Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
bo‘lish orzusida yurarmidi? Qarangki, shunday bo‘lishi mumkin ekan. Akasi shahardagi 
oliy o‘qishga kirganida Zohid to‘qqizinchi sinfda edi. Bir tomondan akasiga havas qilib, 
yana bir tomondan riyoziyot muallimi qiziqtirib o‘qishlari birmuncha yaxshilanib, 
oqibatda oltin nishonga da’vogar bo‘lib qoldi. Dunyoning ajabtovurligini qarang-ki, 
suvchining o‘g‘li shunday e’tiborga, ya’ni, da’vogarlikka loyiq ekan. Ammo palovning 
masallig‘i bilan shavla pishirish mumkin bo‘lganidek, a’lochi bola oltin nishon 
olavermaydi. Palovni damlayotganda bir piyola suvni me’yoridan ko‘proq quyib 
yuborsangiz, qo‘lbola shavla yeysiz, o‘quv davomida mingta «besh» olib, bittagina 
«to‘rt»ga ilinsangiz, oltin nishonni tushingizda ko‘rib, a’lochi bola sifatida maktabdan 
uchirma bo‘lasiz. Albatta, bilim bergan muallimlaringizga mingdan-ming rahmatlar 
aytishni unutmaysiz. 
Sizni bilmayman-u, ammo Zohidning boshiga shunday savdo tushgan. Peshonasiga 
«jamiyatshunoslik» degan fandan bitta «to‘rt» olish yozilgan ekan, nima qilsin bechora. 
Riyoziyot muallimi bir yondan, akasi bir yondan targ‘ib qilib, uni Maskovdagi oliy 
o‘qishga borishga ko‘ndirishdi. Shu munosabat bilan otasi bitta sigirni sotadigan bo‘ldi. 
«Ikkita sigirni boqish azobidan qutulaman. Bir oilaga bitta sigir yetadi-da, kuzga borib 
tug‘ib bersa, yana ikkita-da...» dedi otasi. Otasi ko‘p alomat odam-da. Xudo uni 
yaratishga yaratib, so‘ng unutib qo‘yganmi, har holda shundaygina yaralganicha 
qolavergan — ustomonlik, hiyla, makr, yolg‘on degan ne’matlardan bebahra yuravergan. 
Yo‘qsa, bitta sigirning puli bilan o‘g‘lim katta o‘qishga kirib, katta odam bo‘lib ketadi, deb 
o‘ylarmidi. Televizorni dastlab ko‘rgan mahalda g‘uncha labli qizga ko‘z qisib, imlab 
qo‘yib bir hafta o‘zicha xursand bo‘lib yurgan odamning o‘g‘li voyaga yetib Maskovday 
joyda o‘qir ekanu sigirdan voz kechishi nima ekan?.. 
Ham tijorat, ham sayohat deganlariday, riyoziyot muallimi ham borgan edi Maskovga. 
Yozma imtihondan «uch» olgach, tarvuzlari qo‘ltiqlaridan tushdi. Zohid masalani yod 
qilib olgan edi, muallimiga yozib ko‘rsatdi — to‘g‘ri chiqdi. Muallim imtihon oluvchilar 
bilan bahslashdi. Foyda bermadi. Og‘zaki imtihonni «to‘rt» bahoga topshirib, rus tilidan 
«ikki» oldiyu «sigirning joni shularga xudoyi bo‘ldi-da», deb qaytishdi. Ular «Toshkent 
o‘qishxonalarida poraxo‘rlik kuchli, Maskovda insof bor», degan umidni, o‘yni o‘sha 
yoqning o‘ziga ko‘mib kelaverishdi. Zohid ketmonni yelkasiga tashlab, otasi bilan dalaga 
chiqdi. 
Kolxozda o‘n besh kun ozodlik e’lon qilinib, kuniga to‘rt-beshtadan to‘y o‘tayotgan 
kunlarda qishloqqa tepakal bir o‘ris jingalak sochlari oqarib ketgan bir o‘zbek bilan birga 
kelib, Zohidni surishtirdi. Zohid uni tanidi: Maskovda og‘zaki imtihonni shu odamga 
topshirgan edi. Uning muallim ekanini bilardi, biroq, riyoziyot bo‘yicha yetuk mutaxassis 
ekanidan bexabar edi. Jingalak sochlari oqargan o‘zbekni esa Zohid tanimadi. 
— Yozma imtihondagi masalani men tuzgan edim. Uning ikkita yechimi bor edi. Sen 
yechimning uchinchi yo‘lini topgan ekansan. Keyin fikrlasam, sen topgan yo‘l ma’qulroq 
ekan. Sen kelgusi yili Moskvaga albatta borishing kerak. Mana, Habib Sattorovich 
sendan xabar olib turadilar. Bu kishi mening shogirdim. Sen menga kenja shogird 
bo‘lasan. 
Zohid bundan behad xursand edi. Go‘yo oliy bilimgohni bitirib kelganday quvongandi. 
Biroq, muallimi tushmagur ishni buzdi. 
— Zohid endi Maskovga bormaydi, o‘rtoq professor. Bilimgohingizda O‘zbekiston uchun 
nechta o‘rin ajratilgan? — deb so‘radi. — Bittami? Bu yil kim kirdi? Sizga yolg‘on, menga 
chin — ministrning o‘g‘li kirdi. Karra jadvalni biladimi yo yo‘qmi, menga qorong‘i. Lekin u 
imtihonlarni «besh»ga topshirdi. Siz tuzgan masalani ham zo‘r qilib yechib bergandir. 
O‘zbekistonda ministr deganlari ko‘p, ularning bolalari ko‘p. Har yili bittadan sigir 
sotishga bizning qurbimiz yetmaydi. Kambag‘alning bolasi qadimda ham o‘qiyolmagan, 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish