Sharq Haqni topdi…
www.ziyouz.com
кутубхонаси
102
Tuban odam bilan do‘st tutinib, hamsuhbat bo‘lma, chunki uning zarardan boshqa nafi tegmaydi.
Majididdin Xavofiy
Sinamay birovni do‘st tutsang, nolima shu do‘stdan qon yutsang.
Abu Shukur Balxiy
Do‘st do‘stdir
asli qilmishi bilan,
Do‘st emas «do‘stingman», deyishi bilan.
Nosir Xisrav
Do‘stim qolsin, desang mangu do‘st bo‘lib,
So‘zlagin sen ta’bu odatin bilib.
Abulmajd Sanoiy
Bag‘ritosh do‘stni dushman hisoblash lozim.
Mu’iniddin Juvayniy
Kim g‘amli kunda yoru mungdosh bo‘lur,
Shodlik kuningda tag‘in yo‘ldosh bo‘lur.
Farididdin Attor
Ablah do‘st
dushmandan yomondir, yomon ne hiylani bilsa, ishlatar oson.
Jaloliddin Rumiy
Yasovuldan do‘st tanlama, chunki u haqiqatni tan olmaydi. Sen
unga ming martalab nonu suv
tutqazsang-da, undan bir marta ham issiq (ovqat) so‘rab ololmaysan.
Majididdin Xavofiy
Bu juda yaxshi so‘z, sen ham os quloq,
Nodon do‘stdan ko‘ra dushman yaxshiroq.
Abulmajd Sanoiy
Uchta ish sen haqingda do‘stingda yaxshi fikr hosil qiladi: uni
salom bilan qarshi olishing, majlisda joy
berishing, uni u yaxshi ko‘radigan ismlar bilan chaqirishing.
Umar ibn Xattob
Dushmaning makr aylasa,
undan hiyla bilan qutil, agar temirni tuzatmoqchi bo‘lsang, temir bosqon
bilan ur.
Ahmad Donish
Dushman ham uch xil bo‘ladi: dushman, do‘stingning dushmani, dushmanning do‘sti.
Yusufiy
Dushmanlikdan
emas chayon chaqishi,
Shunday tabiati, fe’lin xohishi.
Sa’diy Sheroziy
Dushmaningdan uzoq bo‘l!