Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
Bu o‘yinda ham shu holga tushding. Qo‘y, uka, sen endi bu o‘yinlardan uzoqroq yuraver. 
Asadbekning birdan muloyimlashishi Elchinni ajablantirdi. 
— Sen bu o‘yinda ikkita xatoga yo‘l qo‘yding. Birinchisi — akademikni «tuz» deb bilding. 
— Qaysi akademik? — Elchin o‘zini go‘llikka solmoqchi bo‘ldi. 
— Hofiz, Zelixon Xangreev kimligini bilmasam yurgan ekanman-da «o‘qilonman», de-eb 
kerilib. Haddingdan oshma, bola. Har ishning o‘z hadisi bo‘ladi. Akademik — o‘g‘ri. 
O‘g‘rilikda unga teng keladiganini topish qiyin. U ahmoq, nimaga bunaqa ishlarga 
aralashib yuribdi, hayronman. Oshnang qaerni mo‘ljallab qadam bosishini men bilaman. 
O‘sha yerni istasam, supurib tozalab qo‘yaman, istasam, cho‘g‘ tashlab oyog‘ini 
kuydiraman. Aytib qo‘y unga, men bilan hazillashmasin. Chiqqan joyiga qaytib 
kirg‘izvoraman xuddi... 
— Zeli og‘a menga u yoqda ko‘p yordam berdi, — dedi Elchin, — biz aka-ukaday bo‘lib 
qolganmiz. Uning bu ishlarga aloqasi yo‘q. Aloqasi bo‘lganida ham shart buzilmas edi. U 
shu yerlarda o‘sib-ulg‘aygan, musulmon farzandi. 
— Buning menga ahamiyati yo‘q. Endi ikkinchi xatoingni aytaymi? Sen hech bir ishni 
pinhona qilolmaysan. Qiyshiq barmoqlaring qorong‘ida ham pand beradi. 
Bu gapdan keyin Elchinning badaniga muz yugurdi. «Demak, qizi masalasida tamom 
qo‘lga tushibman...» 
Senga uylan, devdim, a? Ha, uylan, ota o‘rnida ota bo‘lib to‘yingni o‘tkazib beray. 
 
 4 
 
Asadbek shu gapi bilan suhbatga yakun yasadi... 
Elchinni tashqarida Jamshid kutib turar edi. 
«Ota o‘rnida ota bo‘lib to‘yingni o‘tkazib beray... Seni kuyov qilaman, deganimi bu? — 
deb o‘yladi Elchin. — Qiziga kim teginganini endi aniq bilibdi. Shunga qaramay, yumshoq 
gapirdi. Men u uchun kimman? Istasa, qiymalab tashlab xumordan chiqishi mumkin-ku? 
Nima uchun gunohimni kechdi? Qizidan o‘n to‘rt yosh katta bo‘lsam... Bu yoqda 
qamoq...» 
Elchin savollarga javob topishga qodir emasdi. U qiz voqeasidan so‘ng «menga bermay 
kimga berardi», deb o‘ylagan, keyinroq esa bu fikri xom ekaniga amin bo‘lib edi. Aslida 
maqsad — o‘ch olish. Asadbekday odamga nomus azobi nima ekanini bildirib qo‘yish edi. 
«Kuyov bo‘lsam-chi?» degan o‘tkinchi o‘yga farishtalar omin deb yuborishini kim bilib 
o‘tiribdi? Elchin Asadbekni qahri qattiq, kunda bir chelak inson qoni ichadigan odam 
sifatida bilmasa ham, harholda unga-da inson yuragini bergan, u ham bandasining 
tuyg‘ularidan bebahra emas, degan tushunchalardan yiroq edi. Qizi taqdirini o‘ylab, 
necha tunni bedor o‘tkazgani ham u uchun noma’lum. To o‘lguniga qadar bu sir unga 
oshkor bo‘lmaydi. 
Asadbekning qarori Zelixonni ham gangitib qo‘ydi. Osmonga ustun bo‘lay, deb turgan 
odamning farzandini nomusli qiz sifatida o‘z tengiga uzatishga qurbi yetmas ekanmi? 
Nima uchun shunday qilmadi? Nomussizlikdan qo‘rqdimi? Qanchadan-qancha buzilgan 
qizlar nikoh kechasining nomus imtihonidan a’lo darajada o‘tayotganlarida Asadbekning 
qizi qoqilar ekanmi? Shunday do‘xtirlar borki, kerak bo‘lsa o‘nta tuqqan ayolni ham onasi 
o‘pmagan qizga aylantirib qo‘yadi. Shunday zamonda, shunday qudrat sohibi bo‘lmish 
Asadbekning qadam bosishi ularni hayrat to‘rlariga o‘rab tashladi. 
Asadbek senga shans beryapti, — dedi Zelixon, o‘ylarini bir yerga jamlashga harakat 
qilib. — Undan foydalanmasang, oyoq ostida o‘ralashib yurgan ahmoqlardan farqing 
qolmaydi. Agar uylanmasang... 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish