154-BOB
Mayyitda ko‘rilgan biror yomon holatni boshqalarga so‘zlashdan
o‘zni tiyish haqida
927/1. Rasulullohning (s.a.v.) mavlolari Abu Rofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.): «Kimki biror o‘likni yuvib, undagi ayblarni berkitsa, Alloh taolo uni qirq marta
mag‘firat qiladi», dedilar. Imom Hokim rivoyatlari. Bu hadis Muslimning shartlariga
binoan sahihdir.
Foyda: Yuzi o‘zgarib ketgan yoki qabrida ilon ko‘rib qolingan mayyitning aybini yopish
shartdir. Agar mayyit fosiq bo‘lsa boshqalarga ibrat bo‘lishi uchun aybini aytishning
zarari yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |