69-umumiy o’rta ta’lim maktabining 8b -sinf o’quvchisi Rahmatullayeva



Download 20,45 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi20,45 Kb.
#193926
Bog'liq
insho


69-umumiy o’rta ta’lim maktabining

8b –sinf o’quvchisi Rahmatullayeva

Hulkarning Samarqand viloyati

Insholar tanlovi uchun yozgan

Inshosi

Vatanni sevmoq iymondandur

Reja:

1.Kirish. Sevsangiz avval shu vatanni seving!



2.Asosiy qism.

1.Asli ostonadan boshlanar vatan.

2.Vatan jon, birovga berib bo’lmaydi

3.Vatansiz bo’lishdan asrasin Xudo.

4.O’lsam ayrilmasman quchoqlaringdan.

3.Xulosa. Vatan yuragimning olampanohi!

Vatan. Vatan tuyg’usi… aslida o’zi bu nima ?

Kimlardir uchun bu shunchaki nisbiy tushunchadir.

Lekin biz shunday vatanda yashayotganimizdan Allohga shukronalar aytsak arziydi. Vatanni ardoqlash,

uni chin dildan sevish, unga munosib farzand bo’lish

bizning eng oliy burchimizdir.CHunki biz o’z vatani uchun jonini ayamagan Sohibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi ,Najmiddin Kubro, Alpomish, SHiroq , To’maris kabi shunday buyuk insonlarning avlodimiz.Biz shunday ajdodlarimiz nomini oqlab ularga

munosib avlod bo’lishimiz lozim.

O’ping, ko’zingizga suring tuprog’in,

Har so’zin muqaddas duodek seving.

Qadang yuraklarga millat bayrog’in,

Vatanni Najmiddin Kubrodek seving.

Hayotda kim bo’lishimizdan qat’iy nazar qaysi yurt farzandi ekanligimizni ,aslida kim ekanligimizni aslo unutib qo’ymasligimiz kerak.

“-Daraxt bir joyda ko’karadi!” -degan gap bekorga emas.Inson butun hayoti davomida o’zi tug’ilib o’sgan yurtini chin dildan sevsa , uni ardoqlab, asrab avaylasa , albatta yuksak kamolotga erishishi hech gap emas.

Chorlasa siz qo’rg’on bo’ling, tosh bo’ling,

Suyang bir-biringiz, yelkadosh bo’ling.

Qani, kim botinib bir so’z aytolgay,

Bitta jon, bitta tan, bitta bosh bo’ling.

Sevsangiz avval shu Vatanni seving,

So’ng shahlo ko’z-u gulbadanni seving.

Biz dunyoga kelib, ko’z ochibmizki, biz tug’ilb o’sgan xonadon, kindik qonimiz to’kilgan tuproq asli biz uchun bir kichik Vatan.

Insoniyat butun zaminda paydo bo’libdiki, u tug’ilgan xonadon, mehribon ota-ona, ilk qadamimiz bilan ostonadan tashqariga qadam qo’ygan, shirin

xotiralar….

Ayt, qani, o’zingdan bormikin ulug’,

O’zbegim men senga qilaman qullug’

CHunki ajdodlarim yotgan bir parcha

Har qarich tuprog’ing non kabi ulug’!

Maktabda a’lo baholarga o’qishimiz, kelajakda beg’ubor orzular uchun qat’iy harakat qilish o’z qo’limizda. Hozirda biz uchun yaratilgan shart-sharoitlarning cheki yo’q. Sport,ilm-fan, texnikaning yuksak rivojlangan davrida yashayapmiz.Asosiy maqsadimiz o’qish,mehnat, kelajakda yaxshi kasb egasi bo’lib, yurtga nafi tegadigan munosib inson bo’lish emasmi? Taqdirimizda hamma narsa bo’lishi mumkin. Buni hayot deydilar axir.Vataniga xiyonat qilib, uni sotganlar qancha.Og’zimizni to’ldirib Vatan deymiz-u, aslida Vatan nimaligini tushunib yetmaganlar ham oramizda yo’q emas. Vatanni sotganlardan Alloh ham rozi bo’lmagan.Nima bo’lganda ham Vatanni qadriga yetib yashaylik. Axir og’ir kunda kunimizga yaraydigan, shodligimizga ham, g’amimizga ham birga sherik bo’ladigan

ham shu Vatan

Tuzing totib unutganlar xor bo’ladi,

Ko’zlariga ikki dunyo tor bo’ladi.

Tinch kuningni ko’rolmagan yurtfurushlar,

Bir kun bir kaft tuprog’ingga zor bo’ladi!

Odam ota-onasini tanlay olmaganidek, Vatanni ham tanlay olmaydi. Albatta Alloh odamga Vatanni muzliklardan ham, sahrolardan ham, changalzorlardan ham ato etishi mumkin. Lekin siz bilan bizga Alloh O’zekiston deb atalgan, tuprog’ida oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, har tongda bulbullar madhini o’qib, tamom qilolmaydigan jannatmonand bir yurtni Vatan qilib bergan ekan, buning uchun biz o’zimizni baxtli deb bilmog’imiz kerak. Vatan bizga ato etilgan ulug’ ne’mat ekan, Vatanga muhabbat ham har birimizga berilgan ulug’ ne’matdir.CHunki Vatanini sevgan odam, uning biron koriga yaragan odam hayotining chuqur ma’no kasb etayotganini, umri zoye o’tmayotganini his qiladi.Vatan muhabbati ham har birimizga berilgan ulug’ ne’matdir. CHunki Vatanini sevgan odam hech qachon kam bo’lmaydi. Vatan muhabbatidan benasib , unga loqayd qaraydigan, hatto unga qo’l ko’tarishdan ham toymaydigan odamlar esa, har qanday qiyofaga ega bo’lmasin, ma’naviy qashshoq, imonsiz, Xudo bexabar, baxtsiz odamlardir.

Ular Alloh oldida qandaydir gunoh qilgan mahluqdirki, Alloh ularga Vatanni sevish baxtidan benasib qilgan.

Vatan jon , birovga berib bo’lmaydi

Bilsang gar yurakda sherik bo’lmaydi.

Panohdir tog’lari, bog’lari senga

Vatansiz jangga ham kirib bo’lmaydi.

Men shunday Vatanda tug’ilganimdan Allohga ming qatra shukurlar qilaman. Axir bu go’zal Vatan Allohning el qatori menga ham atagan buyuk tuhfasi. Vatanga muhabbat tuyg’usi mana shunday asrovga, e’tiborga munosib muqaddas tuyg’ular sirasiga kiradi. Vatan xuddi Ona singari yagona, odam ixtiyori bilan tanlamaydigan doimiy e’tiborga loyiq qadriyatdir. Onaga xiyonat qilish, uning yuzini yerga qaratish, uni haqoratlash qanchalar og’ir gunoh hisoblansa, Vatanga bemehrlik ham shunchalar ko’rgilikdir.

Vatansiz bo’lishdan asrasin Xudo

Jon elim sen meni aylagin duo.

Ayvonimga kelgan qaldirg’oching ham

Men uchun baxt qushi, men uchun Humo!

Bugun biz dunyo xalqlarining saflaridan munosib o’rin olishga harakat qilmoqdamiz. Lekin bizning g’ururimiz har qancha baland bo’lmasin, o’z qadrimizni qancha baland qo’ymaylik, o’zimizni hech kimdan yuqori qo’ymoqchi emasmiz. Biz yaxshi bilamizki Alloh jahon ayvonida o’zining hamma bandalarini teng qilib, do’st qilib yaratgan.

Darhaqiqat, bizning sevimli adibimiz Ozod SHarafiddinov ta’kidlaganlaridek:

“-O’zbekning dovrug’ini eshitmagan, “O’zbekiston” degan jannatmonand yurtning ta’rifidan xabar topmagan bir jon qolmasin. Faqat “o’zbekman” deb gerdayganimizdan, shu go’zal yurtning ravnaqiga qo’shgan jinday hissamiz uchun qaddimizni tik tutib, bir gerdayib qo’yaylik!”

Senday ulug’, Senday Muqadddas,

Kim bor yana ey oliy havas

Men sig’inib yashagan olam

Ostonasan men uchun Vatan

O’zbekiston ey aziz Vatan!

Vatan yo’lida bir ishni qilishni istagan odam avvalo tarixga kirish haqidagi o’ylarni bir chekkaga yig’ishtirib qo’ymog’i kerak; chunki bir shoir aytganidek, avval ishni qoyil qilmoq kerak , shon-shuhrat esa keyin bo’lishib olinaveradi…

Vatan –


Yuragimning

Olampanohi,

Bu dunyo

Bukri bir

Jiydaning shohi!...

Ko’zim yoshi bilan

Sug’orib gohi,

Ko’ksimda o’stirgan

Gulday sevaman!

Faqat bir narsani aytmoq joizki, savob ishlar, shu jumladan, Vatan ravnaqi yo’lidagi ishlar hech qachon avvaldan tasdiqlangan ro’yxat bo’yicha, birovlarning ko’rsatmasi bilan qilinmaydi. Har kim o’z aql-zakovati bilan, o’z qalbining amriga ko’ra qudrati yetgan darajada, imkoni bor darajada Vatan el-yurt yo’lidagi ishlarni qiladi…

Bu yorug’ jahonda

Yo’g’u borimsan,

Tilimning ostida

Novvot zarimsan.

Sen mening yagona

Payg’ambarimsan,

Meni Bilol,

Men Habash -



Qulday sevaman!...

VATAN Yuragimning Olampanohi !...
Download 20,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish