www.ziyouz.com kutubxonasi
322
Allohning rasuli», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar omonat zoe etilsa, qiyomatni kutaver»,
dedilar. U kishi: «Nechuk zoe bo‘ladi?» degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «Agar ishlar uning
ahli bo‘lmagan kishilar qo‘liga topshirib qo‘yilsa, qiyomat kunini kutavergin», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyati.
1837/31. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Imomlar
sizlarga namoz o‘qib berishadi. Agar uni xatosiz to‘g‘ri o‘qishsa, sizlarga (ya’ni, imomga
ergashganlarga) va u imomlarning o‘ziga savob bo‘ladi. Bordi-yu, xatoga yo‘l qo‘yishsa,
siz ergashganlarga savob-u, gunohi imomlarning o‘zlariga bo‘ladi», deb aytdilar. Imom
Buxoriy rivoyati.
1838/32. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Allohning kitobidagi «(Ey
ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz»
oyatini quyidagicha tafsir qildilar: «Odamlarning odamlar uchun xayrlisi Islomga
kirgizish niyatida bo‘yinlariga zanjir solib olib keluvchilardir».
1839/33. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh
taolo jannatga zanjirda kiruvchi jamoadan ajablanadi. Ya’ni, asirga olinib zanjirband
qilingandan keyin Islomga kirishadi-da, oqibatda jannatga doxil bo‘lishadi». Ikkovini
Imom Buxoriy rivoyat qildilar.
1840/34. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taologa
shaharlarning mahbub (maqomi) masjidlardir. Shaharlarning yomon (maqomi)
bozorlardir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Foyda: chunki masjidlarda qalblar taskin topuvchi va Allohning roziligiga eltuvchi
zikrlar namoz hamda Qur’on tilovati kabi amallar bo‘ladi. Bozorlarda esa Allohning
zikridan to‘suvchi g‘aflat, aldov, yolg‘on, firib va yolg‘on qasam kabi shaytonning
buyruqlari amalga oshiriladi.
1841/35. Salmon Forsiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Agar qodir bo‘lsang,
bozorga avvalgilaridan bo‘lib kiruvchi va oxirgilaridan bo‘lib chiquvchi kimsa bo‘lma.
Chunki bozor shaytonning jang ma’rakasidir. U bozorga bayrog‘ini tikadi», dedilar. Imom
Muslim rivoyati.
Imom Barqoniy «Sahih»larida Salmondan (r.a.) qilgan rivoyatlarida keltirilishicha,
Rasululloh (s.a.v.) «Sen bozorga avvalgilardan bo‘lib kiruvchi va oxirgilardan bo‘lib
chiquvchi kimsa bo‘lma! Chunki shayton bozorga tuxum qo‘yib, o‘sha yerda jo‘ja
ochadi», dedilar.
Foyda: «Shayton bozorga tuxum qo‘yib, o‘sha yerda jo‘ja ochadi», degan so‘z kinoya
bo‘lib, bozorlar aslida gunoh, fisqu-fujur va aldovlar makonidir. Shayton mana shunday
razolatga buyurib, vasvasa qiladi hamda ana shunday yomon ishlarni bolalatib yuboradi.
1842/36. Osim al-Ahval Abdulloh ibn Sarjisdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida Abdulloh ibn
Sarjis Rasulullohga (s.a.v.) «Ey Allohning rasuli! Alloh gunohlaringizni mag‘firat aylasin»,
deganida, u zot: «Sening ham gunohingni kechirsin», dedilar. Osim (r.a.) Abdullohga
(r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) sizning gunohingizni kechirishini so‘radilarmi?» deganlarida,
Abdulloh (r.a.): «Ha, sizning ham gunohingizni kechirishini so‘radilar», deb quyidagi
oyatni tilovat qildilar: «(Ey Muhammad), o‘z gunohingiz uchun hamda mo‘min-
mo‘minalar (ning gunohlari) uchun mag‘firat so‘rang!» Imom Muslim rivoyati.
1843/37. Abu Mas’ud al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Avvalgi
payg‘ambarlar so‘zidan odamlar o‘rtasida qolgani «Agar hayo qilmasang, xohlagan
ishingni bajaraver», degan jumladir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
1844/38. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni
odamlar orasida birinchi bo‘lib hukm qilinadiganlar qon to‘kib, odam o‘ldirganlar bo‘ladi»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1845/39. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Farishtalar nurdan
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |