Ekologik muammolar va ularni hal etishda fanning
ahamiyati
Hozirgi zamon ishlab chiqarishi ekologik tanglikni
keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish esa zamonaviy
texnikaga asoslangan. Texnikaning manbai fandir.
Demak, ekologiyaning qiyinchiliklari fan-texnika
taraqqiyoti bilan uzluksiz bog‘liqdir.
Fan yordamida tabiatning qonunlari kashf etiladi.
Inson omili hisobga olinmasdan o‘tkazilgan har qanday
tadqiqot hozirgi zamon ekologik vaziyatni haqiqiy
tarzda to‘liq aks ettira olmaydi. Ekologik tanglikning
sabablaridan biri ilmiy tafakkurdagi haddan ortiq taxliliy
mulohazaviy yondashuvdir. Ular tabiat bo‘laklarini
alohida o‘rganish bilan cheklanadilar, tabiatga yaxlitlik
nuqtai nazardan qaramaydilar.
Ekologik muammolarning ildizi fanlar orasidagi
o‘zilish va ularning noteks rivojlanishi bilan bog‘liq. Bu
762
fanlarning ikki o‘ziga xosligi va ijtimoiy ehtiyojlari
ta’siri bilan belgilanadi. SHuni nazarda tutmoq lozimki
ekologik qiyinchiliklarga fanning biror sohasida
erishilgan yutuqlar ayibdor emas. Hammasi natijasi
ularoq bilimning boshqa sohalarga tegishli o‘zgarishlar
tezroq sodir bo‘lmaganligidadir.
Bilimlarning umumiy miqdori beqiyos ortgan
sharoitda fanlarning noteks rivojlanishi yana bir
ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga tabiiy fanlar
va texnikaviy fanlar orasida bog‘lanish bo‘lishi kerak.
Ular orsidagi bog‘lanish bo‘lganda ona sayyoramizni
istiqbolini belgilaydi. Fan-texnika taraqqiyotining eng
so‘ngi yutuqlaridan keng foydalanish asosida yangi
ilg‘or texnologiyalar yaratiladi. Bu esa kam harjat
qilinib, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining
ekologik, tashkiliy, texnik, iqtisodiy muammolarni ayni
bir vaqtda hal etish imkoniyatini beradi. Biotexnolgik
taraqqiyot tufayli atrof-muhit holatni yaxshilashda katta
samaralarga erishish mumkin bo‘ladi, o‘simliklardan
olinadigan energiya qazib olinadigan tiklab bo‘lmas
763
yoqilg‘i o‘rnini to‘la qoplay olishi mumkin. Don
mahsulotlarining yuqori hosil beruvchi navlari, noqulay
sharoitlarga bardosh beruvchi turlar kashf etilishi
qishloq ho‘jaligida katta o‘zgarishlarga olib keladi.
Qishloq xo‘jalik zararkurandalariga qarshi kurashishning
bir
butunlikdagi
usuli
yanada
osonlashadi.
Biotexnologiya yordamida qattiq va suyuq chiqindilarga
ishlov berish, bu esa dolzarb ekologik muammolarni hal
etishga katta yordam beradi. Bu muammolarni hal
etishda mikrobiologiyaning jadal sur’atlar bilan uning
yutuqlarini amaliyotga keng miqyosda joriy etilishini
taqozo qiladi. Fan insonga eng ishochli axborotlarni
beradi, inson bu axborotlarin qayta ishlab tabiiy tizim va
ekologik holatlarni yanada yomonlashuvini oldini olishi
mumkin bo‘ladi. Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabat muammolarni hal etishda fan oldiga yangi
vazifalar qo‘yilmokda. Bu vazifalarni hal etishda
ekologiyadan biologik yo‘nalishdagi boshqa fanlarga, er
haqidagi fanlarga, fizika-kimyo sohadagi fanlarga,
texnik va qishloq ho‘jaligi fanlariga, tibbiyotga, ijtimoiy
764
fanalarga o‘tkazish tarzida namoyon bo‘ladi. Qayd etib
o‘tilgan ilmiy yo‘nalishlarning rivojlanishi inson
faoliyatini ekologiyalashtirish tendensiyasi doirasida
kechadi. Umumiy holda ekologiyalashtirish deganda,
tabiatni o‘zgartirish faoliyatining salbiy natijalarini
minimum darajasiga keltirish maqsadida insonning
tabiiy muhitga ko‘rsatayotgan ta’siri tufayli kelib
chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni hisobga olish
tushuniladi.
Inson
faoliyatini
ekologiyalashtirish
extiyojdir. Uni rivojlantirmasdan turib, ekologik
muammolarni na global, na hududiy, na mahalliy
darajada hal etib bo‘ladi. Jamiyat bilan tabiiy tizimlar
doimo o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar. Jamiyat bilan o‘zaro
ta’sirlanish jarayonida tabiiy tizimlar tabiatni bir butun
tadqiq qilishga intilish fanning ekologiyalashtirishning
eng
xarakterli
jihatlaridan
biri
ekanligidir.
Ekologiyalashtirish insonni bilish va o‘zgartirish
faoliyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etadi. Fani
ekologiyalashtirishning yana bir muhim jihati, tadqiqot
ob’ektlari bo‘lmish inson, atrof-muhit, ularning o‘zaro
765
munosabatlariga ijodkorlik va mehr-muhabbat ruhida
qarash lozim bo‘ladi. Bunday munosabat ijtimoiy
ongning barcha shaklllariga shu jumladan fanga ham xos
bo‘lishi kerak. Ya’ni fanning asosiy vazifasi va maqsadi
odamlarga farovonlik va baxt keltirishidan iborat
bo‘lmog‘i lozim. Fanni ekolgiyalashtirish bilan bir
qatorda ishlab chiqarishni ham ekolgiyalashtirish
ekologik muammolarni oldini oladi. Har yili davlatimiz
tomonidan ekologiya va tabiatni muhofaza qilish uchun
millionlab mablag‘lar ajratadi. Bundan tashqari
aholining ekologik madaniyatini sifat jihatidan yangi
bosqichga ko‘tarish borasida rejali ishlar yo‘lga
qo‘yilgan. Atrof-muhitni himoya qilish muammolarni
hal etish uchun ekologik xavfsiz kam chiqindili va
chiqindisiz texnalogik jarayonlarni yaratish yo‘li
bilangina erishish mumkin bo‘ladi.
Ekologiyalashtirigan ishlab chiqarish murakkab
yopiq jarayondan iborat. Bunda barcha chiqindilar yana
qaytadan ishlab chiqarish siklida foydalaniladi. Bu erda
biotexnologiyani o‘rni beqiyosdir, ya’ni ishlab
766
chiqarishda
mikroorganizmlardan
foydalaniladi.
Biotexnologik yo‘l bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar
ishonchli va toza bo‘ladi. Ekologiyalashtirilgan ishlab
chiqarishda bir bosqich chiqindilari ikkinchi bosqich
uchun hom ashyo hisoblaniladi. Ekologiyalashtirish
ishlab chiqarishda sifat jihatidan yangi energiya
manbaiga o‘tiladi. Bu uning xususiyati hisoblanadi.
YAngi energiya manbalarini izlash bugungi kunda ilmiy
tadqiqot markazida turibdi. Dunyoning ko‘pgina
mamlakatlarida atom quvvatidan foydalanilmokda.
Butun dunyoda 300 ga yaqin AES ishlab turibdi.
Kimyoviy usulllarda olinadigan va quyosh geoterminal,
shamol, dengiz suvning ko‘tarilishi pasayishi va
noan’anaviy qayta tiklanmaydigan barcha turdagi
quvvatlar ham mavjud. Mutaxasisslar vodorodga
energiyanining istiqbolli manbai sifatida qaraydilar.
Undan issiqlik manbai va transport sanoatida, turmushda
foydalanish mumkin. Bu esa atrof-muhitni sof holida
saqlashga erishilishga olib keladi, chunki vodorod
yonishi jarayonida suv bug‘i hosil bo‘ladi. Sanoat
767
miqyosida asosan oddiy suvdan vodorod ishlab
chiqarishni ko‘pgina usullari topilgan.
Energiyaning yangi manbalaridan biri-issiqlik
nasoslaridir. Bu nasoslar freon yordamida atrof-muhitga
sochilgan issiqlikni yig‘adi va uni amaliy maqsadga
qo‘llash uchun quyiltiriladi. SHunday qilib, energiyani
saqlanish qonunini bo‘zmay turib atrof-muhitdan
issiqlikni kondensatsiya qilish hisobiga ko‘ra go‘yoki
«abadiy ishlaydigan dvigatel» yaratiladi. Hozirda
issiqlik nasoslari Evropaning turli mamlakatlarida ishlab
turibdi. Ularning quvvati taxminan 100 ming kVt.ga
teng.
Ekolgiyalashtirilgan ishlab chiqarishga o‘tish
materiya harakatining biologik shakli, ya’ni tirik
tabiatdagi modda almashinuvi jarayonlari qonuniyat va
xususiyatlaridan kengroq foydalanish bilan bog‘liqdir.
Biokimyoviy texnologiya yaratish va uni rivojlantirish,
bu yo‘nalishdagi birinchi qo‘yilgan qadamdir. Bunda
asosiy ishlab chiqarish jaryonlari tirik xujayralarda
kechadi. Yangi ishlab chiqarish jarayonining eng muhim
768
omili mikroorganizmlardir. Masalan, mikroorganizmlar
qipiqlarni qayta ishlab qimmatbaho oqsil mahsulotiga
aylantirish qobiliyatiga ega. U hayvonlarga qo‘shimcha
oziqa sifatida solinadi.
Hozirgi vaqtda fizik-kimyoviy biologiya va
biotexnologiyaning rivojlanishiga Dunyo miqyosida
katta e’tibor berilmokda. Ularning yutuqlari tibbiyotda,
qishloq ho‘jaligida va sanoatda keng foydalaniladi.
Xususan, Mikrobiologiya insitutida keyingi yillarda
salmoqli ishlar qilindi. Institutda «Er malhami»
preparatini taklif etdiilar, u tuproqni biologik jihatidan
sog‘lamlashtiradi, mineral o‘g‘itlarni tejaydi, muhitning
ekologik holatini yaxshilaydi, urug‘ni unib chiqishini
tezlashtiradi.
Fermentlar yordamida mahsulotlarni parchalash
usullari ham yaxshi natijalarni bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |