445
bo‘yicha mas’ul hisoblanishadi va quyidagi talablarni
bajarishlari shartdir:
-qurilishni tashkillashtirish va ishni bajarish
loyihalarida aks ettirilgan yong‘inga qarshi tadbirlarni
va ularga xos yong‘in xavfsizligi qoidalari talablarini
bilishlari hamda barcha ishchi va xizmatchilar
tomonidan ularni to‘liq va so‘zsiz
bajarilishini
ta’minlashlari va nazorat qilishlari;
-me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan o‘t o‘chirish
vositalari bilan ta’minlash va ularni hamma vaqt
ishlatishga tayyor holda saqlanishini ta’minlashlari;
-qurilayotgan bino va yordamchi ijtimoiy va
omborxonalarni yong‘in xavfsizligi holatini doimiy
nazorat qilib turishlari;
-elektr va issiqlik
tarmoqlarini qarovsiz
qolmasligini ta’minlash;
-qurilish maydonida o‘t o‘chirish uchun zarur
bo‘lgan suv ta’minoti manbalarini aniqlamasdan va
o‘t o‘chiruvchi mashinlarni to‘siqsiz harakatlanishini
ta’minlay oladigan yo‘llarni hamda telefon-aloqa
446
tarmoqlarini qurmasdan
turib qurilish ishlarini
boshlamaslikni ta’minlash;
-yong‘in sodir bo‘lganda zudlik bilan yong‘inga
qarshi hududiy xizmat bo‘limiga xabar berish va
birlamchi o‘t o‘chirish vositalari yordamida yong‘inni
bartaraf etishni ta’minlash.
Muxandis va texnik xodimlarni yong‘indan
muhofaza qilish tadbirlarini bajarishga va shu yo‘l
bilan xalq mulkini asrab qolishga jalb qilish
maqsadida, mahalliy Davlat yong‘in nazorati
tashkilotlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turadigan,
xavfsizlik tadbirlarini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat
qilishda asosiy omil hisoblanadigan Yong‘in
texnik
komisiyaasini (YOTK) tuzish zarur bo‘ladi. Qurilish
maydonida ishlayotgan har bir ishchi va xizmatchi ish
boshlashdan oldin Yong‘in texnik minimumi (YOTM)
bo‘yicha xavfsizlik qoidalariga asosan maxsus
o‘qitilishi va tushuntirishlar olib borilishi shart.
Bunday o‘quv kursini o‘tagan ishchi va xizmatchilar
o‘qish yakunida imtihon topshirishlari lozim.
447
Tushintirish jarayonida ishchi va xizmatchilarni
yong‘in xavfsizligi me’yorlari
hamda qurilish
maydoniga xos yong‘inga qarshi tartib va qoidalar
bilan batafsil tanishtirilishi shart.
Qurilish muddati bir yildan ortiq davom etadigan
katta qurilish maydonlarida yonish va portlash xavfi
mavjud bo‘lgan omborxonalar va yordamchi ijtimoiy
binolar yong‘indan muhofazalangan bo‘lishlari, ya’ni
yong‘in darakchilari tizimi bilan jihozlangan
bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Qisqa muddatli
qurilish maydonlarida esa bunday toifadagi bino va
xonalar oldida birlamchi o‘t o‘chirish qalqonlarini
o‘rnatish va etarli suv ta’minoti manbalari kifoya
bo‘ladi. Qurilish maydonlarining hajmi va yong‘in
kelib chiqish ehtimoliga qarab bir yoki bir nechta
ixtiyoriy yong‘inga
qarshi yordamchilar guruhi
tuziladi. Har bir smenada 4-6 kishidan iborat ishchi
yordamchi guruh bo‘lishi kerak.