Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
51-BOB  
Umid qilish haqida 
 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
Alloh taolo: 
«(Ey Muhammmad), Mening o‘z jonlariga jinoyat qilgan (turli gunoh-ma’siyatlar 
qilish bilan) bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan noumid 
bo‘lmangiz!» Albatta Alloh (O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini 
mag‘firat qilur. Albatta Uning O’zigina mag‘firatli, mehribondir» (Zumar surasi, 
53-oyat); 
«Biz faqat kofir bo‘lgan kimsagagina (mana shunday) jazo berurmiz» (Saba’ 
surasi, 17-oyat); 
«Bizga vahiy qilindiki(Allohning payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilgan va (ularga 
imon keltirishdan) yuz o‘girgan kimsalarga azob bo‘lur» (Toha surasi, 48-oyat); 
«Rahmatim - mehribonligim esa hamma narsadan kengdir» (A’rof surasi, 156-
oyat), deb aytgan. 
412/1. Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki «Sherigi 
bo‘lmagan yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q, albatta Muhammad alayhissalom Allohning 
quli va rasuli hamda Iso alayhissalom Allohning quli va rasuli, Uning Maryamga 
yetkazgan so‘zi hamda Uning tomonidan bo‘lgan ruh (sohibidir), jannat haq, do‘zax 
haq», deb guvohlik bersa, amali qanday bo‘lmasin, Alloh uni jannatga kiritadi», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Kimki «Allohdan boshqa iloh yo‘q, albatta 
Muhammad alayhissalom Allohning rasulidir», deb guvohlik bersa, Alloh do‘zaxni unga 
harom qiladi», deyilgan. 
413/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo: «Kim bir 
yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar yaxshilik beraman yoki undan ham ziyoda etaman. Kim 
bir yomon ish qilsa, o‘sha bir yomonlik uchun bir jazo beraman yoki kechirib yuboraman. 
Kim Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir gaz yaqinlashaman. Kim Menga bir gaz 
yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman. Kim Menga yurib kelsa, Men unga 
yugurib boraman. Kim huzurimga yer yuzini gunohga to‘ldirib kelsa, ammo Menga shirk 
keltirmasa, Men ham o‘sha miqdorcha mag‘firat bilan unga yo‘liqaman», dedi», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
Bu hadisning ma’nosi «Kim Men tomonga toat bilan yaqinlashsa, rahmatim bilan 
yaqinlashaman. U toat-ibodatini ziyoda qilsa, Men ham unga rahmatimni ziyoda 
qilaman», deganidir. 
414/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir badaviy Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga 
kelib: «Ey Allohning rasuli, jannatga va do‘zaxga kirish uchun sabab bo‘ladigan ikki 
xislat nima?» deganida, u zot: «Kim Allohga biror narsani sherik qilmasdan vafot etsa, 
jannatga kiradi. Kim biror narsani sherik qilsa, do‘zaxga kiradi», de dil ar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
415/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Muoz bilan bir ulovga 
mingashib ketishayotgan edilar. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Muoz», dedilar. U: «Labbayka va 
sa’dayka, ey Rasululloh», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Muoz», dedilar. U: «Labbayka va 
sa’dayka, ey Rasululloh», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Muoz», dedilar. U: «Labbayka va 
sa’dayka, ey Rasululloh», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Qaysi bir banda Allohdan 
boshqa iloh yo‘qligiga, albatta Muhammad (alayhissalom) Uning quli va rasuli ekaniga 
sidqidildan guvohlik bersa, Alloh unga do‘zaxni harom qiladi», dedilar. Muoz: «Ey 
Allohning rasuli, bu haqda odamlarga xabar beraymi? Ular bu bilan xursand bo‘lishadi», 
deganida, Rasululloh (s.a.v.)  «(Yo‘q), buning xabarini bersang, unga suyanib (amal 
qilmay qo‘yishadi)», dedilar. Avvaliga Muoz xabar bermay yurdi. Lekin o‘limi 
yaqinlashganda, ilmni yashirib gunohkor bo‘lib qolishdan xavf qilgan holda uning 
xabarini berdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish