Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet526/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   522   523   524   525   526   527   528   529   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
325
davom etaverganidan keyin Abdulloh ibn Zubayr Misvar ibn Maxrama va Abdurahmon 
ibn Asvadlarni chaqirib: «Alloh nomiga qasam ichib sizlardan iltimos qilamanki, meni 
Oishaning (r.a.) oldilariga (yarashish uchun) olib boringlar. Chunki mendan arazlab nazr 
qilib yurishlari halol emas», degandilar, Misvar va Abdurahmonlar qabul qilib Oisha (r.a.) 
huzurlariga borishdi. «Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu
kiraveraylikmi?» deb izn so‘rashgan edi, Oisha (r.a.): «Kiraveringlar», dedilar. 
«Hammamizmi?» deyishgan edi, Oisha (r.a.): «Barchangiz kiringlar», dedilar. Chunki 
Oisha (r.a.) ular bilan birga Abdulloh ibn Zubayr borligini bilmasdilar. Abdulloh u yerga 
kirgach, Oishaga (r.a.) quchoq ochib, roziliklarini so‘rab, yig‘lay boshladilar. Birga kelgan 
Misvar va Abdurahmonlar ham Abdulloh bilan gaplashishlarini va uzrlarini qabul 
etishlarini so‘rab: «Albatta Rasululloh (s.a.v.) bunday arazlashishdan man etganlar. 
Musulmon kishiga birodari bilan uch kundan ko‘p arazlashish halol emas», deb aytishdi. 
Qachonki, ikkovlari Oishaga (r.a.) nasihat qilib majburlayverishgandan keyin Oisha (r.a.) 
ularga nazr qilganlarini eslatib, yig‘lagan holda: «Men nazr qilganman. Nazr og‘ir bir 
narsadir, (qanday qilib nazrimni buzaman?)» dedilar. Ikkovlari yana iltimos 
qilaverishganidan keyin Oisha (r.a.) Abdulloh ibn Zubayr bilan gaplasha boshladilar. Va 
nazrni buzganlari uchun qirqta qulni ozod etdilar. Mana shundan keyin qachon shu nazr 
buzilgan voqeani eslasalar, shu darajada yig‘lardilarki, oqqan yosh bosh va oldilarini 
to‘sib turgan ro‘mollarini ho‘l qilib yuborar edi. Imom Buxoriy rivoyati. 
1859/53. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Uhud g‘azotidan 
sakkiz yil o‘tganidan keyin u yerda vafot etganlar haqqiga shu darajada duo qildilarki, 
go‘yo u tirik va o‘liklar bilan vidolashishga o‘xshardi. Keyin qaytib masjid minbariga 
ko‘tarilib: «Men sizlardan oldin borib kutib oluvchilaringiz va guvoh 
bo‘luvchilaringizdirman. Sizlar bilan havz ustida ko‘rishishga va’da qilaman. Men o‘sha 
o‘rnimni mana shu yerdan ko‘ryapman. Meni o‘zimdan keyin sizlarning mushrik bo‘lib 
ketishingiz qo‘rqitmaydi. Lekin dunyo ustida bir-birlaringiz bilan kimo‘zarga musobaqa 
qilishlaringiz qo‘rqitadi», dedilar. Uqba (r.a.): «Rasulullohni (s.a.v.) oxirgi ko‘rishim shu 
bo‘ldi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.)  «Lekin dunyo ustida 
 
musobaqalashishingiz va oldingi ummatlar kabi uni deb urushib halok bo‘lishingiz 
qo‘rqitadi», deganlar. 
Yana boshqa rivoyatda Rasululloh (s.a.v.)  «Men sizlarni kutib oluvchingiz va guvoh 
bo‘luvchingizdirman. Alloh nomiga qasamki, men hozir havzimni ko‘ryapman. Menga yer 
xazinalari kaliti yoki yer kalitlari berildi. Alloh nomiga qasamki, mendan keyin sizlarning 
mushrik bo‘lib ketishingiz qo‘rqitmaydi. Meni qo‘rqitadigan narsa dunyo (matolari ustida) 
musobaqalashishingiz», deb aytdilar. 
1860/54. Abu Zayd Amr ibn Axtab al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh 
(s.a.v.) biz bilan bomdod namozini o‘qib bo‘lib minbarga ko‘tarildilar va peshin 
vaqtigacha xutba aytdilar. Keyin tushib peshin namozini o‘qidilar. So‘ngra minbarga 
ko‘tarilib asr vaqtigacha yana xutba aytdilar. Keyin tushib asr namozini o‘qidilar. Yana 
minbarga ko‘tarilib, quyosh botguncha xutba aytdilar. U xutbalarining barchasida bo‘lib 
o‘tgan va kelajakda bo‘ladigan voqealarning xabarini berdilar. Kim o‘sha xutbadan ko‘p 
yod olgan bo‘lsa, ichimizda bilimdonrog‘imizdir». Imom Muslim rivoyati. 
1861/55. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim Allohga itoat 
qilishga nazr qilgan bo‘lsa, o‘sha nazrga vafo qilib itoatda bo‘lsin. Lekin kim Allohga osiy 
bo‘lishga nazr qilgan bo‘lsa, (o‘sha nazrini buzsin) Unga osiylik qilmasin», dedilar. Imom 
Buxoriy rivoyati. 
1862/56. Ummu Sharikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu sahobiya 
ayolga kaltakesakka o‘xshash zararli hasharotni o‘ldirishga buyurdilar. «Chunki bu 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   522   523   524   525   526   527   528   529   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish