Binolarda portlashga qarshi himoya vositalarini
loyihalash
Portlashga moyil xonalari mavjud bo‘lgan sanoat
korxonalarini loyihalashda, ularni portlashdan va
butunlay buzilib ketishdan asrab qolish uchun xizmat
qiladigan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tadbiq
etiladi. Bunday tadbirlarni asosiy vazifasi sanoat
korxonasining portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘lib,
portlashga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etishga
qaratilgan bo‘ladi. Bu kabi xavfsizlik muammolari
ishlab chiqarish tartibini yaratish yoki tanlash
jarayonida mukammal echilishi kerak. Ya’ni ishlab
chiqarishda shunday texnologik tizimni tanlash lozim
bo‘ladiki, uni ishlatish jarayonida dastgoh va
uskunalardan portlovchi gaz va havo aralashmasini
hosil bo‘lishiga etarli bo‘lgan yonuvchi gaz va
suyuqliklarni oqib chiqishiga va chiqqan taqdirda ham
portlaydigan miqdorgacha yig‘ilib qolmasligini
ta’minlay oladigan bo‘lishi kerak. Agar barcha
tadbirlarni bajarganda ham, portlash xavfi to‘liq
470
bartaraf etilmaydigan bo‘lsa, bu holda bino va
inshootlarni
loyihalashda
maxsus
konstruktiv
echimlar vositasi bilan ularni portlash oqibatidagi
buzilish darajasini kamaytirish choralari qo‘llaniladi.
«Portlash xavfsizligi» davlat me’zoni talablari
bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlari shunday
takomillashgan bo‘lishi lozimki, yil davomida ularda
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlash ehtimoli 1/10
6
dan oshmasligi kerak. Ammo har qancha texnologik
ogohlantirishlar
va
texnik-tashkiliy
tadbirlarni
qo‘llanishiga qaramay, ba’zan talofatli portlashlar
sodir bo‘lib turadi.
Bino va inshootlarni yonish va portlash xavfi
bo‘yicha A va B toifasiga kiruvchi sanoat
korxonalarida, avariya holatida yonuvchi gaz yoki
changlarni havo bilan xavfli aralashmasi hosil bo‘lishi
sababli yong‘in yoki portlash sodir bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda bino va inshootlarni butunlay buzilib
ketishdan saqlash maqsadida «Ishlab chiqarish
binolari» loyihalash me’yori talablariga binoan, ularda
portlash paytida hosil bo‘ladigan bosimni ta’sir
471
kuchini kamaytiruvchi, maxsus «engil otilib ketuvchi»
binoning yuk ko‘taruvchi asosiy qismlarini saqlab
qolish
uchun
xizmat
qiladigan
qurilmalar
rejalashtiriladi.
5.6-rasm. Binolardagi asosiy izolyatsiya panellari
Engil otilib ketuvchi qurilmalarga qo‘yiladigan
asosiy talab, xonadagi xavfli gaz va havo aralashmasi
bosimini portlash vaqtida, binoning asosiy yuk
472
ko‘taruvchi qismlarini buzilib ketmasligini ta’minlay
oladigan darajada chegaralashdan iborat.
Engil otilib ketuvchi qurilmalari tashqi
devorlarda
yoki
tomda
o‘rnatiladi.
Devorda
o‘rnatiladigan qurilmalar tomdagisiga nisbatan 30-
50%ga samaraliroq va tiklash jarayonida kam xarajatli
hisoblanadi. Engil otilib ketuvchi qurilmalarni
xisoblash va loyihalashda ularni massasini va
mustahkamligini shunday tanlash kerakki, portlash
vaqtida devorlarga tushadigan bosim (R
p
), ruxsat
etilgan bosim (R
rux
) dan ortiq bo‘lmasin, ya’ni
R
p
< R
rux
.
Bunday qurilmalar, bino va inshootlarni tom
yopiladigan qismida yoki tashqi devorida o‘rnatiladi.
Ularning umumiy maydoni, A toifadagi korxonalar
uchun portlash xavfi mavjud bo‘lgan xonalarning har
1m
3
hajmiga 0,05m
2
dan va B toifadagi korxonalar
uchun esa har 1m
3
hajmiga 0,03m
2
dan
kam
bo‘lmagan miqdorda loyihalashtiriladi.
473
5.7 – rasm. Uylar o’rtasidagi yong'in ajratadigan
devor
Engil otilib ketuvchi qurilmalarga deraza, eshik,
darvoza, asbestsement fanerdan, alyumin va po‘lat
tunukalar bilan qoplanib, ichiga engil isitgich
polimerlar bilan to‘ldirilgan panellar va shunga
o‘xshash engil qurilmalar misol bo‘la oladi. Bunday
qurilmalarning engil otilib ketishi uchun ruxsat etilgan
og‘irligi
120kg/m
2
dan
oshmasligi
kerak.
Derazalarning engil otilib ketuvchi qurilmalarga
aylanishi uchun ulardagi oynalarning qalinligi 3, 4 va
474
5mm bo‘lganda, sirti mutanosib holda 0,8; 1,0 va
1,5m
2
dan kam bo‘lmasligi lozim. Tomyopgich sirtida
o‘rnatilgan engil otilib ketuvchi qurilmasining
umumiy maydoni aniqlangandan keyin, uni har biri
180m
2
dan oshmagan, alohida to‘rtburchaklarga
bo‘lingan holda joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu
qurilmalarning og‘irligidan hosil bo‘ladigan bosim
0,7kPa (70kgs/m
2
)dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
A va B toifadagi bir qavatli binolarni tomida
o‘rnatilgan Engil otilib ketuvchi qurilmalari, ishlab
chiqarish tartibi talablarini buzmagan va atrof-muhitni
hisobga olgan holda tashqi devorga yaqin
joylashtirilishi va ko‘p qavatli binolarda oxirgi
qavatda yoki tashqi devorda o‘rnatilishi lozim.
Bunday xonalarni erto‘la va er osti qavatlarida
joylashtirilishi ruxsat etilmaydi.
475
Do'stlaringiz bilan baham: |