Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
chaqirtirmadi, iskovich it uyini hidlamadi. U «shuncha boylikni qaerdan to‘plagan 
edingiz» degan savoldan cho‘chidi. 
Yillarning beshafqat panjalari sochlarini oqqa bo‘yab, ko‘zlari atrofiga ajin torta boshladi. 
«Feodalizm sarqitlariga qarshi kurashayotgan» el og‘asi «yangi rahbar kadrlar» bilan 
band edi. 
Ayol erini dafn etgach, yolg‘izlik degan dardning nima ekanini totib ko‘rdi. Kechalari 
qo‘rqadigan bo‘ldi. Bu azoblardan qochish uchun xizmat safariga ko‘p chiqa boshladi. Bu 
harakat «ishga sidqidildan berilish», deb baholandi. 
Zohidning omadi bor ekan. Ayol safardan qaytganida uni uchratdi. Zohid bu voqealardan 
bexabar, ammo onalik tuyg‘usidan mahrum ayollar u uchun yangilik emasdi. Jinoyat 
qidiruv bo‘limida xizmat qilib yurganida aksar o‘g‘ri bolalarning onalari shunday edi. 
Biroq, ro‘parada qoshlarini chimirib o‘tirgan chiroyli ayol ulardan farq qiladi. O‘g‘ri 
bolalarning onalari arog‘ini ham yashirmay ichardi, fahsh ishlarini ham ochiqchasiga 
qilardi. «Uyat emasmi?» deyilguday bo‘lsa, «Badan meniki, istagan odamga, istagan 
pulga sotaman, nima ishing bor!» deb dangalini aytib qo‘ya qolishardi. 
Jalolshilimshiqning onasi esa o‘zini farishtaday pokiza qilib ko‘rsatadi. «Pokizalik, 
odamiylikning yuksak normalari» haqida ma’ruzalar qiladi. Odamlar ma’ruzalarini 
eshitib, qarsaklar chaladilar... 
— Qaerdan qidirishingizni bilmasmidingiz? 
— Menga qarang, uka, bunaqa ilmoqli savollarni boshqa odamlarga tashlang. Sizga 
ruxsat, — ayol shunday deb o‘rnidan turdi. 
— O‘g‘lingiz... Jalol Komilov ikki kun avval o‘ldirilgan... vahshiylarcha o‘ldirilgan, — dedi 
Zohid, keyingi gapiga ataylab urg‘u berib. 
Bu gap ayolning onalik tuyg‘usini qitiqlab uyg‘otdi. Biroq kul ostidagi cho‘g‘ alanga 
olmadi. Chunki ayol yuksak madaniyat sohibasi edi. Bu gapdan dahshatga tushmadi
uvvos tortib yig‘lab yubormadi. Indamay burildi-da, katta xona tomon yurdi. Qiya ochilib 
qolgan eshikdan cho‘g‘dek qizil gilamning, oltin rangli mato qoplangan divanning bir 
cheti ko‘rindi. Ichkarida gugurt chaqildi — Ayol sigaret tutatdi. Yuksak madaniyatli ayol 
Zohidda nafrat uyg‘otdi. U chiqib ketaversa ham bo‘lardi, ammo ko‘ngilga bir shumlik 
oralab, ayolning chiqishini kutdi. Ayol hayallamadi, qo‘lida tutayotgan sigareti bilan 
chiqdi: 
— Kim o‘ldiribdi, ushladinglarmi? — dedi titroq ovozda. U dardga berilgan holda ham 
hokimalik minorasidan pastga tushmagan edi. 
Zohid savolga javob bermay, cho‘ntagidan surat chiqarib Ayolga berdi. Ayol daraxtga 
osib qo‘yilgan yalang‘och murdani tanidi. Shu nafasda yuksak madaniyat chekindi
hokimalik minorasidan tushib, oddiy ayolga aylandi — ko‘z oldi qorong‘ilashdi. Zohid 
behush ayolni ko‘tarib, hashamatli xonaga kirdi. Uni divanga yotqizib, oshxonadan suv 
olib chiqib yuziga sepdi. Ayol seskanib, ko‘zini ochdi. Zohidga uzoq tikildi-da: 
— Berahm ekansan, — dedi pichirlab. Keyin buyurdi. — 33-19-23 ga telefon qil, tez 
yordam yetib kelsin. 
Zohid «bu madaniyat sohibasi yana o‘lib qolmasin», deb aytganini bajo qildi. «Tez 
yordam» Zohidni hayratga solib, tezlik bilan yetib keldi. Oq xalatli to‘rt ayol birdaniga 
kirib kelib, gap-so‘zsiz tez ishga kirishib ketishdi. Zohid ularning harakatlarini kuzatib, 
bu uyga tez-tez kelib turishlarini angladi. Birpasning o‘zida yurak urishi tasmaga 
tushirildi. Emlandi... «Shunaqa imtiyozlar borligi uchun ham odamlar mansab 
talashishadi-da», deb o‘yladi Zohid. 
— Bir oz charchabsiz, o‘tib ketadi, — dedi do‘xtir xotin. 
— O‘tib ketishi qiyin. Bu safar yomon keldi. Hushimdan ketib qoldim. Statsionarga 
yotmasam bo‘lmaydi. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish