Foyda: Sayhun va Jayhun Amudaryo va Sirdaryo suvlaridir. Jannat anhorlari,
deyilishiga sabab uning suvi toza va atrofida Islom keng quloch ochishidir, deyishgan.
Imom Suyutiy: «Balki haqiqatda unda jannat moddalari bordir», deb aytganlar. Lekin
bularning barchasining aynan haqiqatini yakka Allohgina bilur.
1853/47. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) mening
qo‘limdan ushlab: «Alloh taolo tuproqni, ya’ni yerni shanba kuni yaratdi. Tog‘larni
yakshanba kuni, daraxtni dushanba kuni, yomon narsalarni seshanba kuni, nurni
chorshanba kuni, o‘rmalab yuruvchi narsalarni payshanba kuni, Odam alayhissalomni
juma kuni asrdan keyin, barcha maxluqlarni yaratib bo‘lib, kunduzining oxirida, asr bilan
kechqurun orasida yaratgandir», dedilar». Imom Muslim rivoyati.
1854/48. Abu Sulaymon Xolid ibn Validdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Mut’a
urushi kuni mening qo‘limda to‘qqizta qilich sindi. Oxiri qo‘limda yamancha ishlangan
xanjar qoldi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
1855/49. Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar biror hokim
hukm qilsa va ana shu hukmida haqiqatga erishayin, deb ko‘p harakat qilsa, pirovardida
haqiqatga yetishsa, unga ikkita ajr bo‘ladi. Agar hukm qilib, o‘sha hukmida haqiqatni
topa olmay,
xatoga yo‘l qo‘ysa, bitta ajr bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1856/50. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Isitma kasalligi
jahannam haroratidandir. Sizlar uni suv bilan sovutinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
1857/51. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim vafot etsa-yu,
uning zimmasida ro‘za qazosi bo‘lsa, yaqinlari o‘sha ro‘zani tutsin», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda: bu hadisdan o‘lgan kishi uchun uning yaqinlari qazo ro‘zasini tutib berishi
joizligi tushuniladi. Yaqinlari merosxo‘rlar yoki merosxo‘r bo‘lmaganlar hamdir.
1858/52. Avf ibn Molik ibn Tufayldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Oisha onamizga:
«(Jiyaningiz) Abdulloh ibn Zubayr siz qilgan bir oldi-sotdi yoki bergan bir hadyangiz
haqida agar xolam ehtiyotkorlik bilan ish qilmasalar, muomaladan man etib qo‘yaman,
dedilar», deb aytdi. Oisha (r.a.): «Haqiqatda jiyanim shu gaplarni aytdimi?» degandilar,
atrofdagilar: «Ha», deyishdi. Oisha (r.a.): «Alloh uchun Abdulloh ibn Zubayr bilan hech
gaplashmaslikni nazr qilaman», dedilar. Bu holat, ya’ni arazlashish uzoq davom
etganidan keyin Abdulloh ibn Zubayr o‘rtaga (islohga keltirish uchun) odam qo‘ydilar.
Oisha (r.a.): «Yo‘q, Alloh nomiga qasamki, hech biror kishining shafoatini (ya’ni, o‘rtaga
tushishini) qabul qilmayman hamda nazrimni buzmayman», dedilar. Arazlashish yana
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |