=−
12
0
С ga teng.
Chaqnash haroratiga mos keladigan bosim
quyidagi formuladan ham oson aniqlanadi
R
ch
= R
u
/8M (5.7)
466
bunda R
ch
- chaqnash haroratiga mos bosim,
mm.sm.ust.
R
u
- aralashmaning havo bilan umumiy bosimi,
mm.sm.ust;
M-1 mol yonuvchi aralashmani yonishida
ishtirok etuvchi kislorodning molekulalar soni.
Bino va inshootlarda portlash sabablari va
oqibatlari
Bino va inshootlarda portlash hodisalari ko‘proq
quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi:
- yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlari
talablarini qo‘pol ravishda buzilishi;
- issiqlik uzatish, shamollatish tizimlarini va
elektr dastgohlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;
- buzuq holdagi texnologik va elektr uskunalarini
ishlatish;
- yonuvchi va portlovchi moddalarni omborlarda
saqlash qoidalarini buzilishi;
- elektrostatik va atmosfera elektr zaryadlaridan
himoyalanish qoida-larini buzilishi;
467
- yong‘in darakchilari va avtomatik o‘t o‘chirish
tizimining yo‘qligi yoki buzuqligi;
- portlashi mumkin bo‘lgan manbalar (bug‘
qozonlari,
ekonomayzerlar,
nasos
agregatlari,
kompressorlar, elevatorlar, gaz balonlarini sinovdan
o‘tkazish va to‘ldirish xonalari) ustidan nazorat
qoidalariga to‘liq rioya qilmaslik;
-yong‘in xavfsizligi bo‘yicha malakali nazoratni
yo‘qligi va hokazolar.
Havo bilan aralashmagan yonuvchi gaz va
bug‘larni maxsus kran orqali uncha katta bo‘lmagan
teshikdan oqizib, so‘ng gugurt chaqib yoqilsa,
mash’ala bo‘lib osuda yonaboshlaydi. Bunday
yonishlarni shisha idishlarni tayyorlash zavodlarida,
g‘isht, keramika va chinni pishirish zavodlarining
pechlarida sun’iy va tabiiy gazlarni yonishi misolida
ko‘rish mumkin. Sement zavodlarining aylanma
pechlarida ham ko‘mir kukunini yoqilishi shu taqlitda
amalga oshiriladi. Ammo bu gazlar ba’zi nosozlik
sabablariga ko‘ra, havo bilan aralashib ketish hollari
mavjud bo‘lib, aralashma xavfli nisbat darajasiga
468
etgan bo‘lsa, katta kuch bilan portlash sodir bo‘lishi
mumkin.
Neftni qayta ishlash, mashinasozlik va kimyo
sanoatlarini tez sur’atlar bilan rivojlanishi, yonuvchi
gazlar va changlarni hamda engil alangalanuvchi
suyuqliklarni ishlab chiqaruvchi va ularni qayta
ishlovchi korxonalarni ko‘payib ketishiga olib keladi.
YOnuvchi moddalarni bug‘ va changlari xonadagi
havo bilan aralashib ketsa, portlash xavfini
chaqiruvchi gazli havo aralashmasini hosil qiladi.
Bunday aralashmalarning portlashi oqibatida bino va
inshootlar vayronaga aylanishi va odamlarni qurbon
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Agar yonish oqibatida
portlash jarayoni biror yopiq hajmda sodir bo‘lsa,
yonuvchi moddaning harorat ta’sirida kengayishi
evaziga, uning devorlariga bosim kuchi tez ortib
boradi va butun hajm bo‘yicha teng quvvatli
quporuvchi, ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.
469
Do'stlaringiz bilan baham: |