Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
ko‘rmayotganini aytib, yig‘ladi. Dardiga hamohang gaplarni eshitib, Zaynabning unga 
rahmi keldi. Shu-shu Mardona tez-tez kirib turadigan odat chiqardi. Kechki emlashni 
Mardona bajarganida Zaynab tiniqib, hatto rohatlanib uxlaydigan bo‘ldi. Buni u 
Mardonaning suhbatlari asablarimni tinchlantiryapti», deb o‘yladi. Onasiga ham shuni 
aytdi. Otasining kasalxonadan chiqarish haqidagi amrini eshitganida «unda uyga 
Mardona borib tursin, xo‘jayinlariga ayting», dedi. 
Mardona kim o‘zi, aytgan gaplari chinmi yo aldovmi, na Zaynab, na Manzura o‘ylab 
ko‘rdi. 
Qizlik paytida Shomilning qo‘liga tushganicha uning xizmatlarini beminnat bajarib 
kelishini ular qaydan bilsinlar? 
Asadbek ham shu masalada go‘llik qildi. Xotinining gapiga osonlik bilan ko‘na qoldi. 
Oradan oylar o‘tib bu go‘lligi uchun o‘zidan o‘zi nafratlandi. 
2 
 
— Hofiz! Uydamisiz? 
Elchin tanish ovozni eshitib, o‘rnidan irg‘ib turdi. Darvoza ostonasida ovoz bergan 
Chuvrindi javobni kutmay, o‘z uyiga kirayotganday bemalol qadam bosib kelardi. 
Elchin shoshilganicha yengi kalta ko‘ylagini kiyib, unga peshvoz chiqdi. 
— Uyquni pulga sotib olgansiz shekilli, a? — dedi Chuvrindi u bilan ko‘risha turib. 
Elchin bu hazilga kulimsirab qo‘yib, uni ichkariga taklif qildi. Chuvrindi ichkariga kirishga 
unamadi. 
— Oshiq Majnuningizning ishlari nima bo‘ldi, Laylisi bilan qovushdimi? — deb so‘radi u. 
— Halimjonmi? — Elchin gap kim haqida ketayotganini fahmlasa ham, so‘rab olib, so‘ng 
javob berdi: — Laylisiga yetishibdi. Qizning otasi kelib fotiha beribdi. Shunga o‘zi ham 
hayron. Kelib rahmat aytuvdi, sizga bu omonatni yetkazishni unutibman. Ayb menda. 
— Majnuningiz hayron bo‘lmasin. Laylisiga yetishgan bo‘lsa yaxshi-da. Endi uni menga 
ro‘para qiling. Gaplaringizga qaraganda durust yigitga o‘xshaydi. Balki xizmatga olarmiz. 
Yaxshi odamlar qanotimizda bo‘lishi kerak. 
— Qachon uchrashtiray? 
— Qancha tez bo‘lsa, shuncha yaxshi. Itning oldidagi suyakni olsangiz irillaydi, a? Siz 
Hosilning og‘zidagi laqqa go‘shtni tortib oldingiz. Majnun bola shuni unutmasin. Tinch 
yashayman, desa biz bilan birga bo‘lgani ma’qul. Nima deysiz? 
Elchin yelka qisdi: 
— Kim biladi, balki ma’quldir. 
— Ma’qul! — dedi Chuvrindi keskin tarzda. So‘ng cho‘ntagidan mashina kaliti bilan 
hujjatini chiqarib, Elchinga uzatdi: — Bizdan sovg‘a. 
Elchin darrov tushundi. «Bu nima, nima keragi bor edi...» deb o‘tirmadi. Kalitga bir oz 
tikilib qoldi. «Bizdan sovg‘a? Nima uchun «bizdan», nima uchun «Asadbekdan» emas? 
Bu nima, «qizim bilan avvalgiday yashaysan», deganimi? Busiz ham ajralish haqida 
biron ishora qilmovdim-ku? Bu darajada mehribonlik?..» 
Uning kalitga tikilib qolganini rad etishga chog‘lanish, deb tushungan Chuvrindi izoh 
berdi: 
— Aslida sovg‘a emas, qarzimiz bor edi. 
— Qanaqa qarz? 
— O‘shanda mashinangiz qarovsiz qolib, qarindoshlaringiz sotib yuborishgan edi. 
Chiqqaningizda o‘rnini to‘ldiramiz, deb niyat qilgandik. Sizga maslahatim— ortiqcha gap-
so‘zni ko‘paytirmang. 
— Gap-so‘zga o‘rin yo‘q, — Elchin qo‘lini uzatdi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish