www.ziyouz.com kutubxonasi
90
404/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) bilan birga
(o‘tirgan) edik, u zot bir narsaning gupillagan ovozini eshitdilar. Va u zot: «Bu nima
ekanini bilasizlarmi?» deganlarida, biz: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedik.
Shunda u zot: «Bu bir tosh bo‘lib, u do‘zaxga uloqtirilganiga yetmish yil bo‘ldi.
Hozirgacha pastga sho‘ng‘ishda bardavom bo‘lib, endi jahannam tubiga yetdi. Sizlar
hozir o‘sha toshning gupillashini eshitdinglar», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari.
405/10. Adiy ibn Hotimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni
Alloh taolo biror kishini qoldirmasdan tarjimonsiz gaplashadi. U kishi o‘ng tomoniga
qaraydi. O’zi yuborgan amalidan boshqa narsani ko‘rmaydi. Chap tomoniga qaraydi. O’zi
yuborgan amalidan boshqani ko‘rmaydi. Old tomoniga qaraydi. Va ro‘parasida do‘zaxdan
boshqa narsani ko‘rmaydi. Shunday ekan, xurmoning yarmini (sadaqa qilib bo‘lsa ham),
do‘zaxdan saqlaninglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
406/11. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlar ko‘rmagan
narsani ko‘raman. Osmon g‘ijirladi. Va u g‘ijirlashlikka haqlidir. Osmonda to‘rt barmoq
sig‘adigan biror joy yo‘q. Faqat farishta Allohga sajda qilgan holda peshonasini u joyga
qo‘yur. Allohga qasamki, agar sizlar men bilgan narsani his qilganlaringizda, oz kulib,
ko‘p yig‘lab, hattoki to‘shaklaringizda xotinlaringiz bilan lazzatlanmasdan, Allohdan
yordam so‘rab adirlarga chiqib ketgan bo‘lar edingizlar», dedilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
407/12. Abu Barza Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi
Qiyomat kuni umrini nima bilan o‘tkazgani, ilmini nimaga yo‘naltirgani, molini qaerdan
topib, qaerga infoq qilgani va jismining nima bilan mashg‘ul bo‘lgani haqida hisob-kitob
qilinmagunicha ikki qadami jilimaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
408/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ana o‘sha Kunda
yer o‘z xabarlarini so‘zlar», degan oyatni o‘qib: «Yerning xabari nima ekanini
bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi.
Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Har bir er va ayolning yer ustida biror amal qilganiga guvoh
bo‘lib, unday qilgansan va bu kun bunday qilgansan, deb aytishi xabar berishidir»,
dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
409/14. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qanday
xursand bo‘layki, sur sohibi (Isrofil alayhissalom) surni og‘izga solib, buyruq kelsa, uni
puflayman, deb quloq solib turibdilar», dedilar. Rasululloh (s.a.v.)ning bu aytgan gaplari
go‘yoki sahobalarga og‘ir botgandek bo‘ldi. Shunda u zot: «(Sizlar) «Hasbunallohu va
ni’mal vakiyl», deb aytinglar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
410/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qo‘rqsa,
kechaning avvalida yo‘lga tushadi. Kim kechaning avvalida yo‘lga tushsa, manziliga yetib
oladi. Ogoh bo‘linglar, Allohning matosi qimmatbahodir. Ogoh bo‘linglar, Allohning
matosi jannatdir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
411/16. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni kishilar
yalangoyoq, yalang‘och va xatna qilinmagan holda
to‘planadilar», deganlarida, men: «Ey Allohning rasuli, erkaklar va ayollar bir-birlariga
qarayverishadimi?» desam, u zot: «Ey Oisha, u kun bu narsadan ham qattiqroq (ya’ni,
nozikligidan andishaga o‘rin qolmaydi)», dedilar.
Boshqa rivoyatda: «Ish bir-birlariga qarashdan ham muhimroq», deyilgan. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |