Ilmiy texnik taraqqiyot va ekologiya
Ilmiy texnika taraqqiyotini faqat fan va texnika
yutuqlari majmui tarzida tushunish yaramaydi. Chunki
bunday tushunish jamiyatning rivojlanish jamiyatning
rivojlanish mezonlarini hisobga olmagan holda bo‘ladi.
Bu tabiat va jamiyat va uchun salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Agar salbiy oqibatlar fan va
texnikaning ijobiy natijalardan ortib ketsa, u holda
ijtimoiy tabiiy taraqqiyot muvozanati buziladi.
A.Tolstoy “Nimani farovonlik deb atash mumkin?”
degan savolga javob berib qo‘yidagilarni yozgan edi:
Yo‘l xizmatini yaxshilash, kitoblar nashr etib
tarkatish, ko‘chalarni charag‘on qilish, kambag‘al, beva-
bechoralar, qariyalarg‘a xizmat qiladigan uylarni
kupaytirishmi yoki tabiatning ibtidoiy boyliklari- urmon,
balik, yovvoyi kushlar, jismoniy rivojlanish, axlokiy
soflik yoki boshqa narsalarmi? Insoniyat hayotning
barcha tomonlariga extirossiz munosabatda bo‘lgan
735
inson hayotining bir tomonlama taraqqiyoti xamisha
uning boshqa tomondan tanazzuli hisobiga bo‘lishini
kuzatishi mumkin. Bu fikrlar aytilganda ham atom
bombasi kashf etilmagan va qo‘llab ko‘rilmagan edi.
Demak, insoniyat o‘z taraqqiyoti yo‘lida xech qanday
ziddiyatlarsiz kamolot sari to‘g‘ri ketavermas ekan.
Ekologik tanazzulning sinfiy ijtimoiy sabablari
mavjudligi insoniyat taraqqiyoti an’anaviy modellar
asosida etavermasligi kerak, degan xulosa chiqarishga
imkon beradi. Ammo tabiat va insoniyatning ko‘pgina
qismi
taraqqiyot
evaziga
qurbon
bo‘lishi
mumkinligining tasdiqlanganiga hali unchalik ko‘p vaqt
bo‘lgani yo‘q.
Bombalar tashlanishi, urushda texnik vositalarning
qo‘llanishi, texnika bilan bog‘lik fojialar, AES halokati
va boshqalarni eslab ko‘raylik. Taraqqiyot evaziga
qurbon bo‘lishi nafaqat ma’naviy xo‘rlik, balki ma’nosiz
va foydasiz yashash demakdir. Insoniyat bugungi kunda
taraqqiyot yo‘lidan ketayotgani haqida da’vo qilar ekan,
ammo, aslida bu taraqqiyot unga hali o‘zi o‘ylagandek
736
farvonlik, tinchlik, baxt keltirganicha yo‘q, aksincha, uni
global tanazzul holatiga tobora yaqinlashtirmoqda. Bu
muammoni oshkora muxokama etmaslik, hal etishga
harakat qilmaslik halokat yo‘lini tanlash demakdir.
Moddiy farovonlik yoki taraqqiyot evaziga tabiatni
qurbon etishning oqibati boshi berk ko‘chaga kirib
qolish bilan barobar.
Bu esa, moddiy farovonlikka emas, balki iqtisodii
tanazzulga va insonning ahloqiy jixatdan buzilishiga,
shaxs yaxlitligining parchalanishiga olib keladi. XX
asrda insoniyat ma’lum bir o‘sishlarni kurdi. Ijtimoiy
hayotda majburiylik, zo‘rlik va xuemdorlik asta-sekinlik
bilan bulsa-da, o‘rnini erkinlik va o‘z-o‘zini an6glash
holatiga bushatib bermoqda. Ammo ekologik tanazzul
ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi ma’nosi yanada
to‘ldirilishi tug‘rirogi, u ijtimoiy tabiiy taraqqiet
tushunchasi bilan almashtirilishi kerak. Ijtimoiy tabiiy
taraqqiyot
tushunchasida
inson
va
tabiatning
birgalikdagi tarakkiyoti nazarda tutiladi. Evolyusiyaning
tabiiy-ilmiy konsepsiyasini inson va tabiatning o‘zaro
737
munosabatlariga ham qo‘llash o‘rinlidir.
Ijtimoiy tabiiy taraqqiyotning tarkibiy qismiga
qo‘yidagilar kiradi:
1) ilmiy-texnikaviy taraqqiyot;
2)
iqtisodiy
taraqqiyot
(ishlab
chiqarish
ko‘satqichlarining o‘sishi ma’nosida);
3)
shaxs
taraqqiyoti
(insoniy
sifatlarning
rivojlanishi doirasida);
4) tabiiy taraqqiyoti (insonni o‘rab turgan atrof-
muxit holatini nazarda tutgan holda.)
Buyuk olim V.I.Vernadskiy tabiiy muxitning
rivojlanishi va insonning er tabiati (biosfera) ga
ta’sirining ilmiy-nazariy g‘oyasini ishlab chiqqan edi. U
birinchi bo‘lib tirik moddaning “sayyoraviy-samoviy
hodisa” ekani haqida gapirib, uning geologik kuch, “faol
moddiyat” tarzidagi mohiyatini ochib beradi. Olim
fikricha, Erni o‘zgartiruvchi bosh omil, bu-hayotning
o‘zidir. Bundan tashqari, u insoniyatga sayyora
biosferadagi qudratli, butun vaqt davomida ortib
boruvchi o‘ziga xos alohida unsur (element) tarzida
738
karaydi. SHuningdek «aql qatlami» (noosfera)ga
o‘tishning muqarrarligi, ya’ni insonning tabiatga ta’sirini
boshqarish mumkinligini oldindian ko‘ra bilgan. Olim
bora-bora inson tabiatning «tayyor» mahsulotlariga
bog‘lik bo‘lmagan jonzotga aylanishi g‘oyasini ilgar
suradi [3].
Insoniyat sekin-astalik bilan aql qatlamiga kiradi,
to‘g‘rirog‘i, uning o‘zi «aqlga aylanib ketadi». Ehtimol,
aql tomonidan yaratilgan hozirgi hayvonot bog‘lari aql
qatlami-noosferada yashaydigan dastlabki erliklardan
kelajak uchun sovg‘adir. Inson yaratgan «aql qatlami»
ya’ni biosferadagi jarayonlarning aqlan boshqarilishi
biosfera taqdrining yangi tarmog‘i aynan inson
tufayligina tabiat uzining kelgusi taraqqiyotining omiliga
ega bo‘ladi. Insonsiz tabiatning etarli darajada taraqqiy
etishi mumkin emas.
Inson asta sekinlik bilan nafaqat o‘zi yashayotgan
erning rivojiga, balki butun Koinot miqyosidagi xayotga
ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bugungi kunda katta quvvat
manbay, tegishli moddalar, axborotlar to‘plangan. Akl
739
kuchi, fan, texnika sayyoramizda uzluksiz ravishda
insoniyatga xizmat qilmoqda. Lekin afsuski, har qanday
texnika, har qaysi fan Erning o‘z-o‘zini tiklash quvvati
va imkoniyatini uning o‘zichalik amalga oshira olmaydi.
Gap
shundaki,
inson
akli
erishgan
muvaffaqiyatlaridan oqilona foydalana bilish ekologik
muammoni hal etishda muhimdir. Inson aklining tabiat
va jamiyatga ta’sirining kuchayishi uning tabiiy
jarayonlarga aralashuvi oqibati, o‘z avlodlari xayoti
uchun, insoniyat kelajagi uchun mas’ulligini yanada
keskin qilib qo‘yadi. Aql qatlami deyilganda ham inson
aqli bilan o‘zgartiriladigan va boshqariladigan zaminiy-
sayyoraviy hamda samoviy bo‘shlik tushuniladi. Bu aql
insoniyatning har tomonlama rivojlanib, kamol topishini
kafolatlaydi. SHuning uchun ham insoniyat ko‘plab
muhim bioqatlama jarayonlarining tabiiy kechishini
ta’minlashni, ularni nazorat qilib, «sozlash»ni o‘z
zimmasiga oladi. Agar, akl va texnika kuchida ularga
zarur bo‘ladigan donishmandlik, yuksak ahloqiy,
ekologik ong rivoji namoyon bulsagina Erning biosfera
740
«aql qatlami noosferaga » aylana oladi. Buning uchun
esa inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitini butunlay
o‘zgartirish, uyg‘unlikning tanasi uchun ijtimoiy-
iqtisodiy zamin yaratish kerak. O‘shandagina uzluksiz
rivojlanish uchun kafolat yuzaga keladi. Ammo chukur
ekologik ong ayni shu kunlarda juda zarurdir. Ekologik
ongsiz bioqatlamning aql kuchi jilovlanmagan kuch-
qudrat misoli goh u yoqqa, goh bu yoqqa «sang‘ib»
qoladi.
Ekologik ong sohibi bo‘lmish inson esa ishonch ila
oldinga zintiladi. Ekologik ong harakatning barqarorligi
va yo‘nalganligini, aql kuchi xarakat sur’atini, hammasi
birgalikda esa taraqqiyot tezligini ta’minlaydi.
Inson ekologiyasi
.
Inson ekologiyasi odamlarni tashqi muhit bilan
o‘zaro munosabat qonuniyatlari, aholi sonining ortib
borishi, sog‘liqni saqlash va yaxshilash, insonning fizik
va psixik imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar
bilan shug‘ullanadi. Inson ekologiyasining muhim
vazifasi aholi sog‘lig‘ini saqlash va yaxshilashning
741
tabiiy qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.
Inson ekologiyasi oldida uchta vazifa turadi:
1. ITG bilan birgalikda tabiiy muhitni bir butun
holda saqlab qolish;
2. Aholi salomatligi;
3. Kishilarning uzoq yashashi va faol hayotini
ta’minlash.
Ilmiy texnik inqilob inson bilan biosfera o‘zaro
masalasini nihoyatda dolzarb muammoga aylantirdi.
Biossferaning tarkibiy qismi hisoblangan har bir tirik
organizm morfologik, fiziologik va xulqiy tomonlari
bilan tashki muhit bilan xayratlanarli darajada uyg‘unlik
organizmning yashash muhitiga moslashishi natijasidir.
Moslashish qanday namoyon bo‘ladi? Moslashish
organizmning tashqi muhitda yashab qolishi yoki nobud
bo‘lishi jarayonlarini muammo qilib qo‘yadi. Boshqacha
qilib aytganda, tashqi dunyo tirik organizm oldiga
ma’lum muammolarni ko‘yadi. Tirik organizm yashashi,
ya’ni o‘sishi va rivojlanishi uchun, sog‘lom avlod
qoldirishi uchun ushbu muammolarni hal etishi kerak
742
bo‘ladi.
Moslashish jarayoni cheksiz va to‘xtovsizdir.
Ammo tirik organizm tabiiy funksiyalari va organlarini
takomillashtirish imkoniyatlari cheklanganligini xisobga
olish zarur. O‘sish, vazn, tananing umumiy yuzasi,
shuningdek, hayot faoliyati jadalligi kabi antropologik
ko‘rsatkichlar, nafaqat biologik qonuniyatlar asosida
cheklanib qolmay, balki, gravitatsion, energetik, termik
va boshqa iqlim geografik, geofizik omillar bilan ham
cheklanadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, issiq qonli
hayvonlar tana o‘lchami iqlim bilan bog‘lik bo‘lishi
mumkin. (Bregman qoidasi).
Antropologlarning fikricha, odam evolyusiyasi
to‘xtagan, genotipik nuqtai nazardan o‘zgarmaydi,
ammo
tabiiy
va
ijtimoiy
omillar
ularning
morfofunksional o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin.
Inson rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillar ta’sir
etadi. Inson ekologiyasi umumlashtirsak u tabiat bilan
ijtimoiy muhit orasidagi aloqa bog‘lanishlarni hal
etishdan iborat.
743
Ushbu bog‘lanishlar aholining salomatlik darajasi
va ijtimoiy mehnat potensialini belgilab beradi.
Sof holdagi tabiiy yoki ijtimoiy yo‘q, ular bir-biri
bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Inson va jamiyat
ma’lumot va madaniyat, aholining o‘sishi, rivojlanishi
va
moslashishlari
uning
kelajagi
haqidagi
muammolardir.
Odam Er yuzidagi barcha narsaga aql-zakovat,
maqsad bilan buysunadigan jonzotdir. Xo‘jalik va ishlab
chiqarish faoliyai tufayli uning yashash chegaralari
kengayib bormaqda. U yangi xom ashyo, energetik
resurslarini, qidirish borasida dengiz va okenlarni,
shimol va Antarktidalarni, baland tog‘ cho‘qqilari,
suvsiz cho‘llarni, stratosfera va kosmik fazoni zabt
etayapti.
Shu bilan birga yangi tabiiy va ishlab chiqarish
jarayonida, u tashqi muhitning noqulay duch kelmoqda.
Odam populyasisining salomatlik xolati faqat tibbiy
biologik nuqtai nazardan emas, balki iqtisodiy
kategoriya ham xisoblanadi. Aholini ko‘chib yurishining
744
ortishi Sibir, Chekka Shimol, Uzoq Sharq, baland tog‘
kabi xududlarni tez egallamoqda. Natijada odam
organizmining boshqaruv organlari doimo zo‘riqqan
holda ishlamoqda. Yangi sharoitda odam bilan tabiat
o‘rtasidagi muvozanatni uyg‘unlashtirishda tibbiy
biologik fanlar oldida o‘lkan vazifalar to‘ribdi.
Kasalliklarni oldini olishdan tashqari, hozirgi
avlodni saqlash va mustahkamlash hamda kelajak
avlodni sog‘lig‘igi kafolat berish bo‘ladi. Shu bilan
birgalikda tabiiy muhitning etik-estetik tomonlarini ham
hisobga olish kerak. Har bir kishi uchun o‘rmonlar,
gullab turgan o‘simlik, inson qo‘li tegmagan landshaftlar
ilhom baxsh etadi.
Hozirgi sharoitda shaharlar va uning aholisi jadal
o‘smoqda, qishloq xo‘jaligi uchun har kuni biosfera
holatini yaxshilash haqida qayg‘urishi lozim. Fan-
texnika taraqqiyotining atrof-muhitga ta’siri ham ijobiy,
ham salbiy bo‘lishi mumkin. Fan va texnika yutuqlarini
xo‘jalik faoliyatiga tadbiq etishda jamiyat va tabiatning
uyg‘un holda rivojlanish talablari e’tiborga olinmasa,
745
salbiy
oqibatlar
kelib
chiqadi.
Fan-texnika
taraqqiyotining tartibsiz, boshqarib bo‘lmaydigan
rivojlarishi natijasida insoniyat shunday chegaraga etib
keldiki, chang-tutun va nur kassaligi, turli toksik,
allergiya, endokrin va ijtimoiy chegara bilmaydigan
patalogiyaning boshqa turlari bilan bog‘liq xastalilar
xavfi ko‘ndalang bo‘lib turibdi.
Yadro qurollarining sinalishi natijasida tabiatda
muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlarning
ba’zi
oqibatlari
mutagen
jarayonlarga,
tirik
organizmlarning irsiy kodiga ta’sir ko‘rsatishi g‘oyat
tashvishlidir. Birgina AQSHdagi sanoat korxonalari va
atom stansiyalari har yili tabiatni yuzlab tonna radiaktiv
chiqindilar bilan bulg‘anadi.
Ajal urug‘lari bo‘lmish bu moddalar yillab
axlatxonalarda yotadi. Ko‘pgina hollarda zaharli
chiqindilar yomg‘irlar yuvilib, saqlanish joyidan
daryolar quduqlarga sizib o‘tadi va toza ichimlik suvini
zaharlaydi. Bu esa aholi uchun xavf-xatar tug‘diradi.
G‘arbiy Evropa va Amerikadagi taraqqiyparvar kishilar
746
tabiatni asrab-avaylash uchun kurashadilar. Chunki ular
odamlarning sihat-salomatligini ko‘p jihatdan tashqi
atrof-muhit holati darajasiga bog‘liq ekanini yaxshi
tushunadilar.
Tabiatni
muhofaza
etish
bo‘yicha
dunyo
miqiyosida bir qancha uyushmalar mavjud. Masalan
Germaniyadagi «yashillar» partiyasi tabiat muhofazasi,
yadro sinovlarini taqiqlash, qurollanish poygasini
to‘xtatish uchun ko‘rashadi. Ularning bu qurashlari
taraqqiyparvar kishilar tomonidan qo‘llab-quvatlanadi.
Qolaversa, ijtimoiy jarayonlarning umumiy ekanini,
ekologik tanglikning yagonaligini, sivlizatsiyaga xos
xastaliklarning ko‘paygani, ijtimoiy va tabiiy moslashuv
muammolarini ham yoddan chiqarmaslik kerak.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti nizomida
salomatlik «to‘la jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holati»
tarzida ta’riflanadi. Salomatlik–yuqori ijtimoiy faollik,
mehnatni o‘zlashtirish va uning samaradorligini oshirish,
ijtimoiy munosabatlarni taomillashtirish shuningdek,
ijtimoiy va texnikaviy taraqqiyotning muhim asosi
747
hisoblanadi.
Salomatlik–har bir inson baxt-saodati, to‘laqonli
ijtimoiy foydali faoliyatining zaminida yotadi.
Haqiqatan ham, salomatlik borasida g‘amxo‘rlik qilish
yuksak ijtimoiy qadriyatlardan biridir. Salomatliksiz
inson ham, jamiyat ham o‘z maqsadlariga erisha
olmaydi. Biosferadagi barcha jarayonlar o‘zaro
bog‘liqdir. Insoniyat biosferaning kichik qismi bo‘lsa,
inson esa organik hayot turlaridan biridir. Biosfera
holatining yomonlashuvi barcha tirik majudotlar, shu
jumladan inson uchun ham xavflidir. Inson va uning
atrof-olam bilan munosabatini har tomonlama o‘rganish
shuni tushunishga olib keldiki, salom atlik-bu nafaqat
kasallikning yo‘qligini bildiradi, balki u insonning
jismoniy, ruhiy va ijtimoiy xotirjamligidir. Salomatlik-
tuman boylik. Bizga salomatlikni tabiat ato etgan.
Ammo u biz yashayotgan shart-sharoitga juda bog‘lik.
Shaharlarning eng muhim xususiyatlaridan biri, uni
aholisining soni va uning o‘ziga xos tomanlari ya’ni
sanoat, savdo, ma’muriy markaz (talabalar shaharchasi)
748
hosil qiladi. BMT ning ekspert demograflarining fikricha
aholi soni 20 mingdan ortiq bo‘lgan aholi punktlari
shahar deb qarash kerak. Bu albatta shartlidir. Hozirgi
davrda yirik shaharlar, kengayib, o‘zgartirilib, yirik
aglomeratsiyalar yoki megapolislar hosil qilmoqda. Ular
ham o‘sib bormoqda. Agarda aholini soni zaylda o‘sishi
davom etsa, er yuzi aholisining umumiy soni 150-200
yildan sung 1 km metriga 6500-7000 kishiga tzg‘ri
keladi, yoki boshqacha qilib aytganda barcha er yuzi
shaharlar bilan egallab olinadi. Bundan keyingi o‘sish
esa 700 yildan so‘ng er shari aholisi bir–biriga tizig
holda tik turishi mumkin. Albatta bularning hammasiga
shartli ravishda qaralishi keorak. Ma’lum davrda
sayyoramizda aholining o‘sishi to‘xtashi yoki shaharlar
ozgina to‘xtashi mumkin. Shaharlar doimo biror
jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish
munosabatlari dajarasini ifodalagan, shahar jamiyat va
davlatning yuzi va unda qandaydir darajada uning
harakterli xususiyatlari mujassamlashgan. Urbanizatsiya
tarixiy jarayon, uning ishlab chiqarish kuchlari va
749
ijtimoiy munosabatlari shakllari bilan chambbarchas
bog‘lik. U mavjud shahar va qishloqlarning rivojlanishi
yangi va sanoat, transport, qy-joy qurilishi, yalpi
kommunikatsiyalar,
madaniy-maishiy
turmush
xizmatlarnig tizimi tub o‘zshgarishlar bilan bog‘lanib
ketgan. Urbanizatsiya - ko‘p qirrali jarayon u
jamiyatning
kuchlari,
ilmiy
potensial,
mehnat
unumdorligi, jamiyatning sinfiy va malakaviy tuzilmasi,
aholining iste’molchilik va hizmat ko‘rsatish kabilarga
katta ta’sir etadi.
Urbanizatsiya – XX asrdagi inqilob bilan
chambarchas bog‘liq. Ammo urbanizatsiyaning jadalligi,
shakl va harakteri jamiyatning ijtimoiy tuzumiga
bog‘liq. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va
elektrlashtirish, irrigatsya va o‘g‘itlardan foydalanish
kabilar,
qishloq
xo‘jaligini
ishlab
chiqarish
mahsuldorligini keskin oshiradi. SHaharlarda sanoatning
o‘sishi maishiy hizmat darajasini ortiradi, qishloqdan
kelayotgan oqimni ish bilan ta’minlaydi.
O‘zbekistonda qishloq aholisi tuman markazlari
750
atrofida to‘planmoqda. Ularni odatda kichik shahar
tipidagi posyolkalar deyiladi. Tuman markazlari
posyolkalarni (tashkil va xizmatlar) barcha qishloq
joylarni qo‘shib olgan holda bajariladi. Bunday
aholining joylashish tipi respublika aholisi joyini o‘ziga
xos tizimini tashkil etadi.
Hozirgi vaqta respublikada 120 shahardan 89 tasi
aholi salkam ya’ni 50 ming qishidan iborat kichik
kategoriyadagi 14 tasi o‘rtacha (50 mingdan 100
mingtacha); 13tasi yirik (100 mingdan 250 mingtacha).
3tasi ko‘p sonli (250 ming kishidan 500 mingtacha);
Respublika poytaxti Toshkent shahri yirik markaz
hisoblanib, uning aholisi 2,2 mln. kishidan ortiq. XIX
asr o‘rtalarida atiga 4 ta « millioner shahar bo‘lgan edi.
1920 yilga kelib 25 ta, 1950 yilda 90, 1960 yil 140, 1970
yil 150 dan ortiq shaxarlar paydo bo‘ldi. 1920 yildan
1960 yillarda er yuzi aholisi 61 % ga o‘sdi, shaxar
aholisi 200%, yirik shaharlar esa 250 % o‘shdi.
Aholi soni 1 mln. dan ortiq shaharlar aholisining
o‘sishi
751
1950 yildan 2015 yilgacha
8.1-jadval
Mintaqalar
1 mln ortiq aholisi bo‘lgan
shaharlardagi aholi soni
1950
1970
1990
2015
Afrika
3
16
59
225
Lotin
Amerika
17
57
118
225
Osiyo
58
168
359
903
Evropa
73
116
141
156
Shimoliy
Amerika
40
78
105
148
Shunday qilib, shaharlar sonining ortish qonuniyat
hisoblanib, 5-6 ming yil orasida insoniyat harakterli
xususiyat bo‘lib qoldi. Tarix, ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishi, IIT, urbanizatsiya kabilar bir
butin holda tezlashib ketadi. Bugungi kunda uning
jadalligi maksimal darajaga etdi deyish mumkin. Xo‘sh
bunday o‘sishning sababi qanday? Shubhasiz birinchi
navbatda iqtisodiy rivojlanishdir. Iqtisodiy rivojlanish
asosida ishlab chiqarish yiriklashtirish va ijtimoiy ishlab
chiqarishni o‘sishi yotadi. Shahar hozirgi davrda
sivilizatsiya xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan
bo‘lib, sanot va iqtisodiy bir butin yiriklashishga
752
yiriklashishga olib keladi. Ishlab chiqarish nuqtai
nazaridan yirik shahar kichik shaharga nisbatan ancha
afzal,
chunki
birgalikda
energetika,
transport,
vodoprovod va kanalizatsiya foydalanish, ishlab
chiqarish birlashmalar sanoat va fuqaro qurilishlarini
yiriklashish yo‘lidagi baza hisoblanadi. Shunday qilib,
hoziri davda sayyoramizda deyarli yarmidan kupi
shaxarlarda yashaydi. Yirik shaxarlar odamlar uchun
yuqori hayot darajasi, ya’ni xil-xil ish faolyatini tanlash
va egallash imkoniyatlari, ta’lim olish va mustaqil
ta’lim, moddiy o‘sish, dam olish jarayonlari bilan
ta’minlaydi. Umuman olganda hozirgi davr ishlab
chiqarish
texnikasi,
irrigatsiya
va
o‘gitlar,
kimyolashtirish darajasi 5-10% aholi, qolgan 90-95%
aholini
boqish
mumkin.
Rivojlangan
barcha
mamlakatlarda XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida
shaxarlarda 90% aholi istiqomat qiladi. Urbanzatsiya-
ob’ektiv zaruriyat xisoblanib, jamiyatning ehtiyojidan
kelib chiqqan, Ijtimoiy tarixiy qudratli dvigatelidir.
Ammo ushbu jarayonning salbiy tomonlari ham mavjud.
753
Ijtimoiy munosabatlarni ob’ektiv rivojlanishi uchun
sharoit yaratsa, ikkinchi tomondan, antropogen tazyiq
ta’sirida ekologik vaziyatni yomonlashuvi tabiiy
muhitga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada urbanizatsiyalashgan
muhitning ifloslanishi (sanoat, transport, maishiy
turmush chiqindilari, oqova suvlar, avtotransportlardan
chiqayotgan gazlar, zaharli kimyoviy moddalar,
radioktiv chiqindilar va hokazolar) kuchayadi.
Shubxasiz yirik shaharlar ekologik nuqtai nazaridan
qulay emas, aksincha zararlidir.
Tabiatdan uzoqlashish;
Uy-joy tanqisligi;
Ishsizlik;
Ocharchilik;
Nevrozlar;
Nerv-pisixik kasalliklar;
Shovqin;
Avtotransport (ifloslanish)smog;
Transport ta’siridan shikastlanishlar.
Odamning tabiatini o‘rganish kerak. Biosferada
754
moddalar
va
energiya
almashinuvi-sun’iylikdan
tabiiylikka yaqinlashtirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |