Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
sandiqlarni qanday ochishiyu, qulflarni qanday ustalik bilan buzishini aytsinmi? 
— Yomon, juda yomon, — dedi Alibek oqsoqol. — Chechen yigitning hunarsiz bo‘lishi 
yomon. Sen otboqarga yordamlashasan, raisga aytib qo‘ydim. 
— Ish bo‘lsa qochmas, yana uch-to‘rt kun dam olay, — dedi Zelixon. 
Bu gapni eshitib oqsoqol qalin qoshlarini chimirdi. Burgut ko‘zlarini eslatuvchi nigohi 
yondi: 
— Sen erkakmisan? Erkak odam og‘zini ochib yotishi mumkinmi? 
Zelixon uning chindan achchiqlanganini sezib: 
— Xo‘p, ertadan chiqaman, — dedi. 
— Hoziroq ishga jo‘naysan, qani, oldimga tush! 
Zelixon qaysarlik qilmay unga ergashdi. Uning izidan bora turib «bobom tarsaki tushirib 
yaxshi qilgan ekanlar», deb qo‘ydi. 
3 
 
«Otboqarga qarashasan», deyilganda «em-xashagini berarman, sug‘orarman», deb 
o‘ylagan Zelixon yanglishgan edi. Yoshi yigirma beshlarda bo‘lgan qoruvli yigit ko‘rinishi 
ziyolinamo yordamchisiga qarab, qoshlarini chimirib qo‘ydi. Otboqar ham ko‘pchilik 
qatori Zelixonni ziyorat qilgan, uning o‘tmishi, hunari nima ekanini ham bilardi. Shu bois 
yangi yordamchisini xushlamayroq qabul qildi. Bir nima deb rad etishga Alibek 
oqsoqoldan qo‘rqdi. Chol «Ollohga topshirdim», deb ketgach, Zelixon daraxt soyasidagi 
taxta o‘rindiqqa borib o‘tirdi. 
Otboqar unga bir oz qarab turdi-da: 
— Yuring, ishlash kerak, — deb otxona tomon yurdi. 
Zelixon, «ishlasak ishlaymiz-da», deb ming‘irlab unga ergashdi. Ichkariga kirgach, 
otboqar devorga suyog‘liq belkurak bilan uzun dastali supurgini olib, unga uzatdi: 
— Avval go‘ngni bir yerga to‘plang. Keyin zambilg‘altakda tashib chiqasiz. 
Otboqarning buyrug‘i qat’iy, qisqa va lo‘nda edi. 
Bu buyruqdan Zelixonning bir ensasi qotdi, bir g‘ashi keldi, bir jahli chiqdi. Keyin o‘zini 
yengishga kuch topib, asta ishga kirishdi. «Qamoqda ham bunchalik xor bo‘lmagan 
eding, akademik, — deb o‘yladi u, — yura-yura topganing go‘ng tashish bo‘ldimi?» 
Bir qadam oraliqdagi go‘ngni surgach, belkurakni joyiga qo‘yib, tashqariga chiqdi-da, 
soyadagi o‘rindiqqa borib o‘tirdi. Saman otni qashlayotgan otboqar u tomonga bir-ikki 
norozi qiyofada boqdi. So‘ng Zelixonning bemalol o‘tirib olganidan achchiqlanib, unga 
yaqinlashdi. 
— Darrov bo‘ldingizmi? — dedi kinoya ohangida. 
— Kunlik norma bitdi, — dedi Zelixon mazax ohangida. — Menga qara, komsomol, shu 
otxonaning hammasini tozalab chiqsam, kolxozing menga necha pul yozadi? 
Bunday savolni kutmagan otboqar bir oz o‘ylanib, so‘ng javob berdi: 
— Sakkiz so‘m yozar deyman, buni surishtirmaganman. 
— Agar sen tozalasang-chi? 
— Men tozaladim nimayu siz tozaladingiz nima? Ish bir bo‘lganidan keyin haq ham bir 
bo‘ladi-da. 
— Yo‘q, men xashaki ishchiman. Sen esa tajribali otboqarsan. Sen bajargan ishning 
sifati boshqacha bo‘ladi. Shuning uchun senga o‘n so‘m yozishar. Komsomol, kel, 
kelishaylik: men senga o‘ttiz so‘m beraman, sen esa meni tinch qo‘yasan. 
Otboqar qoshlarini chimirdi: 
— Savdoni boshqacha qilaylik: men sizga oltmish so‘m beraman, siz esa menga 
oliftagarchilik qilmaysiz. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish