Microsoft Word safety(eng, rus, uz). doc


Yong'nga qarshi to‘siqlar



Download 10,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/196
Sana06.03.2022
Hajmi10,99 Mb.
#483647
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   196
Bog'liq
Occupational-safety-and-health-issues-in-buildings-TUIT-uzb

Yong'nga qarshi to‘siqlar 
Yong‘inga qarshi to‘siqlar yong‘in sodir bo'lgan 
joylarda olovni binoning boshqa qismlariga tarqab 
ketmasligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ular 
umumiy va mahalliy to'siqlardan iborat bo'ladi. 
Umumiy to'siqlar olovni binoning hajmi bo'yicha 
tarqalishidan muhofaza qiladi. Bunday to'siqlarga 
yong'inga qarshi devorlar va yuk ko'tarish qobiliyatiga 
ega bo'lgan eshik va derazasiz devorlar, tomyopgich 
plitalar, himoya hududlari, seksiyalar va oraliqlar 
misol bo'ladi. To'siqlar joylashgan hududlar odatda 
tutundan himoyalagich, havo so'rgich moslamalar 
bilan jihozlangan bo'lishi lozim. Ba’zi hoilarda 
qizigan havo yo'lini to'sish maqsadida suv pardasini 
oqizish yo'li bilan ham bino qismlaridagi haroratning 
ko'tarilmasligini ta’minlash mumkin. Mahalliy 
to'siqlarga esa, bino ichidagi o'tda yonmaydigan devor 
va pardevorlar hamda binoning tomida joylashgan 
yong'inga qarshi parapet to'siqlar, shuningdek, 
shamollatish qurilmalarida va havo uzatgich 


433 
moslamalarida o'rnatiladigan shiber va to'sqichlar 
kiradi. Mahalliy to'siqlarning vazifasi yong'inning sirt 
bo'ylab chiziqli tarqalishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat. 
Yong'inga qarshi to'siqlar o'zlarining o'tga chidamlilik 
xususiyatlariga binoan uch turga bo linadi va ular 5.3-
jadvalda aks ettirilgan: 
Yong'inga qarshi devorlar odatda o'tda 
yonmaydigan, 
tosh 
va 
beton 
ashyolaridan 
tayyorlanishi va alohida poydevorga ega bo'lishi 
lozim. Bunday devorlar binoni qismlarga, ya’ni 
yong'inga qarshi bo'linmalarga bo'lish uchun xizmat 
qiladi. Yong'inga qarshi devorlaming o'tga chidamlilik 
darajasi 2,5 soatdan, bo'linmaning ichida bo'lsa, 0,75 
soatdan kam bo'lmasligi zarur.
5.3-jadval
Yong‘inga qarshi to‘siqlarning o‘tga chidamiilik 
xususiyatlari
 
To‘siqlaming nomi 
To'siq turlari 



Yong'inga qarshi devorlar 
2,5 
0,75 

Tom yopg‘ich plitalar 
2,5 
1,0 
0,75 


434 
Eshiklar, derazalar. 
darvozalar, tutunga qarshi 
qopqalar va h.k. 
1,2 
0,5 
0,25 
Pardevorlar 
0,75 
0,25 

Tambur- shluzlardagi 
eshiklar 
0,75 
0,6 

Devorlar 
0,75 


Yong‘inga qarshi devorlar shaxsiy poydevorga 
ega bo‘lishi bilan bir qatorda, bino balandligi bo‘yicha 
uzluksiz davom etishi va tom yopgich qurilma 
yonuvchi ashyo bilan qoplangan bo‘lsa, uning sirtidan 
60 sm ga baland bo‘lishi va agar qiyin yonuvchi 
ashyolar bilan qopiangan bo‘lsa, 30 sm ga ko'tarilgan 
bo‘lishi shart. Agar tom yopg‘ich qurilma o‘tda 
yonmaydigan ashyolardan tarkib topgan bov‘lsagina, 
yong‘inga qarshi devorlar tom sirtidan ko‘tarilmagan 
holda bajarilishi mumkin. Yong‘inga qarshi devorlar 
yong‘ln paytida ularga tayanib turgan tom yopgich va 
boshqa qurilmalami qulab tushgan chog‘ida ham 
mustahkam tura olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Yong‘inga qarshi devorlarda eshik qo‘yish ayrim 
holatlarda ruxsat etiladi, ammo bu eshiklar albatta 
maxsus, yong‘inga chidamli qilib tayyorlangan 
bo‘ladi va ularning o‘tga chidamlilik darajasi kamida 


435 
1,2 soatga teng bo‘lishi shart. Bunday eshiklar metal 
karkasdan tayyorlanib, ikkala tomonidan po‘lat 
tunuka bilan qoplanadi va orasi o‘tda yonmaydigan 
mineral paxta va boshqa issiqlik saqlagich ashyolar 
bilan to‘ldiriladi. Bular o‘tda yonmaydigan eshiklar 
turiga kiradi. Yong‘inga qarshi devorlarda zarurat 
bo‘lganda ochilmaydigan derazalar qo‘yilishiga ruxsat 
etiladi va ularning o‘tga chidamlilik darajasi 1,2 soat 
dan kam bo‘lmasligi lozim. Odatda, ular olovga 
chidamli bo‘lgan shisha bloklar yoki shisha 
profilitlardan tayyorlanadi. 
Yong‘inga qarshi tomyopgich plitalar deb, o‘tda 
yonmaydigan ashyolardan tayyorlangan va tutun 
o‘tkazmaydigan, o‘tga chidamlilik chegarasi 0,75 
soatdan kam bo‘magan yaxlit qurilmalarga aytiladi. 
Bunday qurilmalar yong‘in paytida binoning yuqori 
qavatidan xonalarga tutun va yong‘inning me’yordagi 
vaqt davomida o‘tmasligini ta'minlash maqsadida 
qo‘llaniladi. Odatda, bunday plitalar o‘tga chidamlilik 
darajasi 1 dan V gacha aniq bo‘lgan bino va 
inshootlarda o‘rnatiladi. Bu toifadagi sanoat 


436 
korxonalarining o‘tga chidamlilik darajasi I va II 
bo‘lgan yer osti qavatlarida, yonuvchi moddalar 
joylashgan xonalarda yoki yong‘in xavfi mavjud 
bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari kechadigan 
xonalardagi tom yopgich qurilmalarning o‘tga 
chidamlilik chegarasi 1 soatdan kam bo‘lmasligi va 
o‘tga chidamlilik darajasi III, IV va V bo‘lgan bino va 
inshootlarda esa 0,75 soatdan kam bo‘lmasligi shart. 
Yong‘inga chidamli tom yopgich plitalar uch turga 
bo‘linadi: o‘tga chidamlilik darajasi 2,5 soatdan kam 
bo‘lmasa 1-turga, 1 soat bo‘lganda 2 turga va 0,75 
soatga teng bo‘lsa 3 turga kiradi. Ular yonmaydigan 
ashyolardan tayyorlanadi va me’yor talab etgan o‘tga 
chidamlilik muddati davomida yong‘inning bino 
qavatlari bo‘yicha tarqalib ketmasligini ta’minlash 
uchun xizmat qiladi. Yong'inga qarshi tom yopgich 
plitalarda qoida bo'yicha tuynuk qo'yilmaydi. Lekin 
tuynuk qo‘yish lozim bo‘lsa, ular yong‘inda 
yonmaydigan qopqoqlar yoki maxsus klapanlar bilan 
himoyalanadi. Bunday toifadagi tom yopgich 
plitalarning ishlatilish sohalari maxsus hamda tarmoq 


437 
qurilish me’yorlari va qoidalarida me’yorlanadi. Bu 
xildagi tom yopgich plitalaming eng ko'p tarqalganlari 
2- va 3-turlari hisoblanib, ular asosan I va II darajali 
o‘tga 
chidamlilikka 
ega 
bo‘lgan 
bino 
va 
inshootlarning yerto'la hamda chordoq tomlarini 
yopishda qo‘1laniladi. 
Agar qolgan barcha qavatlaming tom yopgich 
plitalari o‘tda yonmaydigan ashyolardan tayyorlangan 
va xonaning shifti bo‘yicha tuynuksiz yaxlit 
o‘matilgan bo'lsa hamda o'tga chidamlilik darajasi 
0,75 soatdan kam bo'lmasa, ular yong‘inga qarshi 
to'siq vazifasini o‘tashi mumkin. 
Yong‘inga qarshi ishlaydigan 1-turdagi tom 
yopgich plitalar, asosan, bir qavatli sanoat korxonalari 
va omborxonalardagi yong‘inga qarshi bo'linmalar, 
seksiyalar 
va 
hududlaming 
tomini 
yopishda 
qo'llaniladi, chunki ularning devorlari ham shu 
toifadan bo‘lib, bir xildagi o'tga chidamlilik darajasiga 
ega. I va 11 darajaii yong'inga chidamli binolarning 
yerosti va barcha qavatlaridagi yong'inga qarshi 
ishlaydigan 
tom 
yopgich 
plitalarining 
o'tga 


438 
chidamlilik darajasi, eng kamida 1 soatga, III va V 
darajaii o'tga chidamli binolarda esa 0,75 soatdan kam 
bo'lmasligi kerak. Evakuatsiya yo'llari (yo'laklar, 
zinapoya va dahliz) ustidagi tom yopgich plitalar 
yong'inga qarshi to'siq vazifasini o'taydi, shu boisdan 
ular o'tga chidamli ashyolardan tayyorlangan bo'lishi 
va yong'in paytida kamida 2,5 soat ustuvor tura olishi 
lozim. 

Download 10,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish