50-BOB
Allohdan qo‘rqish bayoni
Alloh taolo:
«Va Mendangina qo‘rqinglar» (Baqara surasi, 40-oyat);
«Shak-shubhasiz Parvardigoringizning (kofirlarni azob bilan) ushlashi
qattiqdir» (Buruj surasi, 12-oyat);
«Parvardigoringiz (ahli-egalari) zolim bo‘lgan shaharlarni ushlaganida, mana
shunday ushlar. Uning ushlashi - azobi alamli va qattiqdir. Albatta bu
qissalarda oxirat azobidan qo‘rqqan kishilar uchun oyat-ibratlar bordir. U kun
barcha odamlar to‘planadigan va hozir bo‘linadigan Kundir. Biz uni faqat
sanoqli muddatgacha ta’xir qilib - kechiktirib turamiz, xolos. U kun kelganida,
biron jon gapirmas, magar Uning (Allohning) izni bilangina gapirur. Bas, u
(Kunga hozir bo‘lganlar) orasida baxtsizi ham bo‘lur, baxtlisi ham. Bas, endi
badbaxt kimsalar do‘zaxda bo‘lib, u joyda ohu faryod qilurlar» (Hud surasi, 102-
106-oyatlar);
Do'stlaringiz bilan baham: |