umri qolganini bilmas edi. O‘lim to‘shagida azob chekib 
yotardi, deyish nojoizdir, chunki u aroq topolmagan kezlari bundan battar azobga duch 
kelardi... 
Hozir yig‘lagisi keldi. Unsizgina yig‘ladi. Avvallari kulgisi kelardi, kulardi, maishat qilgisi 
kelardi, qilardi. Ana endi yig‘lagisi keldi... 
Ajab  manzara: ona va o‘g‘il... Hech qachon birga bo‘lmagan, hech qachon bir-biriga 
mehr ko‘rsatmagan ikki tirik jon. Bu dunyoda nima uchun yashamoq lozimligini 
anglamagan ikki banda. Bir-birlariga  aytmoqqa so‘zlari yo‘q... 
Mudhish manzara: hademay jon berishi mumkin bo‘lgan onasiga aytmoqqa o‘g‘ilda so‘z 
bo‘lmasa?! 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish