159-BOB
Mayyit bo‘ynidagi qarzini tez uzish hamda o‘lishi bilan tezda,
ko‘mish tadorikini ko‘rishning mahbubligi haqida. (Ammo to‘satdan
o‘lib qolgan kishining o‘lik yo tirikligi aniq bo‘lmaguncha shoshiltirilmaydi)
942/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘minning joni
qarzi tufayli muallaq (osilgan) holda qoladi. Qachon qarzi uzilsa, u qutiladi» (ya’ni qarzi
uzilmasa, karam etilgan maqomga erisha olmaydi. Va najot yoki halokatga hukm
etilmay turadi), dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
943/2. Husayn ibn Vahvahdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Talha ibn Barro ibn Ozib (r.a.)
kasal bo‘lganlarida, Rasululloh (s.a.v.) ko‘rgani kirib: «Men Talhani o‘lim bo‘sag‘asida,
deb gumon qilayapman. Agar vafot etgudek bo‘lsa, menga xabar beringlar. Va dafn
etishni tezlatinglar. Chunki musulmon kishining murdasi o‘z ahli huzurida to‘xtatib
turilishi durust emas», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |