274-bob
Musulmonga musibat yetganda xursand bo‘lishdan
qaytarilgani to‘g‘risida
Alloh taolo:
«Mo‘minlar hech shak-shubhasiz og‘a-inilardir» (Hujurot surasi, 10-oyat);
«Albatta iymon keltirgan kishilar o‘rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan
kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir» (Nur surasi, 19-
oyat), deb aytgan.
1576/1. Vosila ibn Asqa’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Birodaringga
musibat yetganda xursand bo‘lma! Bordi-yu, xursand bo‘lsang, Alloh unga rahm qilib
musibatdan xalos etadi, o‘zingni esa musibatga solib qo‘yadi», dedilar. Imom Termiziy
rivoyati.
Yana bu bobimizga yuqorida Abu Hurayradan rivoyat qilingan 1569-hadis ham dalil
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |