162-BOB
Mayyitga sadaqa qilib, uning haqqiga duo yo‘llash haqida
Alloh taolo:
«Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: «Parvardigoro, O’zing
bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o‘tgan zotlarni mag‘firat qilgin», (Hashr
surasi, 10-oyat) deb aytgan.
947/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohga S: «Onam to‘satdan
vafot etib qoldi. Gumon etishimcha, agar (o‘lishidan oldin) gapira olganida, biror sadaqa
qilib ketgan bo‘lar edi. Endi men uning nomidan sadaqa qilsam, onamga savobi
boradimi?» deganida Rasululloh (s.a.v.): «Ha», deb javob qildilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
948/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar inson vafot
etsa, uning amali to‘xtab qoladi. Faqat uch narsada to‘xtamaydi, ya’ni nomai a’moliga
yozilib boradi. 1. Sadaqai joriya, ya’ni davom etuvchi va yo‘lga qo‘yilgan sadaqa. 2.
Manfaatli ilm, ya’ni ta’lim berilgan ilm va yozib qoldirilgan asar. 3. Ota-onasiga duo
qiluvchi solih farzandning ortda qoldirilishi», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |