Baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha umumiy
qoidalar
O‘zbekiston
Respublikasi
hududida
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar,
muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat
shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda
mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan
hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil
zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona
tartibini belgilaydi.
Mazkur tartib:
•
ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud
hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga;
•
ish beruvchilarga;
•
pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-
huquqiy
shartnomalarlar
bo‘yicha
ishlarni
bajarayotgan shaxslarga;
352
•
tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda
vaziyatlarni
bartaraf
etishda
qatnashayotgan
fuqarolarga;
•
agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha
hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa yollanib ishlayotgan chet el
fuqarolarga;
•
qurilish, qishloq xujaligi va harbiy xizmatni
o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish
uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga,
shu jumladan, muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy
xizmatchilarga;
•
korxonada ishlab chiqarish amaliyotini
o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tadbiq
etiladi.
Izoh.
Oliy o‘quv yurtlari talabalari, kollejlar,
o‘rta maxsus, o‘quv yurtlari, litseylar, hunar-texnika
bilim yurtlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilari
bilan o‘quv-tarbiya jarayonida yuz bergan baxtsiz
hodisalar Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda
353
tekshiriladi va hisobga olinadi. Korxona hududida va
uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda
(shuningdek, xizmat safarlarida) yuz bergan
jarohatlanish, zaharlanish, kuyish, cho‘kish, elektr
toki va yashin urishi, o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq harorat
ta’siri, portlash, falokat, imoratlar, inshoatlar va
konstruksiyalar buzilishi natijasida hamda sudralib
yuruvchilar, hayvonlar va hashoratlar tomonidan
shikastlanishlar, shuningdek, tabiiy ofatlar (er
qimirlashlar, o‘pirilishlar, suv toshqini, to‘fon va
boshqalar) natijasida salomatlikning boshqa xil
zararlanishlari:
•
ish beruvchi topshiriq bermagan bo‘lsa ham,
lekin korxona manfaatlarini ko‘zlab qandaydir ishni
amalga oshirilayotgandagi;
•
avtomobil, temir yo‘l, havo yo‘llari, dengiz
va daryo transportida, elektr transportida yo‘l harakati
hodisasi natijasidagi;
354
•
korxona
transportida
yoki
shartnoma
(buyurtma) ga muvofiq o‘zga tashkilot transportida
ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi;
•
ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga
oid safarda ishlatish huquqi berilganlik haqida ish
beruvchi farmoyishi bor bo‘lgandagi;
•
mehnat faoliyati xizmat ko‘rsatish ob’ektlari
orasida yurish bilan bog‘liq ish vaqtida jamoat
transportida yoki piyoda ketayotgandagi;
•
shanbalik (yakshanbalik) o‘tkazilayotganida,
qaerda o‘tkazilishidan qat’iy nazar, korxonalarga
otaliq yordami ko‘rsatilayotgandagi;
•
ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotganda
boshqa shaxs tomonidan tan jarohati etkazilgandagi.
Sanoat korxonalarida baxtsiz xodisalar va kasb
kasalliklarini tekshirish va xisobga olish
Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan barcha
baxtsiz xodisalarni tekshirish va hisobga olish
O‘z.Res.Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi
355
286 sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga asosan
olib boriladi. O‘lim bilan tugagan, og‘ir jarohatlanish
va guruxning baxtsiz xodisaga uchrashi xollaridan
tashqari xamma baxtsiz xodisalar sex boshlig‘i,
xavfsizlik texnikasi muxandisi va jamoat nazoratchisi
tarkibida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Baxtsiz xodisa ish boshlanishidan oldin, ish
davomida, ish vaqtidan keyin ish joyida, zavod
xududida va ma’muriyatning topshirig‘iga asosan
zavod xududidan chetda yuz bergan bo‘lishidan
qat’iy nazar tekshirilishi lozim. Tok urishi, o‘tkir
zaxarlanish, issiq urishi va tananing ba’zi
qismlarining muzlashi baxtsiz xodisa sifatida
tekshiriladi.
Kamida bir ish kuni yo‘qotilgan baxtsiz xrdisalar
24 soat davomida tekshiriladi va maxsus forma
buyicha (H-l) 4 nusxada akt tuziladi.
Aktda baxtsiz xodisaga uchragan kishi xaqidagi
axborotdan tashqari, aniqlangan baxtsiz xodisaning
sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz xodisalar
qaytarilmasligi uchun qanday chora-tadbirlar
356
ko‘rilganligi
haqida
axborot
beriladi.
Aktni
korxonaning bosh muxandisi tasdiqdaydi. Aktning bir
nusxasi sex boshlig‘iga yuboriladi va u bosh
muxandis belgilagan muddat davomida aktda
ko‘rsatilgan masalalarni amalga oshirishi kerak.
Ikkinchi nusxasi kasaba uyushmasi qumitasiga,
uchinchisi tegishli kasaba uyushmasining texnik
nazoratchisiga va to‘rtinchisi mexnatni muhofaza
qilish bo‘limiga nazorat o‘rnatish uchun yuboriladi.
Ma’muriyat baxtsiz xodisaga uchragan kishiga
aktning tasdiqlangan nusxasini berishi shart. Baxtsiz
xodisaning asoratlari keyinchalik ham kelib
chiqishini hisobga olib, aktlar 45 yilgacha saqlanishi
kerak.
Baxtsiz xodisa tekshirilgandan keyin sanoat
korxonasi ma’muriyati yo‘l qo‘yilgan xatolarning
qaytarilmasligini ta’minlashga qaratilgan buyruq
e’lon qiladi. Bu buyruqda korxonada yuz bergan
baxtsiz hodisaning kelib chiqishiga aybdor bo‘lgan
kishilarning javobgarligi aniqlanib, ta’kidlanadi.
Baxtsiz xodisa o‘lim bilan tugasa, guruh bo‘lib
357
baxtsiz hodisaga uchrasa va og‘ir jarohatlangan
hollarda, tekshirish maxsus belgilangan tartib bilan
o‘tkaziladi. Bunday baxtsiz xodisalar maxsus
komissiyalar tomonidan tekshiriladi. Komissiya
tarkibiga kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi,
yuqori xujalik tashkilotining xodimi, davlat nazorat
organlari xodimlari va umumiy baxtsiz xodisani
tekshirishda ishtirok etadigan xodimlar qatnashadi.
Bunday xolatlarda tekshirish tezda o‘tkazilishi
kerak, ya’ni tekshirish materiallari 7 kun ichida tayyor
bo‘lishi shart. Aktga baxtsiz xodisani ko‘rgan
guvoxlarning ko‘rsatmalari, tibbiy ekspert xulosasi,
baxtsiz xodisa yuz bergan joyning xamda agar baxtsiz
xordisa vaqtida biror-bir ob’ekt zararlangan bo‘lsa,
ularning fotosuratlari va komissiya chiqargan
xulosalarni tasdiqlaydigan boshqa materiallar qo‘shib
yuboriladi. Aktga, shuningdek, baxtsiz xodisaga
javobgar bo‘lgan shaxsning familiyasi va lavozimi
yozib qo‘yiladi. Og‘ir guruh bo‘lib jarohatlanganlar
va o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalar albatta
fabrika, zavod kasaba uyushmasi qumitasida va
358
yuqori xujalik tashkilotlari kasaba uyushmalari
qumitalarida taxlil qilinib ko‘rib chiqilishi kerak.
So‘ngra bildirilgan fikr-muloxazalar asosida keyin ham
shunday baxtsiz xodisa ruy bermasligi uchun umumiy
chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va u qaror bilan
tasdiqlanishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasida kasbiy zaxarlanish
va kasb kasalliklarining oldini olish uchun kerakli
qonun va tavsiyanomalarni ishlab chiqish va
tasdiqlash, shuningdek, kasb kasalliklari vujudga
kelganda ularni xisobga olish va tekshirish ishlari
O‘zbekiston
Respublikasi
Sog‘liqni
Saqlash
Vazirligi
tashkilotlariga
topshirilgan.
Kasbiy
zaxarlanish va kasb kasalligi xaqidagi akt korxona
raxbariga yuboriladi. Aktda bunday kasalliklarning
qaytarilmasligini ta’minlovi chora-tadbirlar majmuasi
tavsiya etiladi va uning bitta nusxasi Respublika
Sog‘liqni Saqlash Vazirligining yuqori tashkilotlariga
yuboriladi. Baxtsiz xodisaga uchragan kishi hisobga
olinib, unga ma’lum davolanish kursi belgilanadi.
Agar zarur bo‘lsa, kasb kasalligiga uchragan kishini
359
mehnat ekspert tibbiyot xodimlari komissiyasi
(VTEK)ga yuboriladi va unda xodimning kasb
kasalligining oqibati natijasida olgan nogironlik
guruhi aniqlanadi va shunga yarasha ma’lum moddiy
ta’minlanish miqdori belgilanadi.
2 yoki undan ortiq ishchilar jabr ko‘radigan
baxtsiz hodisalar, shuningdek, o‘limga olib keluvchi
yoki nogiron etuvchi baxtsiz hodisalarni alohida
ta’kidlash zarur. Bunday hodisalar to‘g‘risida ish
beruvchi sutka davomida quyidagi tashkilotlarga
ma’lum qilishi shart:
•
O‘zbekiston Respublikasi sub’ekti bo‘yicha
Davlat mehnat inspeksiyasi;
•
Ijrochi hokimiyatning tegishli organlariga;
•
Baxtsiz hodisa ro‘y bergan joy bo‘yicha
prokuraturaga;
•
O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijrochi
hokimiyat organlariga;
360
•
Davlat nazorat organlariga (agar baxtsiz
hodisa shu organ nazoratidagi tashkilotda yuz bergan
bo‘lsa);
•
Tegishli kasaba uyushmalari organlariga.
Tergov tarkibida quyidagilar mavjud komissiya
tomonidan olib boriladi:
•
Mehnat
muhofazasi
bo‘yicha
Davlat
nazoratchisi;
•
O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijroiya
hokimiyat organlari vakili;
•
Kasaba uyushmalari organi vakili.
Tergov
olib
borishga
ketadigan
barcha
xarajatlarni baxtsiz hodisa yuz bergan korxona
to‘laydi. Komissiya a’zolari tergov chog‘ida korxona
va uning bo‘linmalari rahbarlari hamda boshqa
shaxslardan yozma tushuntirish xati olish huquqiga
egalar.
Mehnat
muhofazasi
bo‘yicha
davlat
nazoratchisi agar baxtsiz hodisalarni tergov qilishni
davom ettirishga ob’ektiv sabablarga ko‘ra, imkoniyat
bo‘lmasa yoki aksincha tergovda ishtirok eta olish
361
imkoni bo‘lsa, u tergov materiallari bilan tanishib
chiqishi shart.
Komissiya xulosalaridan rozi bo‘lgan taqdirda
baxtsiz hodisa qo‘shimcha tergov qilinmaydi va bu
haqda tergov aktida tegishli qaydnoma qilinadi.
Baxtsiz hodisa tergov natijalariga ko‘ra, mehnat
muhofazasi bo‘yicha Davlat nazoratchisi P-15
shaklida xulosa tuzadi. Guruhli baxtsiz hodisalar va
nogironlik yoki o‘lim bilan tugaydigan baxtsiz
hodisalar tergov materiallari H-1 shaklidagi akt va
ko‘rsatilgan baxtsiz hodisalar tergov akti bilan birga 3
kunlik muddat ichida tuzilgandan so‘ng ish beruvchi
tomonidan baxtsiz hodisa ro‘y bergan joy bo‘yicha
prokuraturaga junatilishi kerak:
•
O‘zbekiston Respublikasi sub’ekti bo‘yicha
Davlat mehnat inspeksiyasiga;
•
(talab etilishiga ko‘ra) nazorat organlariga;
•
O‘zbekiston Respublikasi mehnat Vazirligi
huzuridagi mehnat inspeksiyasiga;
362
Jabrlanuvchining
vaqtincha
mehnatga
layoqatsizligi tugaganidan so‘ng ish beruvchi
O‘zbekiston Respublikasi sub’ekti bo‘yicha Davlat
mehnat inspeksiyasiga:
•
ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa oqibatlari
to‘g‘risida ma’lumotlar;
•
bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish
maqsadlarida
bajarilgan
tadbirlar
to‘g‘risida
prokuratura qarori.
Do'stlaringiz bilan baham: |