Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
184
danasi va abdilhu daron xoyron min darihi va ahlan xoyron min ahlihi va zavjan xoyron 
min zavjihi va adxilhul jannata va a’izhu min ‘azabil qobri va min ‘azabin nar», deb 
aytganlar. Shunda men o‘sha mayyitning o‘rnida bo‘lishni orzu qilib qoldim», deb 
aytdilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, uni mag‘firat qil, unga rahm et. Uni ofiyatda qil va avf et. 
Tushadigan yerini mukarram, kiradigan yerini keng qil. Uni suv, qor, do‘l bilan yuv. Oq 
kiyim kirdan toza bo‘lgani kabi, uni xatolardan pokla. Unga hovlisidan yaxshiroq hovli
ahlidan yaxshiroq ahl, juftidan yaxshiroq juft ber. Uni jannatga kirgiz, qabr va do‘zax 
azobidan saqla.) Imom Muslim rivoyatlari 
935/2. Abu Hurayra, Abu Qatoda va Abu Ashhaliy otalaridan (r.a.) qilgan 
rivoyatlarida, Rasululloh (s.a.v.) janoza namozida: «Allohummag‘fir lihayyina va 
mayyitina va shahidina va g‘oibina va sog‘iyrina va kabiriyna va zakarina va unsana, 
Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal islam va man tavaffaytahu minna 
fatavaffahu ‘alal iyman. Allohumma la tahrimna ajrohu va la taftinna ba’dahu», deb 
aytdilar. (Ma’nosi yuqorida o‘tdi.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
936/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar mayyitga 
janoza namozi o‘qisangizlar, uning uchun duoni xolis qilinglar», deb aytdilar. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
937/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) janoza namozida: 
«Allohumma anta robbaha va anta xolaqtaha va anta hadaytaha lil islam va anta 
qobazta ruhaha va anta a’lamu bisirriha va ‘alaniyyatiha va qod ji’naka shufa’aa lahu 
fag‘firlahu», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen uning Rabbisan, Sen uni xalq qilding, 
Islomga hidoyat etding va ruhini olding. Sen uning sirini va oshkorasini biluvchi zotsan. 
Biz unga shafe’ bo‘lib keldik, uning gunohlarini kechir.) Abu Dovud rivoyatlari. 
938/5. Vosila ibn Asqa’ (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.) bir musulmon kishining 
janozasini biz bilan birga o‘qidilar. Unda quyidagi duoni o‘qidilar: «Allohumma inna Fulan 
ibn Fulan fiy zimmatika va habli jivarika faqihi fitnatal qobri va ‘azaban nari va anta 
ahlul vafa val hamd. Allohumma fag‘fir lahu varhamhu innaka antal g‘ofurur rohiym». 
(Ma’nosi: Allohim, Falonchining o‘g‘li Falonchi Sening zimmangda va himoyangdadir. Uni 
qabr fitnasi va do‘zax azobidan saqla. Sen vafo va hamd ahlisan. Ey Rabbim, uni 
mag‘firat qil, rahm ayla. Albatta, Sen kechiruvchi va rahmli Zotsan.) Abu Dovud 
rivoyatlari. 
939/6. Abdulloh ibn Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot qizlariga to‘rt takbir ila 
janoza namozi o‘qib, to‘rtinchi takbirdan keyin ikki takbir orasidagi miqdoricha turib, 
qizlariga istig‘for aytib, duo qildilar va: «Rasulullohning (s.a.v.) mana shundoq 
qilganlarini ko‘rdim», dedilar. 
Boshqa rivoyatda: «To‘rtinchi takbirni aytib, uzoq turib qolganlaridan biz beshinchi 
takbirni ham aytsalar kerak, deb o‘yladik. Lekin o‘ng va chap tomonlariga salom berib
namozni tugatdilar. Qachonki namoz tamom bo‘lgandan keyin biz u zotga: «Bu qanday 
qilganingiz?» desak, u zot: «Men Rasulullohdan (s.a.v.) nimani ko‘rgan bo‘lsam, unga 
ziyoda qilmayman» yoki «Rasululloh (s.a.v.) mana shundoq qildilar», deb aytdilar». 
Imom Hokim rivoyatlari. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish