Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
— Ish uchun zarur deb o‘ylaysanmi? 
— Yo‘q, o‘zim shunchaki qiziqyapman. 
— Qiziqmaganing ma’qul. 
— Nima uchun? Axir men nimaning evaziga jonlarini xatarga qo‘yganlarini bilishim 
kerak-ku? 
— Jonlarini mol-dunyo uchun tikkanlar, nimasiga tushunmaysan? 
— Tushunmayman, Maqsud aka, tushunmayman. Xo‘p hovlisida favvora bordir, 
hojatxonasining devorlariga chexlarning gulli, yaltiroq kafellari yopishtirilgandir, shipiga 
kiyikning rasmi chizilgandir. Shumi? Jon shuning evaziga tikilgan bo‘lsa, arzon 
ketmaydimi? Axir favvorasiz ham, kafelsiz ham, kiyikning rasmisiz ham yashasa bo‘ladi-
ku? Odamlar bularsiz ham yashab yurishibdi-ku? 
— Yashayapti. Qizig‘i shuki, bular ham bir paytlar dabdabasiz yashashgan. 
— Men ham shuni o‘yladim. Men ba’zan hamma narsadan bezib ketaman. Dadamning 
yonlarida ketmon chopib yurganimni qo‘msayman. Hozir borib  ketmonni qo‘llaridan 
olsam, kechagidan yomon yashamayman. 
— Sening yaxshi hunaring bor ekan. Men bechora nima qilay, birdan-bir hunarim — 
jinoyatchini quvib yurish. 
Zohid Solievning gaplarida istehzo ohangini sezib, keraksiz hissiyotga berilganini 
fahmladi-da, kulib qo‘ydi. 
— Siz nima bo‘lsangiz, men ham shu. Hozir birov menga ketmonni ishonib bermas, 
deyman. Siz menga bir masalani yechishda ko‘maklashing: «Suvilon» aniq maqsad bilan 
kirgan edi, men uni boshqa yo‘lga burib yubordim shekilli. 
— Qani, o‘sha aniq maqsadini ayt-chi? 
— Tushunmadingizmi? Ishni yopishim zarurligini shipshitib qo‘ymoqchi  bo‘ldi.  
— Sen qanday xulosaga kelding? 
— Ishni-ku, yopmayman, ammo yo‘nalishni o‘zgartiraman. Qotilni emas, Jamshid 
Sunnatullaevni qidiraman. 
— Sabab? 
— Sabab — Sunnatullaev tirik. 
— Buni ular bilishadimi? 
— Bilishmasa ishni yopishga urinishmas edi. 
— Xo‘sh, qidirding, topding ham deylik? 
— Kalavaning bir uchi o‘sha yigitning qo‘liga bog‘langan. 
— Birinchi qotillik-chi? 
— Birinchisi ham. 
Soliev qat’iy tarzda aytilgan bu fikrni eshitib, stol ustini  nog‘ora qilib chertib, o‘yga toldi. 
— Chigal, nihoyatda chigal ish, — dedi og‘ir tin olib. 
— Ikkinchi savol xuddi shundan kelib chiqadi. Nima uchun bu chigal ish  aynan menga, 
tajribasiz bir tergovchiga topshirildi. Axir bunaqa ishlar tajribali odamga, yoki prokuror 
yordamchisining o‘ziga topshirilar edi-ku? Bu g‘o‘r bola chigal ishni yechishga erinib, qo‘l 
siltab qo‘ya qolar, deyishdimi? «Suvilon» bu ishni yopganimdan keyin ko‘tarilishim 
mumkinligini shunchaki pisanda qilmagandir? 
— To‘g‘ri anglabsan. Bu yog‘ini endi o‘zing o‘ylab ko‘raver. Senga bir yangilik bor, kecha 
zargarlik do‘koni o‘marilgan, shu ishni menga berishdi. Hamdam esa Farg‘onada... 
— Shunga hayronman, Farg‘onadagi ishlar bilan markazdan kelganlar shug‘ullanayatuvdi 
shekilli? 
— Sen hayron bo‘lma, o‘yla. Mendan ko‘ngling to‘q bo‘lsin, yolg‘iz qoldirmayman. 
Petrashvilini so‘roq qildingmi? 
— Ha. Ammo yangi gap chiqmadi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish