Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
115
turmang, kirovring. 
Elchin uning salomiga alik ham olmadi. Qo‘l ham uzatmadi. U yolg‘iz bo‘lganida Jamshid: 
«Yuring, Bek akam yo‘qlayaptilar», deb boshlab ketaverardi. Begona odamning o‘tirishi, 
Elchinning sovuq qarashi uni bir oz sergaklantirdi. 
— Qani, kirsangiz-chi? — dedi Zelixon. 
— Uy egasi taklif qilmasalar... 
— E, uy egasini qo‘yavering. Bugun chap yoni bilan turgan. Yutqizib qo‘yib, alam 
qilyapti. Qani, bir qo‘l tashlaymizmi? 
— Mayli, — Jamshid Elchinga qarab olib, ichkari kirdi. 
— Yigirma birmi yo fantomasmi? — deb so‘radi Zelixon. 
— Menga baribir, — dedi Jamshid. 
— Demak, ustasiga farqi yo‘q ekan, — Zelixon shunday deb cho‘ntagidan taxi 
buzilmagan qarta olib Jamshidga uzatdi. — Buzib, chiylang. 
Jamshid qartani chaqqonlik bilan aralashtirdi. Uning qo‘li ishda bo‘lsa ham, xayoli 
Elchinda, undan ko‘z qirini uzmas edi. 
— Ko‘n ellikdan, — dedi Jamshid, o‘rtaga ellik so‘mlik tashlab. 
— Yaxshi, — dedi Zelixon qo‘llarini bir-biriga ishqab, so‘ng cho‘ntagidan to‘rtta yigirma 
beshtalik chiqarib, elliktalikning ustiga qo‘ydi, — Elligi qorong‘usi. Yurish yuzdan bo‘ldi. 
Jamshid yana ikkita elliktalikni tashladi. 
— O‘zingizga qaytdi, yurish ikki yuzdan. 
— O‘, bu erkakning o‘yini bo‘ldi. Shu paytgacha qaerda edingiz, erkak?! 
Jamshid uchtadan qarta uzatdi. Zelixon qartalarga bir qarab olib o‘rtaga uchta yuztalik 
qo‘ydi. Jamshid javob qaytardi. Yurish ming so‘mga yetganida Jamshid qartasini 
tashladi. 
— Yutdingiz, akaxon. Endi menga ruxsat. Siz bilan rosa chaqchaqlashadigan xonasi 
ekan-u, ammo vaqt ziqroq. Akaxonimda ish bor edi. Bir joyga o‘tib kelishimiz kerak. 
— Hozirmi? Ie, bu yog‘i necha puldan tushdi? Bir nozik odamni kutib turuvdigu? Juda 
zarur bo‘lsa... Elchin, bratan, men shu yerda kutib turayinmi? 
— Shunaqa qiling, ukaxonning sazasi o‘lmasin. 
Jamshid, xuddi yangi yil kechasidagi kabi, indamay ketdi. Elchin ham uni gapga tutmadi. 
Mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan Elchin jingalaksoch bu yigitdan ko‘z uzmasdi. 
Jamshid orqa tomonidagi o‘tkir nigoh ta’qibini sezib, dam-badam ko‘zgu orqali unga 
qarab olardi. «Urib, bog‘lab ketganimning alami bor», deb o‘ylardi u. Jamshid 
Shilimshiqning gaplarini qaydan bilsin. Hozir nigohini qadab o‘tirgan odamning qahrli 
hukm chiqarayotgani ham unga ma’lum emas. Zelixon «o‘lim oldida valdirayveradi», 
degani bilan, Shilimshiqning gaplari Elchinga haqiqatday tuyulaveradi. «Bu yigit ham 
xotinim bilan bo‘lgan», deb ishonish, Noilaning xotirasiga balchiq chaplash bilan teng. 
Ayni paytda, o‘zining gunohini ham bir karra oshiradi. Elchin har qancha gunoh yukini 
ko‘tarishga rozi. Suygan yorining xotirasini bulg‘anishini istamaydi. Lekin u bechora 
nima qilsin? Haqmi yo nohaqmi — gap aytildi. Birov orqali emas, o‘z qulog‘i bilan eshitdi. 
«O‘lim oldidan valdirayveradi, emish... Balki so‘nggi nafasida Xudo insof berib rost 
so‘zlab ketar?.. Uyimga kelganini bu hayvonning o‘zi ham aytdi-ku? Eng muhimi — 
kelgan! Ichkariga kirganmi, kirmaganmi — bu bilan ishim yo‘q!» Hukm qat’iy edi. Endi 
ijro etishgina qoldi. 
3 
 
Shahar markazidagi uch qavatli binoning saroymonand yerto‘lasidagi videobarda deputat 
Orzubek xo‘jayinning kelishini kutib o‘tirardi. Bo‘tqa unga alohida ehtirom ko‘rsatdi — 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish